Senda bitilgani boʻlar begumon
Beshak haqning hukmi har damda haqdir.
Sen koʻrsatgan yoʻldan ketgum shodumon
Roziman senga ne bitilsa taqdir.
Har nafas, har yurak zarbim, har lahzam
Sen ila chambarchas, uzviy bogʻliqdir
Ming bora istigʻfor, bir bor nolisam
Zarra arzim yoʻqdir men senga taqdir.
Har damda birgasan, har dam hamnafas
Senda ne bitilsa men uchun naqddir.
Beadad shukrona etgum har nafas
Sening tuhfalaring uchun ham taqdir.
Sen tangrimdan in'om, azal-u azal
Hamd oʻqimogʻi soz bandayi faqir.
Sen yetakla, men etay haqqa tavakkal
Ketamiz sen qayga boshlasang taqdir.
𝐻𝑎𝑚𝑑 𝑜𝑞𝑖𝑚𝑜𝑔'𝑖 𝑠𝑜𝑧, 𝑏𝑎𝑛𝑑𝑎𝑦𝑖 𝑓𝑎𝑞𝑖𝑟
𝑀𝑖𝑛𝑔 𝑠ℎ𝑢𝑘𝑟 𝑠𝑒𝑛𝑑𝑎 𝑛𝑒 𝑏𝑖𝑡𝑖𝑙𝑠𝑎 𝑇𝐴𝑄𝐷𝐼𝑅...
Uygʻun Oʻsar
@UygunUsar87 2022.22.12
(Rossiya temir yoʻllari, Kislovodsk-Tinda yoʻnalishi 5-vagon) t.me/daryo_va_irmoq
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев