To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor afsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев