Kechki Toshkent shahar bo’ylab kezardi
kuz,
Osmonda to’lin oy atrofi to’la yulduz.
Baxtli kunlarni eslatar yerda yotgan
xazon,
Shu xazonlar ichra turamiz yonma-yon.
Oramizda aytilmagan gap so’zlar juda
ko’p,
Lekin ularni aytishga negadir jur’at yo’q.
Balki ularni aytishdan yo’q endi ma’no,
Nahotki sevgimiz bo’lgan bo’lsa xato.
Hayoling qayerdadir, nigohing mendamas,
Balki bu uchrashuv sen uchun
muhimmas.
Negadur jim turasan og’ir xo’rsinib,
Men bo’lsam kutaman sen nega
boshlashdan qo’rqib.
Qo’rqaman sukunatni buzib xato
qilishdan,
Qo’rqaman hammasi tugadi xayr deb
ketishingdan.
Axir seni hayotimdan ham ortiq sevaman,
Buni bilasan eslatib nima ham qilaman.
Sukunatni buzardi telefoningni sadosi,
Trubkadan eshitilardi uning ovozi.
Birgaligimizni bilib u qo’ng’iroq qilar,
Sen esa inkor qilasan buni topib
bahonalar.
Bahona qidirasan u bergan savollarga,
Ishontirasan uni qandaydur saroblarga.
U esa sezadi, birgaligimizni biladi,
Oxiri noiloj bahonalaringa ko’nadi.
Chunki sevadi seni balki mendan ham
ko’proq,
Meni jahlim chiqadi lekin bunga xaqqim
yo’q.
Izlab topgan baxtim eding endichi
begonasan,
Qo’llarimdan uch endi Meniki emassan!!!
Ketaqol endi qo’llarimdan uch,
Bir-birimizga begonamiz endi.
Men yetmagan baxtni o’zga bilan quch,
Iltimos unut, unutolsang meni.
Ketaqol endi meni qalbimdan uch,
Men yetmagan baxtni mayli o’zga bilan
quch.
Visoling o’chmas yuragimdan meni,
Iltimos kechir, unutolmasam seni.
Birga bo’lmasligimizni ikkimiz ham
bilardik,
Ammo taqdirga ko’nmay haqiqatdan
qochardik.
Hammadan sir tutib mo’jazgina
sevgimizni,
Qalbimizda yashirardik shu kichkina
baxtimizni.
Oxir shafqat qilmadi bizga beshafqat
taqdir,
Sevgimizga qaramay ajratar bizni baribir.
Esdan chiqmas hech qachon bizni
uchrashuvlar,
Sevgimizga guvoh bo’lgan yomg’irli
kechalar.
Hech kimga o’xshamagan ajoyib
qiliqlaring,
Ba’zan og’ir botga o’rinsiz xazillaring.
Quvonchdan to’kilgan birinchi ko’z
yoshlaring,
Sizni sevaman degan ohista pichirlashing.
Esimda zamin uzra ko’tarilganda quyosh,
Yonimda o’tirarding yelkamga qo’yib
bosh.
Osmonga tikilgancha o’tirardik uzoq,
Keyin esa yana u qilardi qo’ng’iroq.
Nimadandur cho’rchib ko’zimga mayus
boqarding,
Yaralangan yuragimni qaytadan
tirnarding.
Keyin quchoqlagancha uzr so’rarding
ming bor,
Men esa quchoqlardim seni huddi so’ngi
bor.
Tongning iliq nurlarida quyoshdek
porlaysan,
Qo’limdan uch endi Meniki emassan!!!
Ketaqol endi qo’llarimdan uch,
Bir-birimizga begonamiz endi.
Men yetmagan baxtni o’zga bilan quch,
Iltimos unut, unutolsang meni.
Ketaqol endi meni qalbimdan uch,
Men yetmagan baxtni mayli o’zga bilan
quch.
Visoling o’chmas yuragimdan meni,
Iltimos kechir, unutolmasam seni.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев