Sog’indim… O'zi meni yaxshi
ko'rasizmi? – degan savollaringni. Sog’indim…
Har kecha o’tgan samimi suhbatni. Sog’indim…
Uzun salom berib quvnoq
kulishlaringni. Sog’indim... Beg’uborligingni, hech
hafa qilmas so’zlaringni,samo mukammal yaratgan husningni, ta’riflab bo’lmas, doim ayb
qidirganda ojiz qoladigan xislatlaringni.
Sog’indim… Derazadan osmonga termulib hayol
surishingni, yomg’irni kutishingni, yomg’irda esa
yo’qotgan narsasini topib olgan odamdek
quvonishingni.Sog’indim… O’sha ilk uchrashgan ko’chamizni, o’sha bog’ni,
birinchi o’rindiqdagi birga o’tirishimizni, uzoq
yo’ldan olib kelingan muzqaymoqni shoshib
yeyishni. Sog’indim… Yo’l uzoq bo’lsada, yayov
yurishni, qo’rqinchli odamni ko’rsang
yonimga yashirinib olishingni. Sog’indim… Bir avtobusni ikkinchi, uchinchi marta kelganini ham
o’tkazib yuborib bekatda suhbatlashib o’tirishni.
Sog’indim… Mashinani uzoqda qoldirib,
yoninggacha yayov borishni, yo’l–
yo’lakay aytmoqchi bo’lgan gaplarimni yodlab
olishni, seni ko’rgach hammasini unutib qo’yishni. Sog’indim… Alamli bo’lsada, qo’ng’iroq
qilib, yig’lab, dardlaringni ishonib ayta olishlaringni.
Sog’indim… Sog'indim...Xayotim..!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев