Goh botartib, gohida betartibligi,
Yaraldikki dunyo g’ami aribdimi?
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.
Mustarginam ko’zlarida yoshi qalqib,
Boshlarida tursa ro’mollari salqib,
Bu qorong’u umrim aro NURDEK balqib,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.
Oyoqlarin mehnat yuki og’ritmasa,
Qarimasa, bundan boshqa qarimasa,
Shu joniga g’amu dardlar dorimasa,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.
Yodlab etti yot, aqrabo, heshlarini,
Boshlaridan otib dunyo ishlarini,
Otam bilan kutib yozu qishlarini,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.
Bu dunyosin ishi bilan ishim yo’qdir,
Tishlashayin desam sinmas tishim yo’qdir,
KUYSAM ONAMDAYIN KUYAR KISHIM YO’QDIR,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO’LDI.
Birodarlar bilmaysiz bu shunday g’amki,
Va shundayin ko’ngil quvnar bir bayramki,
Qishlog’imga ming yil o’tib borsam hamki,
MENI UYDA ONAM KUTIB TURSA BO'LDI.
Assalomu alaykum aziz gruppadoshlar!! Bugun onamning tug'ulgan kunlari edi,men esa hozir ulardan uzoqdaman. Onam har tug'ilgan kunlarida bitta chiroyli she'r aytishimni yaxshi ko'radilar shuning uchun iltimos iloji bo'lsa "ona" haqida chiroyli va ta'sirli sherlardan yozilar?Hurmat bilan (Baxtlus Jamilov.)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1