Yaponiyaning janubi-g‘arbida 14-martga o‘tar tunda zilzila yuz berdi va unda kamida 18 kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabarlariga asoslanib Associated Press ma’lumot bermoqda. Agentlikning ta’kidlashicha, yer qimirlashi ta’sirida yotog‘idan yiqilib jarohat olganlar ham jabrlanuvchilar qatoriga kiritilgan.
Yerosti silkinishlarining kuchi 6,3 magnitudani tashkil etdi. Zilzila o‘chog‘i Xonsyu, Kyusyu va Sikoku orollari o‘rtasida, Ichki Yapon dengizi tubida bo‘lgan.
Zilzilada ayrim binolarga biroz shikast yetgan, jiddiy vayronagarchiliklar haqida xabar berilmayotir. Lekin suv ta’minoti tizimidagi quvurlar yorilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Associated Press xabariga ko‘ra, zilzila oqibatida bir qator hududlarda temir yo‘llarda qatnov izdan chiqqan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев