Tunlari tinimsiz qiynadi yurak,
Bag'rimni so'roqlab tig'ladi yurak,
Ko'nglimdan sevgimni ayladim judo,
O'zing kechirgaysan yolg'izim Xudo!
MEXR qolmadi xech qahrlar toshdi,
Bu Dilni ranjitib sabrlar toshdi,
O'z sevgim o'zimga qabrlar ochdi,
Ko'nglimdan sevgimni ayladim judo,
O'zing kechirgaysan yolg'izim Xudo!
Ko'z yoshlar yog'ildi ARMONlar bo'lib,
So'zlar aytildi gumonlar bo'lib,
Ko'nggilda ko'rimsiz hislarim to'lib,
Ko'nglimdan sevgimni ayladim judo,
O'zing kechirgaysan yolg'izim Xudo!
Do'st kuldi, kulgisi ko'nglimni ezdi,
Kipriklar qatida XIJRONlar kezdi,
Kimlar dardim sezmas, kimlardir sezdi,
Ko'nglimdan sevgimni ayladim judo,
O'zing kechirgaysan yolg'izim Xudo!
Kuylar qiymaladi kuygan qalbimni,
So'roqlar qo'ymadi suygan qalbimni,
Dashnomlar to'ydirdi kuygan qalbimni,
Ko'nglimdan sevgimni ayladim judo,
O'zing kechirgaysan yolg'izim Xudo!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев