Bo'rilar butun O'zbekiston bo'ylab, Ustyurtdan Bobotoqqacha bo'lgan hududa keng tarqalgan. O'zbekiston hududida yashovchi bo'rilar shimolda yashovchi bo'rilardan kichikroq bo'ladi. Sibirda yashovchi bo'rilar tana uzunligi bir yarim metrga yetsa, og'irligi 80kgga yetadi. O'zbekistonda yashaydigan bo'rilar tana og'irligi 35-45kg, tana uzunligi 110-120, dumi 35-40sm bo'ladi. Yozda bo'rilar sarg'ish-kulrang tusda bo'ladilar. Yunglarining uchlari, ayniqsa tanasining yuqori qismdagilari qora rangda bo'ladi. Qishdagi yung ranggi yoznikiga qaraganda ancha kulrangroq va miqdori ko'proq bo'ladi. O'zbekistonda bo'rilar qumli va tuproqli cho'llarda, daryo to'qaylarida, tog'oldi va tog'li hududlarda yashaydi. Yil davomida juft bo'lib yashaydi. Ba'zan yakka erkak bo'rilar uchrab turadi. Yakka urg'ochi bo'rilar dearli bo'lmaydi. Har bir juftlik bo'richalar katta bo'lgunga qadar, ma'lum oilaviy hududni boshqa bo'rilardan qo'riqlaydi. Bir uya boshqa uyadan 12-20km uzoqlikda joylashadi. Bo'rilar kechki va tungi paytda ov qiladi. Oziqasi yovvoyi hayvonlar. Ustyurtda yashaydigan bo'rilar jayronlar, daryo bo'ylarida tung'izlar, Bobotog'da alqorlarni ovlaydi. Yovvoyi hayvonlar kam bo'lgan joylarda bo'rilar uy hayvonlarini (qo'ylar, otlar, echkilar va eshaklarni) ovlaydi. Bunday paytda bo'rilar yeya oladiganidan ko'proq qo'ylarni bug'izlaydi. Bo'rilar o'laksalar bilam ham oziqlanadi. Ular yana kemiruvchilar, o'rdaklar, yosh toshbaqalar, qo'ng'izlar, chigirtkalar va baliqlarni ham ovlaydi. Ba'zan itlar va tulkilarni ham ovlaydi. Bo'ri o'simliklar: tarvuz, qovun, maymunjon va yovvoyi olmalar bilan ham oziqlanadi. Mart oyi oxiri-aprel oyi boshida yopiq yoki ochiq uyalarda bo'rivachalar paydo bo'ladi. Uya chuqurligi 1-1,5, uzunligi esa 7-8m bo'ladi. Uyani bo'rilarni o'zlari qazishlari yoki tulkilar va bo'rsiqlar uyalarini kengaytirishlari ham mumkin. Yosh urg'ochi bo'rilar 3-4 ta, qarilari esa 6-8 tadan 13 tagacha ko'zi yumiq bo'rivachalarni dunyoga keltirishi mumkin. Bo'richalar 10-12 kunlikda jonlanib qoladilar. Ular 35-40 kun davomida ona suti bilan oziqlanadilar. Ammo bir oylik bo'lishgach, bo'richalar yarim hazm qilingan go'sht bilan oziqlantirila boshlanadi. Dastlabki yigirma kun ona bo'ri bolalaridan uzoqlashmaydi. Oziqani unga ota bo'ri olib keladi. Bo'richalar uch haftalik bo'lishgach, uydan chiqa boshlashadi va ona bo'ri bu payt ovga chiqadi. Bo'richalar ikki oylik bo'lishgach, ota-ona bo'ri jalajon o'ljalarni olib kelib, bo'richalarni ov qilishga o'rgata boshlaydilar. Bo'rilar ikki yildan so'ng, ba'zan uch yildan so'ng voyaga yetadilar. Bo'rilar 15 yil umr ko'radilar. Tutqinlikda 16 yil umr ko'rgan bo'ri haqida ma'lumotlar mavjud.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев