Ey ALi! Mo‘minning uch alomati bor:
1. Mol-dunyoga mukkasidan ketmaydi.
2. Xotinga o‘ch bo‘lmaydi.
3. Insonlar shaʼnida gapirishni yoqtirmaydi.
Aqlli insonning uchta alomati bor:
1. Oxiratni qo‘lga kiritish uchun dunyoni ishlatadi.
2. Jafoga bardosh beradi.
3. Qiyinchiliklarga sabr qiladi.
Olimning uchta alomati bor:
1. To‘g‘ri so‘z bo‘ladi.
2. Haromdan tiyiladi.
3. Kamtar bo‘ladi.
Muttaqiyning uchta alomati bor:
1. Yolg‘ondan va yomonlikdan saqlanadi.
2. Yomon do‘stdan saqlanadi.
3. Haromga yaqinlashishdan qo‘rqib, mubohdan ham saqlanadi.
Siddiqning uch alomati bor:
1. Nafl ibodatini yashiradi.
2. Sadaqani yashirincha beradi.
3. Musibatni yashiradi.
Obidning uchta alomati bor.
1. Nafsiga jahl qiladi.
2. Nafsini tergaydi.
3. Uzoq namoz o‘qiydi.
Solihning uch alomati bor:
1. Alloh uchun solih amal qiladi.
2. Dinini amal bilan isloh qiladi.
3. O‘ziga ravo ko‘rganini boshqalarga ham ravo ko‘radi.
Saʼid (baxtli va jannat ahli) kishining uch alomati bor:
1. Halol yeydi.
2. Olimlar bilan hamsuhbat bo‘ladi.
3. Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) o‘qiydi.
Mo‘minning uch alomati bor:
1. Allohga itoat etadi.
2. Haromlardan uzoq turadi.
3. Yomonlik qilganga yaxshilik qiladi.
Saxiyning uch alomati bor:
1. (O‘ch olishga) qurbi yetgani holda afv etadi.
2. Zakotini beradi.
3. Sadaqa berishni yaxshi ko‘radi.
Halim insonning uch alomati bor:
1. Aloqani uzgan bilan aloqa o‘rnatadi.
2. Bermaganga beradi.
3. Zulm qilganni kechiradi.
Sabrli kishining uch alomati bor:
1. Alloh taolo toatiga,
2. Musibatiga,
3. Qazo va qadariga sabr qiladi.
Tavba qilganning uch alomati bor:
1. Haromdan saqlanadi.
2. Ilm talab qilishga intiladi.
3. Sut ko‘krakka qaytmagani kabi gunohga qaytmaydi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hazrati Ali roziyallohu anhuga nasihatlari.
Imom Shaʼroniy
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев