«Ular (Makka kofirlari o‘tmishdagi o‘z
payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan qavmlar
duchor bo‘lgan halokatlardan eslatma-ibrat
olmadilar), endi faqat to‘satdan (Qiyomat) soati
kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe,
uning alomatlari keldi. Bas, ularga (Qiyomat soati) kelgan vaqtida ularning eslatma-ibrat
olishlari (uchun) qanday (imkon) bo‘lur?!»* (Muhammad, 18-oyat) Insonlarga hayot muhlatining tugayotgani,
Qiyomat kuni tobora yaqinlashayotgani haqida
xabar beruvchi oyat-alomatlarning ayon qilinishi
ham Alloh rahmatidir. Ushbu oyat-alomatlardan
ibrat olib, insonlar shoyad o‘zlarini o‘nglab olsalar.
Gunohlardan tavba-tazarru etib, Parvardigorlari toat-ibodatiga astoydil kirishsalar. Qiyomatning yaqinligi haqidagi eng birinchi
alomat Muhammad alayhissalomning
yuborilishlari edi. Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam): «Men payg‘ambar etib yuborilganimda
Qiyomat mana shunday edi», deya o‘rta va
ko‘rsatkich barmoqlariga ishora qildilar.... Xolid ibn Umayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bizga
xutba o‘qidilar. Alloh taologa hamdu sano aytib
so‘z boshladilar: «Dunyo uzilishini e’lon qildi.
Kovushini orqaga burdi. Undan (dunyodan)
faqatgina bir tomchi qoldi. Bu xuddi sohibi oxirgi tomchisini ichayotgan idish (tubi)dagi (so‘nggi)
tomchi kabidir» (Ahmad va Ibn Jarirlar rivoyati.
Sanadi sahih). Ya’ni, dunyo oxir bo‘lmoqda. U uzilishini e’lon
qildi, ortiga burildi. Idish tubida qolgan, arzimas
tomchichalik qoldig‘i – muddati bor, xolos. Dunyoning oxirlab, Qiyomatning yaqin qolgani
shunday ifodalangan. Mazkur hadis aytilganiga
ham o‘n to‘rt asr bo‘ldi. Bu muddat ichida
Qiyomatning shartlari birin-ketin voqelikda
ko‘rindi. Ularning eng oxirgi ro‘y berganiga biz
ham guvoh bo‘ldik, yalangoyoq, yalang‘och bo‘lgan kishilar uy qurishda bir-birlari bilan
musobaqaga kirishdilar.... Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlarida
ko‘ringan Qiyomat alomatlaridan biri oyning
bo‘linishi edi. Bu voqea Payg‘ambarimiz hali
Makkada turganlarida yuz bergan. «(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham
bo‘lindi. Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad
alayhissalomning payg‘ambar ekanliklariga
dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘jiza ko‘rsalar
(ham u payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga)
yuz o‘girurlar va «(Bu) har doimgi sehr-ku!» derlar» (Qamar, 1-2). Buxoriy va Muslim Anas ibn Molikdan rivoyat
qiladi: «Makka ahli Rasulullohdan (sollallohu alayhi
vasallam) oyat-mo‘’jiza ko‘rsatishni so‘radi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga oyni
ikki bo‘lib ko‘rsatdilar. Makka ahli Hiro tog‘i
oyning ikki bo‘lagi o‘rtasida qolganini ko‘rdi».... Bayhaqiy va Ibn Jarir Abdulloh ibn Mas’uddan
sahih sanad bilan rivoyat qiladi: «Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) davrlarida oy bo‘lindi.
Quraysh ahli: «Bu Abu Kabsha o‘g‘lining sehri»,
deyishdi. So‘ng aytdilar: «Safarda yurgan kishilar
nima deyishiga qaranglar. Chunki Muhammad hammani baravar sehrlay olmaydi». Safardan
qaytganlar ham shuni aytishdi». Ya’ni, oyning
bo‘linganiga guvohlik berdilar. Ibn Kasir aytadi: «Bunga ulamolar orasida ittifoq
qilingan, ya’ni, oyning bo‘linishi Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida bo‘lgan
va u eng katta mo‘’jizalardan hisoblanadi». Inshaalloh, Qiyomatning kichik shartlariga oid
hadislarni keyingi faslda keltiramiz. Biz kichik
alomatlarning deyarli barchasi voqelikda
ko‘ringaniga guvoh bo‘ldik. Faqat bitta alomat
hozircha yuz bergan yo‘q va u katta shartlar
jumlasiga kiradi. Ba’zilar uni kichik shartlar qatorida sanashgan. Vallohu a’lam!.... «Ilmning ko‘tarilishi, jaholatning yoyilishi, xamr
(mast qiluvchi ichimliklar) ichilishi, zinoning keng
tarqalishi va erkaklarning kamayib, ayollarning
ko‘payib ketishi Qiyomat qoyim shartlaridandir,
hatto ellikta ayolga bitta qarovchi (erkak)
bo‘ladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Ushbu hadisda zikr etilgan alomatlarning deyarli
barchasi bo‘lib o‘tdi. Faqat ellikta ayolga bir
erkakning to‘g‘ri kelib qolishi hali hayotda yuz
bermadi. Ulamolar voqelikdagi mazkur
alomatlarni Qiyomatning kichik shartlari qatorida
sanaydilar. Alloh taolo bizni fitna domidan salomat saqlasin!
Himoyachimiz Alloh! U eng ishonchli
himoyachidir!.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев