Bu oqshom osmonda yulduz
yig'laydi
Ko'k aro to'lin oy unsiz yig'laydi
Majnuntol yonida maktab bog'ida
Yurakda dard bilan bir qiz
yig'laydi
Bunchalar yuraklarga solasan
titroq
chalinmay qo'yaqol ''So'nggi
qo'ng'iroq''
Ayriliq onlari bunchalar azob
Chalinmay qo'yaqol ''So'nggi
qo'ng'iroq''
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar
Goh oshkor goh pinhon bitilgan
xatlar
Bir bora yurakdan chiqmagan
suhbat
Ranglar sarg'ayib ko'nglimni ezar
Qizlar qo'lidagi estalik daftar
Nahot armonga aylansa endi
Sinfdosh qiz bilan tushgan
suratlar
Bunchalar yuraklarga solasan
titroq
Chalinmay qo'yaqol ''So'nggi
qo'ng'iroq''
Ayrilgim kelmaydi munis
maktabdan
Ko'nglimga abadiy yoqding sen
chiroq
Yashirgim kelmaydi men ham
yoshlarim
Chalinmay turaqol ''So'nggi
qo'ng'iroq''
Nelar kutmoqda bizlarni hali
Qayg'uli muhabbat, xijronli firoq
Nahot tark etmoqda sho'xli
davrimiz
Chalinmay turaqol ''So'nggi
qo'ng'iroq''
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2