Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing
bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni,
O`zbekiston!..
Qalqoning bor, kim qasd
qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har
o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham
gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay
qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni,
O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz
seni, O`zbekiston.
Tuzing totib, unutganlar
xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor
bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan
yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga
zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni,
O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz
seni, O`zbekiston!..
Gul ko`ringan dashtingdagi
giyoh- xasdir,
Soddadilu ulug`vorlik
senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham
bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka
misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni,
O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz
seni, O`zbekiston
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев