Pul egasini topish maqsadida, OAVga e`lon beribdi, tanishlardan so‘rab-surishtiribdi, lekin harchand urinmasin uyiga qaytgunicha ham pulning egasi topilmabdi. Yurtiga qaytgach ham so‘rab-surishtirishda davom etibdi. Internet tarmog‘i orqali e'lonlar beribdi, ammo bu ham foyda bermabdi. Oradan bir yil o‘tgach topilgan pulni o‘zi uchun sarflashni harom deb bilgan bu kishi, rafiqasi bilan maslaxatlashib, pulning hammasini beva-bechora va kambag‘allarga tarqatib yuboribdi. Oradan ko‘p o‘tmay uyiga ikki yigit kelib, topib olingan yigirma besh ming AQSh dollarning egasi ekanliklarini aytishibdi va pulni qaytarishini so‘rashibdi. Buni eshitgan haligi kishi nima qilishini bilmay, to‘g‘risini aytsa ular ishonmasliklaridan qo‘rqib, Allohga tavakkal qilib, ertaga kelishlarini iltimos qilibdi. O‘sha kuni tuni bilan ibodat qilib, Allohdan uni bu hijolatli holatdan qutqarishini so‘rab, yig‘lab duolar qilibdi. Tonga yaqin charchab, ko‘zi uyquga ketib qolibdi. Tush ko‘ribdi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab: - “Xafa bo‘lma ey ummatim, sen qo‘shni shahardagi Abdulloh ismli kishini top va undan yordam so‘ra. U sahovatli boylardan, senga albatta yordam beradi va yana unga shuni aytgin-ki, u mening chin ummatimdir, u menga har kuni tongda yuz marotaba salovat aytishni o‘ziga odat qilib olgan”, debdilar. Tongda turib, qo‘shni shaharga borib, Rasulluloh sollallohu alayhi vasallam aytgan manzildan Abdullohning xonadonini topib, uni chaqiribdi va ichkariga kirishga izn so‘rabdi. Ichkariga kirgach, u bilan salomlashib: - “Meni sizning oldingizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jo‘natdilar”, - deb, bo‘lgan voqeaning hammasini aytib beribdi. - “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, siz u zotning chin ummati ekansiz va har tongda u zotga yuz marotaba salovat aytar ekansiz” debdi. Buni eshitgan Abdulloh xo‘ng-xo‘ng yig‘lab: - “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan odam siz ekansiz-da, kecha mening ham tushimga kirib, sizning kelishingizni aytgan edilar, sizni kutib turgan edim”, debdi. Ikkalalari bir-birlarini quchoqlab, bo‘lib o‘tgan voqeadan ta'sirlanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatlari qalblarida jo‘sh urib, xo‘ng-xo‘ng yig‘labdilar. So‘ng Abdulloh uyidan ellik ming AQSh dollari olib chiqib: - “Mana shu pulni hammasini oling. Pulning yarmini topib olgan pulingizni qaytarish uchun, yarmi esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz uchun sizga hadya”, debdi. Haligi kishi pulni olib uyiga qaytibdi. Kelishilganidek pulning egalari kelishibdi. U kishi pulni qaytara turib, yig‘lab-yig‘lab ularga bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Ular ham bo‘lgan voqeadan ta'sirlanib, pulni olishdan voz kechishibdi. Ular ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatingiz uchun deb, pulni u kishiga hadya qilib yuborishibdi.
http://m.ok.ru/dk?bk=UserLikeInternal&STKN=uQ9zVCq7hFMRPfa6d9UppADpj%2FWwdUzJ&st.cmd=likeInternal&st.lkId=16179448968361987&st.h=0&st.ctc=on&st.u=on&st.ff=on&st.owId=bojogjhjcmxyycemak0qnjhaczdqcxfbwtqzq&st.rtu=%2Fdk%3Fst.cmd%3DfriendMain%26st.friendId%3D548115918008%26_prevCmd%3DfriendMain%26tkn%3D7706%231420830821258&_prevCmd=friendMain&tkn=7309
m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=57169077403703&_prevCmd=altGroupMain&tkn=2694
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGro armonli upMain&st.
...http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGro armonli upMain&st.
...http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52081698144458&_prevCmd=userOwnAltGroups&tkn=8724 guruximga taklif qilaman.
...http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52081698144458&_prevCmd=userOwnAltGroups&tkn=8724 guruximga taklif qilaman.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6
иншооллох