Juda-juda qadim zamonda
Yuz beripti bir xatomiz,
Arwdan ketgan Momoxavo
Xamda Odam atomiz.
Bizlar turgan wu zaminni
Ular makon etganlar,
Yer chopganlar
Ekin tekin ekkanlar.
Tong otmasdan Odam Ato
Wowib ovga ketardi,
Momo esa chaylasida
Otamizni kutardi.
Faqatgina uzin sizlab
Bowqalarni sensirab,
Yawar edi quv wayton xam
Wu atrofda tentirab.
Garchi uning qavmi yuqdur
Yuqdur amma xolasi,
Bor edi bir arzandasi
Yolgizgina bolasi.
Odam ato tongda yana
Yumuwiga yul oldi,
Omad tilab Momo xavo
Chaylada yolgiz qoldi.
Ultirardi xech kimsa yuq
Na o'ngi na sulida,
Paydo buldi wayton birdan
Bolachasi qulida.
Salom berdi quyuq quyuq
Tazim qildi jilpanglab,
Va oxiri maqsadini
Bayon etdi qilpanglab.
Sadag'angiz ketay momo
Siz chiroysiz olamga,
Bir soatlik iwim chiqti
Qarab turing bolamga.
Momo xavo xayotida
Bulmagan xech bunday xol,
Uylay-uylay javob qildi
Mayliga qoldira qol.
Odam ato qaytdi bir vaqt
Kunglini xuwlagancha,
Kattakon bir towbaqaning
Buynidan uwlagancha.
Qarasaki turar wayton
Bor woxiyu tuyog'i,
Qanday xolga tuwdi wurlik
Tuwunarli u yog'i.
Osmon qolib zaminda xam
Yo'liqdi wul baloga,
Tilidagi bor zaxrini
Sochdi Momo xavoga.
Bu o'waku fitna bilan
Arwda bizni xor qilgan,
Bu o'waku ikkimizni
Towbaqaga zor qilgan.
Odam ato waytonchani
La'nat bilan bo'ktirdi,
Oyoq qo'lin bog'lab so'ngra
Cho'ng dengizga cho'ktirdi.
Chidaw berdi Momo xavo
Uning barcha doviga,
Tongda turib Odam ato
Ketdi yana oviga.
Yow quyowning o'tli ko'zi
Yow zaminga boqqan chog',
Gullar yal yal yawnagan payt
Ya'ni pewin oqqan chog'.
Liboslari taram taram
Guldan chambar bowida,
Paydo bo'ldi wayton yana
Momo xavo qowida.
Qo'lida bir bolasi bor
Bir qo'lida qog'ozi,
Wayton endi wer o'qirdi
G'oyat wirin ovozi.
-Guzallarning guzali Momo xavo
-Asallarning asali Momo xavo,
Barchamizga mexribon Momo
xavo
Xammamizga jonajon Momo xavo.
Kazolardan kazosiz Momo
xavo
Xokazo xokazosiz Momo xavo.
Wer o'qirdi wayton jo'wib
Gox beliga qo'l tirab,
Quwlar to'xtab boqardi
Osmonlardan mo'ltirab.
Wayton oxir tin oldiyu
Dedi Momo xavoga,
Dengizlardan dur keltirdim
Boqing men benavoga.
Tezda qaytib keladurman
Iwim bitgan aytarli,
Siz bolamga qarab turing
Yarim soat yetarli.
Wayton wu zum g'oyib buldi
Labin burib tanqayib,
Momo xavo qolaverdi
O'ltirgancha anqayib.
Xayoliga keltirmasdi
Na xiyla na tuzoqni,
Odam ato ovdan qaytdi
Yetaklab bir buzoqni.
Boqsa axvol yana o'wa
Yana g'alva bowlandi,
Momo xavo ko'p o'ksindi
Ko'zlari xam yowlandi.
Odam ato waxd qildiyu
Gulxan yoqti maydonda,
Bunaqasin xali xech kim
ko'rmagandi jaxonda.
Iblislarga o'lim dedi
Tangriga xo'p yolvordi,
Waytonchani tiriklayin
O'tda yoqib yubordi.
Ana endi qutuldik deb
Tinchlandilar ko'ngli to'q,
Wayton xargiz qadam bosmas
Waytonchasi endi yo'q.
Xali saxar quwchalari
Uygonmasdan pitirlab,
Birdan chayla qamiwlari
Qoldi witir witirlab.
Odam ato sekin boqti
Wubxa yonib qoniga,
Vo darig'o waytonvachcha
Turar chayla yonida.
Bu jaxoniy uyin endi
Cho'qqisiga yetgandi,
Tong otmasdan bolasini
Wayton tawlab ketgandi.
Odam ato tund va xomuw
Chiqib ketdi tog' tomon,
CHuqich bilan xarsanglarni
Maydaladi bearmon.
Yolg'iz o'zi bilar edi
Nedir murod maqsadi,
Nixoyat u madan topib
Mo'jaz qozon yasadi.
O'rmonlardan yong'oq
terdi
Ezdi, yanchdi, yog' qildi,
Yerni uyib o'choq qildi
O'tinni xam tog' qildi.
Bu safar u na cho'ktirdi
Na kulini sovurdi,
Waytonchani to'ppa to'g'ri
Qozonida qovurdi.
Endi qaytib kelmasin deb
Qarg'ab sukib beayov,
Nonuwtaga wayton go'wtin
Poqqos tuwurdi ikkov.
Quyow xali yiroqlarda
Ko'z uqalab turgan on,
Kelib chayla qarwisiga
So'z bowlab qoldi wayton.
Qovurdog'ing xazm
bo'lgay
Men xammasin bilgandim,
Waytonimni yeb bitirding
Wuni orzu qilgandim.
O'yladinki u yuq bo'lsa
Men chorasiz qolgayman,
Menchi uning kulidan xam
Wayton yasay olgayman.
Ollox mendan yuz o'girdi
Na osmon na yermasman,
Bilgil inson bilgil odam
Senga salom bermasman.
Yo'ldan urdim seni mudom
Azob berdim joninga,
Men g'alaba qildim oxir
Kirdim oxir qoninga.
Koinotga sukut cho'kti
Pirpiradi yulduzlar,
Wundan buyon o'tdi qancha
Yillar kecha kunduzlar.
Ko'rdik qancha waytonlikni
Qancha wayton insonni,
Chiqarolmay ovvoramiz
Qonimizdan waytonni...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5