Tahmid, tahlil.
Anas ibn Molik r.a rivoyat qiladi
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Kim: 100 martadan La ilaha illalloh, Subhonalloh, Allohu akbar, -deb zikr qilsa, ushbu zikrlar haqqi önta qul ozod qilgan, etti qurbonlikni söygan savobini oladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: Har tasbeh, takbir, tahmid, tahlilga sadaqa savobi beriladi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: Abadiy qoladigan solih amallarni qiling deganlarida sahobalar ular nimaligini sörashdi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
1 Tasbeh: "Subhanalloh"
2 Takbir: "Allohu Akbar"
3 Tahmid: "Alhamdulillah"
4 Tahlil: "la ilaha illalloh"
5 "la havla vala quvvata illa billah."
Abu Hurayra r.a rivoyati.
"Bu tört kalom haqida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"Qalqonlaringizni olinglar". Sahobalar: "Yo Rasululloh! dushman körindimi? Deb sörashdi.
Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: -Yöq dushman yöq. Faqat jahannam olovidan qöriqlaydigan qalqonlaringizni oling va olovdan qutulish uchun shunday deng deb aytdilar.
" Subhanallohi valhamdulillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar"
"Chunki bu muborak kalomlar, qiyomat kunida sizni oldingizdan, orqangizdan sizni himoya qiluvchi muhofaza tösiqlaridir. Va bular abadiy qoladigan solih amallar, savoblardir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam barglari qurigan bir daraxt yoniga yaqinlashib uni urdilar. Daraxtning barglari tökildi. Shunda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: "Shubhasiz shu daraxtning barglari tökilgani kabi, "Alhamdulillah, Subhanalloh, La ilaha Ilallohu vallohu akbar" deb aytish, bandaning ham gunohlarini tökadi" -dedilar. "Subhanallohi valhamdulillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar"deb aytishim men uchun ustiga quyosh tushib turgan narsa ( dunyodan) sevimliroqdir. (Muslim, Termiziy)
Boshqa bir rivoyatda "La havla vala quvvata illa billah" sözlari bor. Unda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam "bu kalomlar dunyo va undagi barcha narsadan sevimli"deganlar.
Ibn Mas'uddan r.a rivoyat qilinadi "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar. Me'rojda Ibrohim alayhissalom bilan uchrashdim. U zot menga shunday dedilar:
"Ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Ummatlaringizga mendan salom aytib, shunday deng: Jannat tuprog'i pok, suvi esa shirindir. U yerga ekiladigan urug'lar "Subhanalloh, Alhamdulillah, La ilaha illalloh, vallohu akbar" kalomlaridir" (Termiziy)
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Sizlarga tasbeh, tahlil, takbir, aytishni tavsiya qilaman. Bularni aytayotganingizda sanog'ini barmoqlaringiz bilan sanang. Chunki barmoqlar qiyomat kunida (nimalar qilganligi haqida) söroq qilinib gapirtiriladi." (Termiziy, Abu Dovud)
Nö'mon ibn Bashirdan rivoyat qilinadi. "Alloh uchun aytilgan tasbeh, takbir, tahmidlar arining ovozi kabi Arshni atrofida aylanishadi. Hamda egasini (yani shu zikrlarni aytgan bandani)eslatishadi" (Ibn Moja, Hokim)
Abu Dardo r.a rivoyat qiladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ey Abu Dardo! Shunday duo qil"deb aytdilar: "Subhanallohi valhamdulillahi vala ilaha illallohu vallohu akbar". "Chunki bu duo va zikrlar, abadiy qoladigan solih amal va savoblardir. Daraxtning barglari tökilgani kabi, bular ham odamning gunohlarini tökadi. Bular Jannat xazinalaridir".
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu kalomlar haqida shunday deganlar:
"Allohning ulug'ligi, buyukligini xotirlatadigan kalomlar:
1 Subhanalloh.
2 Alhamdulillah.
3 La ilaha illalloh kalomlaridir.
Bular arining ovoziga öxshash ovoz bilan arshning atrofida aylanib, sohibini eslattiradi. Sizlarning har biringiz ham bunday bölishini hohlamaysizmi?"
Alloh sevgan ikki kalom.
"Subhanallohi va bihamdihi. Subhanallohil Aziym". "Alloh pokdir. Hamd Unga xosdir. Buyuk Robbim Pokdir".
Subhon: "Nuqson va kamchiliklardan pok deb bilish. Ayni vaqtda kamoli sifatlar bilan eslash.
Hamd: "Alloh taolo yaratgan barcha borliq, jonzotning Unga hamd aytishidir.
Bu ikki sözlik tasbeh haqida Buhoriy va Muslim rivoyat qilgan bir hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"Bu ikki kalom tilda yengil, yani aytilishi oson, lekin tarozida og'ir keladi hamda Alloh taolo nazdida eng sevimli kalomdir".
Muslim Abu Zarrdan r.a rivoyat qilgan hadisda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
Alloh nazdida eng sevimli kalom, eng gözal söz:
"Subhanallohi va bihamdihi"- "Alloh taologa tasbeh aytaman. Hamd Unga xosdir" jumlasidir.
Buhoriy va Muslim Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilgan bir hadisda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar.
"Kim har kun 100 marta "Subhanallohi va bihamdihi" tasbehini öqisa, gunohlari dengiz köpigi qadar köp bölsa ham Alloh taolo avf etadi." Bir inson Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ga dunyo undan yuz ögirgani, tasarrufidagi davlati ham ozayganidan shikoyat qildi. Unga javoban Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bomdod namozi bilan kun chiqish örtasida "Subhanallohi va bihamdihi. Subhanallohil aziym. Astag'firulloh". Deb 100 marta aytishni tavsiya qildilar. (Mustag'firiy Ibn Umardan)
Tavhid kalimasi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
"Eng xayrli, eng qadrli duo: "La ilaha illalloh" kalomini sözlashdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayraga (r.a):
"Ey Abu Hurayra! Qiyomat kuni Allohdan boshqa iloh yöq deb bergan shahodatingdan tashqari qilgan har bir yaxshi amaling taroziga qöyiladi. Chunki ixlos bilan aytilgan shahodatni tarozini bir pallasiga, i...ЕщёAytiladigon eng ustun zikir,qilinadigon eng fazilatli duo: "La ilaha illalloh" kalomidir. "La ilaha illalloh "Qur'oni karimdan bir oyatdir. Alloh taolo shunday marhamat qilgan: Bas, (Ey Muhammad,) hech qanday iloh yöq, magar Allohgina bor"(Muhammad surasi 10-oyat.) Nabiy alayhissalom shunday deganlar: "La ilaha illalloh" degan insonlar uchun na qabrda, na Mahsharda qörquv bordir. Sur chalingan vaqt men ularning boshlaridan tuproqlar tushgan holda "Hamd bizlardan g'am-tashvishni uzoq qilgan Allohga xosdir. Robbimiz avf etuvchi va shukr qilganlarni shukrini qabul qiluvchi", deganlarini hozirdan körayotgandekman. (Abu Ya'lo, Tabaroniy, va Bayhaqiy ibn Umardan)
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayraga (r.a):
"Ey Abu Hurayra! Qiyomat kuni Allohdan boshqa iloh yöq deb bergan shahodatingdan tashqari qilgan har bir yaxshi amaling taroziga qöyiladi. Chunki ixlos bilan aytilgan shahodatni tarozini bir pallasiga, ikkinchi pallasiga esa yetti qavat yer va yetti qavat osmon va bular orasidagi mavjud narsalarni qöysang shubhasiz "La ilaha illalloh" sözi og'ir chiqadi". "Ey Abu Hurayra! Ölim töshagida yotgan insonga Tavhid kalimasini öqishni buyur. Zero, u barcha gunohlarni yöq qiladi",-deganlarida, Abu Hurayra:
-Ey Allohning Rasuli (sollallohu alayhi vasallam) bu kalomni tirik insonlar uchun foydasi qanday?, -deb söradilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday javob berdilar:
- Tiriklar uchun foydasi ularning köproq gunohlari avf etilishidadir. (Daylamiy, Abu Hurayradan) Robbimiz hadisi qudsiyda:
"Kim, "La ilaha illalloh", desa meni himoyamdan panoh tilagan böladi. Meni himoyamga kirgan inson esa, meni azobimdan omonda böladi". "La ilaha illalloh" Mening kalomimdir, deb marhamat qilgan.
Alloh taolo Muso alayhissalomga: "Ey Muso! Eru kök va uning ichidagilar, dengizlar va unda mavjud bölgan barcha narsa tarozining bir pallasiga va "La ilaha illalloh" kalimasi ikkinchi pallasiga qöyilsa shubhasiz "La ilaha illolloh" kalomi og'ir chiqadi", deb marhamat qildi. (Abu Ya'lo, Abu Said Hudriydan)
Alloh taolo marhamat qiladi:
"La ilaha illalloh Muhammadun Rosululloh" mening qal'amdir. Qal'amga kirgan bandam azobimdan ham omonda böladi" (Abu Nuaym, Abu Najjor Ali r.a dan.)
"Shubhasiz Men Allohman. Mendan boshqa iloh yöq. Rahmatim ham g'azabimdan keng. La ilaha illalloh Muhammadun Rosululloh deb shahodat bergan bandam jannatga kirgay" (Daylamiy ibn Abbosdan.)
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar. "La ilaha illalloh" degan inson albatta Jannatga kiradi. Agar juda köp gunohi tufayli Jahannamga kirsa ham, jazosini ötab bölgach "La ilaha illalloh" kalimasi hurmati uchun Jannatga kiradi".
"Muqaddas oylar va mustajob duolar" kitobidan olindi.
312-318 betlar.