Ko'nglimda bir dona ginam bor bugun, Bu dardni men bildim, birov bilmasin. Yuragim tubida yechilmas tugun, Alloh meni senga mushtoq qilmasin... Ishonchim kun sayin bormoqda so'nib, Mayli, menga chin ishq nasib qilmasin. Balki sensizlikka ham qolarman ko'nib, Alloh meni senga mushtoq qilmasin... Poyingga yaproqdek to'kildim...afsus, Bu dardlar senga ham jafo qilmasin. Har on yuragimni o'rtar bitta so'z, Alloh meni senga mushtoq qilmasin... Atirgul yaprog'i mening sirdoshim, Barglari to'kilib uvol bo'lmasin. Bir paytlar dildoshim eding- ku...endi, Alloh meni senga mushtoq qilmasin... O'zidan o'zgaga egdirmasin bosh, Ishq so'ndi, lek qalbda umid so'nmasin. Ko'zimdan tomchilar halqa halqa yosh, Alloh meni senga mushtoq qilmasin...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев