quyida ALS (mushak falaji) kasalligiga chalingan bemorning gaplarini
o‘qishni tavsiya qilamiz. Men ALS (mushak falaji) kasalligi xuddi oilamga kirib kelgani kabi,
mening hayotimga ham kirib kelishidan qo‘rqar edim. Buvim bu kasallik bilan og‘ridi. Men maktabda o‘qib yurgan paytlarim
oyim ham mushak falaji bilan kasallandi. Bundan besh oy oldin, 26
yoshimda menda ham shu kasallik borligini aniqlashdi… Hech kim o‘limiga qadar 2–5 yili qolgan va bundan siqilayotgan odamni
ko‘rishni istamaydi. Bu haqida suhbatlashishni, kunlarini bekorga
o‘tkazishni istashmaydi… ALS Ice Bucket Challenge – o‘z ustidan muzdek suv quyishga chorlash
aksiyasi odamlarni g‘azablantiryapti. Men va’da beraman sizning ijtimoiy
tarmoqdagi lentangiz yana xuddi avvalgidek bo‘ladi… Biroq hozir mushak
falaji bilan kasallanganlar diqqat markazida! AQShning o‘zida 30 000 odam mushak falaji kasalligi bilan og‘rigan! Bu
kasallikni davolash uchun farmasevtika kompaniyalari milliardlab dollar
sarflab dori ishlab chiqarmaydi. Chunki men foydasizman, men saqlab
qolishga arzimayman… Hozirda qo‘llarim kuchdan qolmoqda. Avtomobilimni yurg‘izishda,
ko‘ylagim tugmalarini qadashda qiynalyapman. Yakunda esa qo‘l va
oyoqlarimni butkul ishlata olmaydigan bo‘lib qolaman… Yakunda sayrga chiqa olmaydigan, suhbatlasha olmaydigan, hatto o‘zim
nafas ola olmaydigan darajaga yetaman. Bu esa ALS (mushak falaji)
kasalligining asl haqiqati. Bu odamni qayg‘uga soladi… Agar men ustimdan shunchaki muz tashlasam, siz bunga e’tibor berasiz
deb o‘ylamayman. Ushbu aksiyadagi har bir chorlovdan men o‘zimni qanday his qilishimni
tasavvur ham qila olmaysiz. U meni ruhlatiradi. U har bir mushak falajiga
chalingan bemorni ruhlantiradi. Siz rostdan ham nimanidir o‘zgartira olayapsiz, biz esa bundan juda-
juda-juda minnatdormiz…
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев