Namoz salom bilan tugaydi. Salomdan keyingi amallar (tasbehotu duolar) majburiy emas, ammo nihoyatda savoblidir.
Farz namozlaridan keyin quyidagi duoni o‘qish sunnatdir:
All`ohumma antas-sal`am va minkas-sal`am. Tab`arokta y`a zaljal`ali val ikr`om.
Mazmuni:
Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo‘lgan Allohim, Sening shoning ulug‘dir.
Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so‘ng Oyatal kursi o‘qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug‘ bo‘ladi.
OYATAL KURSI
A'`uzu bill`ahi minash-shayt`onir roj`iym. Bismill`ahir rohm`anir roh`iym.
All`ohu l`a il`aha ill`a huval hayyul qoyy`um. L`a ta'xuzuh`u sinatuv-va l`a na`vm. Lahu m`a fis-sam`av`ati va m`a fil arz. Manzallaz`iy yashfa'u ‘indah`u ill`a bi'iznih. Ya'lamu m`a bayna ayd`ihim va m`a xolfahum va l`a yux`it`una bi shay'im-min ‘ilmih`i ill`a bima sh`a'a. Vasi'a kursiyyuhus-sam`av`ati val arz. Va l`a ya'`uduh`u hifzuhum`a va huval ‘alliyyul ‘az`iym.
Mazmuni:
Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo‘lgan) va keyingi (bo‘ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagancha o‘zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kengdir. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.
TASBEH
Subhanalloh
(33 marta)
Alhamdulillah
(33 marta)
Allohu akbar
(33 marta)
KALIMAI TAVHID
L`a il`aha illall`ohu vahdah`u l`a shar`ika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva ‘al`a kulli shay'in qod`ir.
Mazmuni:
Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yagonadir, sherigi yo‘q, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga xosdir. Va U har narsaga qodir zotdir
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев