Qishloqning bahori - eng go'zal bahor.
Shaharga ortiqcha intilma, bola.
Shaharda varraklar erkin uchmaydi.
Shaharning osmoni simlarga to'la.
Qishloqa kuylasang, jo'shib kuylaysan.
Tunlarni, tonglarni kuylarga ula.
Shahara otilib chiqishing qiyin.
Shaharning sahnasi yulduzga to'la.
Qishloqning har kuni sayl, ko'pkari.
Bo'laqol, or talash, otga min, bila!
Shaharda qo'lingga uloq tegmaydi.
Shahar ko'chalari temirga to'la.
Qishloqda taniydi hamma bir-birin.
Dilingni, elingni mehrga bela.
Shaharda mendaylar ko'payib ketgan.
Bilmaysan, bu shahar kimlarga to'la.
Qishloqning bahori - eng go'zal bahor.
Shaharga ortiqcha intilma, bola.
Shaharda varraklar erkin uchmaydi.
Shaharning osmoni simlarga to'la...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 21