portlashlar natijasida 30 kishi
halok bo‘ldi
Iroq poytaxtida sodir etilgan
ketma-ket portlashlar natijasida
shanba kuni 30 kishi halok bo‘ldi
va yana 45 kishi jarohat oldi. Bu
haqda Sky News Arabia telekanali
bergan ma’lumotlarga tayangan
holda “TASS” xabar bermoqda.
Foto: fedpress.ru Ma’lumotlarga qaraganda,
Bag‘dodning asosan shialar
istiqomat qiluvchi Al Kozimiy
tumanida mina o‘rnatilgan ikki
avtomobil portlab ketgan. Fojia
yuz bergan joy xavfsizlik xizmati
tomonidan qurshab olindi,
jarohatlanganlar tez yordam
mashinalarida olib ketildi.
Shanba kuni avvalroq, Bag‘dod
shimolida joylashgan At-Tarmiya
tumanida kuchli portlash
natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, 26
kishi jarohatlandi. Xabar
qilinishicha, xudkush terrorchi
dam olish kuni yuzlab tinch aholi
to‘plangan bozor maydonida
o‘zini portlatib yuborgan.
Jabrlanganlarning barchasi
kasalxonaga jo‘natilgan.
Iroqdagi tugamayotgan
zo‘ravonlik natijasida sentabr
oyidan buyon 1100 dan ziyod kishi
halok bo‘ldi va yana 1946 kishi
jarohatlandi. Bu haqda Iroqqa
yordam ko‘rsatish bo‘yicha BMT
missiyasi bayonot berdi. Unga
ko‘ra, xavfsizlik bo‘yicha eng
yomon vaziyat mamlakat poytaxti,
Bag‘dodda kuzatilmoqda. U yerda
352 kishi halok bo‘lgan va 983
kishi jabrlangan. Keyingi o‘rinda
Saloh ad Din provinsiyasi
joylashdi, u yerda 298 kishi
zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan va
383 kishi jarohatlangan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев