Baxtli kunlarni eslatar yerda yotgan xazon, Shu xazonlar ichra turamiz yonma-yon. Oramizda aytilmagan gap so’zlar juda ko’p, Lekin ularni aytishga negadir jur’at yo’q. Balki ularni aytishdan yo’q endi ma’no, Nahotki sevgimiz bo’lgan bo’lsa xato. Hayoling qayerdadir, nigohing mendamas, Balki bu uchrashuv sen uchun muhimmas. Negadur jim turasan og’ir xo’rsinib, Men bo’lsam kutaman sen nega boshlashdan qo’rqib. Qo’rqaman sukunatni buzib xato qilishdan, Qo’rqaman hammasi tugadi xayr deb ketishingdan. Axir seni hayotimdan ham ortiq sevaman, Buni bilasan eslatib nima ham qilaman. Sukunatni buzardi telefoningni sadosi, Trubkadan eshitilardi uning ovozi. Birgaligimizni bilib u qo’ng’iroq qilar, Sen esa inkor qilasan buni topib bahonalar. Bahona qidirasan u bergan savollarga, Ishontirasan uni qandaydur saroblarga. U esa sezadi, birgaligimizni biladi, Oxiri noiloj bahonalaringa ko’nadi. Chunki sevadi seni balki mendan ham ko’proq, Meni jahlim chiqadi lekin bunga xaqqim yo’q. Izlab topgan baxtim eding endichi begonasan, Qo’llarimdan uch endi Meniki emassan!!! Ketaqol endi qo’llarimdan uch, Bir-birimizga begonamiz endi. Men yetmagan baxtni o’zga bilan quch, Iltimos unut, unutolsang meni. Ketaqol endi meni qalbimdan uch, Men yetmagan baxtni mayli o’zga bilan quch. Visoling o’chmas yuragimdan meni, Iltimos kechir, unutolmasam seni. Birga bo’lmasligimizni ikkimiz ham bilardik, Ammo taqdirga ko’nmay haqiqatdan qochardik. Hammadan sir tutib mo’jazgina sevgimizni, Qalbimizda yashirardik shu kichkina baxtimizni. Oxir shafqat qilmadi bizga beshafqat taqdir, Sevgimizga qaramay ajratar bizni baribir. Esdan chiqmas hech qachon bizni uchrashuvlar, Sevgimizga guvoh bo’lgan yomg’irli kechalar. Hech kimga o’xshamagan ajoyib qiliqlaring, Ba’zan og’ir botga o’rinsiz xazillaring. Quvonchdan to’kilgan birinchi ko’z yoshlaring, Sizni sevaman degan ohista pichirlashing. Esimda zamin uzra ko’tarilganda quyosh, Yonimda o’tirarding yelkamga qo’yib bosh. Osmonga tikilgancha o’tirardik uzoq, Keyin esa yana u qilardi qo’ng’iroq. Nimadandur cho’rchib ko’zimga mayus boqarding, Yaralangan yuragimni qaytadan tirnarding. Keyin quchoqlagancha uzr so’rarding ming bor,Men esa quchoqlardim seni huddi so’ngi bor. Tongning iliq nurlarida quyoshdek porlaysan, Qo’limdan uch endi Meniki emassan!!! Ketaqol endi qo’llarimdan uch, Bir-birimizga begonamiz endi. Men yetmagan baxtni o’zga bilan quch, Iltimos unut, unutolsang meni. Ketaqol endi meni qalbimdan uch, Men yetmagan baxtni mayli o’zga bilan quch. Visoling o’chmas yuragimdan meni, Iltimos kechir, unutolmasam seni.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев