Valyutachi kulib dedi, Aka dollar ko'tarildi. So'mlar qoldi inqirozda, Dollar bo'ldi har og'izda. Ne sinoat bu qog'ozda, Aka dollar ko'tarildi. Bozorlarsiz bitmas yumush, Boshlarda kop xolu tashvish. Harjlar uchun kissa xomush, Aka dollar ko'tarildi. Narx navolar bo'ldi osmon, Buni ko'rib o'rtandi jon. Do'konchi der bo'lmang hayron, Aka dollar ko'tarildi. Qassob tishga qo'ydi tish, Qiyin bo'ldi ho'kiz olish. Biram qimmat go'shtu govmish, Aka dollar ko'rildi. Qiyin bo'ldi sotuvchiga, Aylandi gap oluvchiga. Deydi har bir o'tuvchiga, Aka dollar ko'tarildi. Kiyimdanku ochmang og'iz, Narxin ko'rib lol qolasiz. Qimmat hatto qovun tarvuz, Aka dollar ko'tarildi. Ko'ngil uzib ketolmaysiz, Harid qilmay o'tolmaysiz. Deydi nonni so'rasangiz, Aka dollar ko'tarildi. Bozorda zo'r mashinalar, Uni faqat boylar minar. Olay desam dollar so'rar, Aka dollar ko'tarildi. Ayting kimga qoldi kunim? Qayga ketdi milliy pulim. Demang dilga berib zulm, Aka dollar ko'tarildi""
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев