ex ex maktab-maktab baribir maktab davri boshqacha edi. Maktabdagi sevgilim haligacha esimdan chiqmaydi.
Esimda hayotga ilk bor qadam qo'yganim o'shanda bor yo'g'u 3 yoshda edim. 4 va 5 yoshimda esimni tanigan paytlarim. Shu kungacha nima bo'lgan nima qilganman bilmayman. Chunki hali yoshgina bolacha edim. 5 yoshimda o'ynab kulib yurardim. Bolalik baribir boshqacha ekan. 6 yoshimda esa Boqchaga bora boshladim. Boqchada ko'p narsalarni ko'rdim, ko'p narsani o'rgandim. Boqchada boqcha opalar bilan va boqcha bolar bilan tanishdim. Shu tariqa bolalik chog'lari boshlandi. Juda juda sho'x va o'yin qaro bolaga aylandim. Hali u bilan hali bu bilan urushib, yig'lab uyga borardim. 6 yoshimda men sevgan insonlarim dadajonim va onajonim el yurtga to'y bergan. Musulmon bo'lsin deb sunnat qilgan. Oradan ancha kunlar ham o'tdi. Boqchani ham tugatdik. Endi zimmamizga maktab tashvishi tushdi. Maktab haqida eshitganmizu lekin nimalar bo'lishini bilmaymiz. Mana 7 yoshga ham to'ldim. Maktab tomon qadam tashlar ekanman onajonim men bilan. Men birinchi ustozim va ilk sinfdoshlarim bilan tanishdim. Bugun 1 chi sinfman maktab davri ham boshlandi.
maktabga qadam qo'yganimda hali hech nimadan habari yo'q bir yigitcha edim. Birinchi ustozim o'qish va yozishlarni o'rgatdi. Talim va tarbiya bir maromida juda yaxshi edi. Hali endi sinfdoshlar bilan tanishgan edim. Birinchi ustozim juda yaxshi edi, ularni yaxshi ko'rar edik. Maktab yillari birin ketin o'tib borar edi. Kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar o'tardi. Birinchi sinfni tugatdik. 2 chi sinf bo'ldik. 2 chi sinfda ko'p narsalarni o'rgana boshladik. Maktabdan uyga, uydan maktabga borib kelib hulas shu ahvol 2 yil davom etdi. 2 chi va 3 chi sinfni ham bitirdik. 4 chi sinfda o'qishlar qizg'in tus oldi. Maktabdan zerika boshladim. Do'stlarim bilan maktabdan qocha boshladik, darslarga ham kamdan kam kira boshladik. Bu ahvol ustozlarga yoqmasdi. Harkuni gap eshitar edik. Ota onamizga aytib berar edilar. Lekin baribir shu odatimiz yo'qolmadi. Maktablarda tadbirlar bo'lsa ham parvoyimizga kelmasdi. Sho'x shodon bollar edik. Maktablarda tadbiru musobaqalar boshlanib qolgandi. Musoboqa jismoniy tarbiyadan bo'lib o'tdi. Hamma o'quvchilar qatnashar edi. Bizlar boshqa sportdan nol bo'lsak ham faqat futboldan zo'r edik. Futbolni sevib o'ynardik. Lekin taqdir taqozasini qarangki o'sha yili futboldan yutqazib quydik. Odamga alam qiladigani shundaki teng qurlarimiz g'irrom o'ynab yutdilar. Bundan albatta bizning jaxlimiz chiqdi. Kiyin urushga aylanib ketdi. Endi harkuni maktabda janjal sababi tengqur sinfdoshlarimiz ular bilan har kuni urush bu janjal ko'p davob etdi. Yosh edik urushqoq edik.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев