Yuksaklarga etadi,
Yurakdan yozilgan she'r,
Yuraklarga etadi.
Vatan uchun xalq uchun,
Shahd bilan yozish kerak,
Xudo bergan istedod,
Dard bilan yozish kerak.
Yig'lab yozilgan satr,
Har kongilni yig'latar,
Shunchaki yozilgan she'r,
Oq qog'ozni bulg'atar.
Mukofot ilinjida,
Mansabga oshiq bo'lib,
So'zni sotib bo'lmaydi,
Dardga xiyonat qilib.
Qancha oqqush qanotin.
Qirqishdilar ko'planib,
Ijod qilish o'rniga,
Tosh otarlar to'planib.
To'rt qator she'ring agar,
Qo'shiq bo'lib yangrasa,
Biz uchun yozibdi deb,
El yurakdan tinglasa.
Boshga omad kelsa,
G'iybat bilan yeyishar,
Mehnating ko'zga ilmay,
Shuxratga o'ch deyishar.
Qarg'alarning bulbuldek,
Tinglanmasligiku baxt,
Shukr, hammaning yuzin.
Ko'rsatadi axir vaqt.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев