Dil zerikib kettida
Ikkiming o'n sakkizda
Bir qizga uylanaman
Qop qora bo'lsa qoshi
Mazzali bo'lsa oshi
O'n sakkizda bo'lsa yoshi
Shu qizga uylanaman.
Past bo'lsa mendan bo'yi
Uxlamasa kun bo'yi
Faqat men bo'lsam o'yi
Shu qizga uylanaman
Abjir bo'lsa xar ishda
Saramjonu sarishta
Bo'lsa agar farishta
Shu qizga uylanaman.
Yo'g'imni u qilsa bor
Birovga qilmasa zor
Topsam agar shunday yor
Shu qizga uylanaman.
Ko'chadan kelsam kulib
Peshvoz chiqsa yugurib
Ketmaymanu yuz burib
Shu qizga uylanaman.
Otamni qilsa xurmat
Onamga qilsa xizmat
Faqat faqat men faqat
Shu qizga uylanaman.
Kuniga erta tursa
Bukchaymay to'gri yursa
Ko'zlari meni ko'rsa
Shu qizga uylanaman.
Sigir sog'ib yopsa non
Gapirmasa xech yomon
Qilmasdan xech xam gumon
Shu qizga uylanaman.
Bu yaxshi orzu bo'ldi
Sabrim kosasi to'ldi
U qizga yoqsam bo'ldi
Shu qizga uylanaman
Bo'lsa agar shunday qiz
Ayting do'stlar menga siz
Bir ko'rishib yuzma yuz
Shu qizga uylanaman
Ne bo'lsa yozdim dilda
Bu xam bitta xazilda
Shu kelayotgan kuzda
Bir qizga uylanaman .
📝JGAR KAMRON.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5