yig'lamasin
hech
Qaramang jilmayib turgan
yuzimga
Qaramang javdirab turgan
ko'zimga
Qaramang she'rlarni bitgan
so'zimga
Yigit yig'lamaydi yig'lamasin
hech.
Boshimni baloga urib bo'lganman
Oq-u qoralarni ko'rib
bo'lganman
Do'stlarga mard bo'lib turib
bo'lganman
Yigit yig'lamaydi yig'lamasin
hech.
Yaxshilik qildimu oldim yomonlik
Boshga kulfat tushsa yo'q, siz
tomonlik
Kelar yaxshi kunlar bo'lsa
omonlik
Yigit yig'lamaydi yig'lamasin
hech.
Sevgimni o'zgaga berib
bo'lganman
Yurakdan yoshlarni terib
bo'lganman
Ko'ksimga musht ila urib
bo'lganman
Yigit yig'lamaydi yig'lamasin
hech.
Oshiq Abbosbek deya taxallus
qo'ydim
She'rimda men faqat oshiqman
qo'ydim
Endi hech sevmayman sevgidan
to'ydim
Yigit yig'lamaydi yig'lamasin
hech
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев