Shri-Lankada ochilgan jallod ishchi o'rni uchun Avstraliyaning ikki nafar fuqarosi ariza berdi. Bu haqda, Shri-Lanka jazoni ijro etish tizimi ishlari bo'yicha maxsus vakili Chandraratra Pallegamaga asoslanib, Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, avstraliyalik ish izlovchilardan biri o'z vatanida tizim ma'muri (sistema administratori) sifatida ishlaydi, ikkinchisining asl kasbi to'g'risida ma'lumot yo'q. Ayni vaqtda, agentlik suhbatdoshining ma'lum qilishicha, Shri-Lanka xorijiy jallodlar ishiga qiziqish bildirmaydi va ularga ish taklif qila olmaydi. Hozircha jallod o'rni bo'sh qolmoqda.
So'nggi ikki yil davomida Shri-Lankaning 176 nafar aholisi jallod bo'lib ishlash istagini bildirgan edi. Ayni vaqtda, eng oliy jazoni ijro etuvchi ishida o'zini sinab ko'rish uchun uch kishi taklif etilgan, ulardan ikkisi ishga kelmagan, uchinchisi esa ishni tashlab ketgan edi.
Avvalgi jallodni dorlarning ko'rinishidan xafa bo'lgani va ezilgani uchun ishni tashlab ketgan edi. Qiziq tomoni, u birorta ham qatlni amalga oshirmagan: hozirgi vaqtda Shri-Lanka qamoqxonalarida 405 kishi o'lim hukmini kutib yotibdi, biroq 1976 yildan beri birorta jinoyatchi qatl etilmagan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев