Предыдущая публикация
Garchi ipak devoring,
Xech kim seni qurgan yo’q,
Ammo ikki dunyoda,
Sendan baland qo’rg’on yo’q.
Qo’sh yuraklar yog’dusi,
O’zing beshak, chimildiq.
Bo’y qizlarning orzusi,
Shoxi to’shak chimildiq.
Kuyov kutgan orziqib,
Xayot sendan boshlanar.
Kelayotgan allayu,
Bayot sendan boshlanar.
Tilagim shu – boylansin,
Jon rishtasi joningga.
Yo’lamasin xech bir qiz,
Rozi bo’lmay yoningga.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев