- Xm keldim.
- Jinnivoy yig'layapsanmi? nega yig'layapsan?
- Qanday kulay? Axir xayrlashgani keldimu, ertaga
to'yim.
Ertadan sizni boshqa ko'rmiyman, ko'rsam xam
gaplasholmiman, tushunyapsizmi o'zi nima
bo'lyotganini,
qanday yig'lamay, iloji bormi yig'lamay.
- Garchi xayrlashayotgan bo'lsak xam sendan
oxirgi
iltimos kulib xayrlashgin, toki seni eslaganda doim
tabassum bilan eslay, qani jilmaychi qani qani.
- Xo'p mana.
- Ex xatto kulgularingda xam yig'i aralash.
- Menga bir nimani tushuntirib bering o'zi bizga
nima
bo'ldi? Axir xammasi yaxshi edi. Qanday sabab
borki
xayrlashyapmiz. Men xamma narsaga tayyor edim,
xatto
ota onamni ko'ndira olardim. Nega qo'rqoqlik
qildiz?
Kurashmay taslim bo'ldiz? Yoki sevmasmidiz.
Ayting aybim
nima?
- Bilasanmi xar doim xam biz xoxlaganday
bo'lavermaydi.
Mendan nafratlanishing mumkun. Tog'ri baxtli
bo'lishimizga ikki qadam qolgandi, lekin shu ikki
qadamdi
boshiz uchun ikki akamni tepalap o'tishim kerak
edi.
Bilardin meni bir emas ikki akam bor. Akalarimi
tepalap
ulardan oldin senga uylangani vijdonim yo'l
qo'ymadi
o'qishim xam tugamagan. Akalarim meni
o'qitaman dep
uylanishmadi rossiyada musofirchilikda ishlap,
ukam
bizday qiynalmasin noni butun bo'lsin dep topgan
pulini
kontrakimga to'lashsayu, ularni tepalap uylansam
ko'zlariga qanday qarayman. Seni esa uyingdagilar
kutishmasdi. Yo'q men ularni aslo akalarimni va
ota-
onangni ayblamayman, bular bir sabab xolos. Ular
faqat
seni baxtli bo'lishingni xoxlashdi xamma ota
onalar kabi.
Aslida bir bo'lish peshonamizga yozilmagan.
O'zingni esa
hecham ayblama seni faqat bitta aybing bor u xam
bo'lsa
onang seni go'zal tuqqan.
- Siz akalarizni o'ylaysizu menichi? O'ylamadizmi?
O'ylamadiza, Yana shoirlarday gapirishinichi.
Onam meni
chiroyli tuqgandan ko'ra, baxtli tuqsa bo'lmasmidi.
Axir
men sizga sodiq qolmoqchidimkuuuu. Endi odamlar
sevgiga ishonmay qo'yadi.
- Mana bu daraxtga qara, hu anavi sarg'aygan
bargni
ko'ryapsanmi, uxam daraxtiga sodiq qololmay
uzilib yerga
tushdi. Bu tabiat qonuni, shu kabi xayotimizda
xam biz
istamagan qonunlar bor.
- Sog'insamchi? Nima qilaman.
- Bilaman senga tanlashgan yoring yaxshi inson,
xar
taraflama o'zinga mos, keyin rozg'or uy
yumushlari bilan
sog'inishga vaqting bo'lmaydi. Yoningda yoring
xam
bo'ladi.
- Sizchi sog'insezchi nima qilasiz?
- Meni o'ylama aslida xammadan senga qiyin
bo'ladi.
O'zga qo'llarga, o'zga muxabbatga, boshqa
barmoqlar
sochlarini o'ynashiga ko'nikishing kerak. Endi
o'zga ovoz
seni erkalap suyushiga chidashing kerak. Buning
uchun
esa senga katta kuch va sabr kerak. Senga
olloxdan katta
kuch va sabr tilab qolaman.
- Bunaqa gaplarni gapirmang battarroq yig'lab
yuboramanu.
- Mana ro'molcha voy uzr o'rganib qolibman doim
xafa
bo'lsang yoshlaringni artib qo'yardimu, endi bu
gunox
yoshlaring o'zing artvola qol.
- Meni yig'lama dep o'ziz yig'lapsizu ana ko'zizda
yosh
ko'rindi.
- Bu quvonch yoshi axir ertaga sen orzu qilganday
oq
ko'ylak kiyasan. Ertadan seni kelinchak dep
atashadi.
Shirindan shakar og'il qiz farzandlaring bo'ladi.
Afsus bu
go'zallikni ko'rish menga nasib etmasa kerak.
Shuni
bilamanki sen dunyodagi eng go'zal kelin
bo'lasan...
Boshqalarga o'xshab meni unutma demiyman.
Chunki meni
xar bir eslashing senga gunox bo'ladi, men
gunoxkor
bo'lishingni xoxlamiyman. Bir tush kabi unut. Shu
paytgacha yaxshi tushlar ko'ryatudik uyg'ondik
dep tasavur
qilda xatto eslama. Agar sen tush bo'lganingda edi
bir umr
turmay uxlagan bo'lamardim. Sendan so'ngi
iltimosim
menga qilolmagan vafoni jufti xalolingga
qilgin, doim kulib yurgin senga kulish yarashadi.
- Sizchi nima qilasiz? Nima endi sizni xatto
xayolan xam
o'ylay olmaymanmi? gunoxmi? Chiday
olarmikinman?
Chidashga majburmanku. Sizdan xam iltimos, siz
xam
tezroq uylaning faqat mendan chiroyliroq, vafoliroq
bo'lsin
doim sizga g'amxo'rlik qilib, mexriboniz bo'lsin.
- Buni vaqt ko'rsatadi biz sevdik sevildik demak
baxtli
bo'lishga xaqlimiz. Baxtli bo'lamiz xam. Menga bir
narsa
taskin beradi. Bizda baxtli kunlar bo'lgan. Eslasak
arzigulik
xotiralarimiz bor.Enga muxumi bir birimiz orqali
muxabbatni angladik yashashim uchun shu kifoya.
Telefoning jiringlayapti go'shakni ol u qo'ng'iroq
qilyaptimi?
- Xm u telfon qilyapti, ketishim kerak lekin hecham
ketgim
kemayapti. Qani vaqt to'xtab qolsayu shu yerda
qolsam.
- Boraqol endi, ketaqol kutib qolishdi.
- Yana ozroq ozgina qolay.
- Boraqogin endi
- Xm xo'p mana ketyapman. Yaxshi qoling baxtli
bo'ling!
- Sen xam baxtli bo'l!
Asta asta qadam tashlab ketayapsan, yerda
yotgan
xazonlar qadamlaringdan shitrlab ayriliq
simfoniyasi
chalayotganday. Orqanga bir bir qarab qo'yasan
ko'zlaring
olib qoling diya mo'ltirayotganday. Goxo xayr dep
qo'lingni
ko'tarib qo'yasan. Oxirgi qarashda yig'i aralash
kulib
qo'ydingu. Bulutlar ortiga berkingan quyoshdan
ko'rinmay
ketding...
Sen ketding u yo'ldan, men xam ketdim bu
yo'ldan. Faqat
ayriliq qoldi sevgimizdan. Xazonlar guvoxida mana
shunday xayrlashdik bizlar.
Yana bir sevgi qo'yildi nuqtalar...
m.odnoklassniki.ru/dk;jsessionid=b231d838e9a92be1713fdb8052214cf3199c6ffccff9766b.95802e2c?st.cmd=altGroupJoin& st.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев