Buxoroda "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin!" shiori ostida salomatlik haftaligi o'tkazilmoqda. O'zAning 14 mart, juma kuni tarqatgan xabariga ko'ra, "Sog'lom bola yili" Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan haftalikda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi shifokor-olimlari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazmoqda.
Kardiolog, pediatr, ginekolog, neyroxirurg, terapevt, oftalmolog kabi mutaxassislardan iboratshifokorlar guruhi Romitan tumani markaziy poliklinikasida bemorlarni zamonaviy tibbiy apparatlar yordamida tekshirib, tegishli maslahat va tavsiyalar berdi.
"Uch kun davomida tumanlar markazlari, olis qishloqlardan 6 ming nafarga yaqin bolalar, ayollar, yoshlar va qariyalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Mutaxassislar tomonidan xastalik darajasiga qarab kerakli muolaja va tavsiyalar berildi", – deydi viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Jamshid Tohirov.
"Kasalliklarni erta aniqlash, davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan tibbiy ko'rikda poytaxtdan kelgan taniqli mutaxassislar bilan yonma-yon ish olib borish buxorolik shifokorlarga o'ziga xos tajriba va mahorat maktabi ham bo'lmoqda", – deyiladi O'zA xabarida.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев