O'qishga qanday qilib topshiraman?
Islom universitetiga qabul qilinishingiz uchun hujjatlaringiz va o'zingiz haqingizdagi zaruriy ma'lumotlarni online - universitet rasmiy sayti orqali yuborasiz. Hozirdan boshlab 2014 - yilning noyabr oyiga qadar hujjat topshirsangiz, Sizning nomzodingiz 2015 - 2016 - o'quv yillari uchun ko'rib chiqiladi.
Hozircha, o'qishga faqat muslim birodarlarimiz topshira oladilar, muslima singillarimiz uchun ham yaqin kunlarda universitet ta'sis etiladi, inshaalloh.
Bilingki, hujjat topshirish jarayoni judayam oson!
O'qishga topshirishni o'ylab yurgan birodarlarimizga MASLAHATLAR:
1. Rostdan ham o'qimoqchimanmi, deb yaxshilab o'ylab ko'ring. O'qishga 6+ yil vaqtingiz ketadi. Bundan 2 yili - arab tili, 4 yili - oliy ta'lim.
2. Istixora namozi o'qing. Ko'p duo qiling.
3. Islom universiteti websaytida nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar va ma'lumotlarni o'rganib chiqing.
http://admission.iu.edu.sa/Defaulten.aspx 4. Barcha talab qilinadigan hujjatlarni tayyorlang.***
5. Biror islomiy tashkilot yoki islom olimlaridan 2 ta TAVSIFNOMA oling.
6. Har bir hujjatni scanner orqali suratga olib, PDF shaklida tayyorlab qo'ying. Har bir hujjat hajmi 1MBdan ko'p bo'lmasligi kerak.
7. Hujjatlaringizni arab tiliga tarjima qildiring.
8. Barcha hujjatlar tayyor bo'lgach, Madina Islom universiteti vebsaytining hujjat topshirish bo'limiga kirib, hujjatlarni yuklab chiqing.
9. Hujjatlarni topshirib bo'lgach, sizga maxsus raqam beriladi, raqamni, albatta, saqlab qo'ying. Raqamni unutib, yo'qotib qo'ymasligingiz judayam muhim. Chunki bu raqam qabul natijalarini aniqlashingiz, viza va samolyotga chiptasini olishingiz uchun kerak bo'ladi.
Taqdim qilgan hujjatlaringiz va boshqa ma'lumotlarni qayta ko'rib chiqishingiz, kerak bo'lsa, o'zgartirishingiz uchun Sizga 10 kun muhlat beriladi.
10. Agar Madinada qabul bo'limi bilan o'tkaziladigan suhbatga kela olsangiz, o'qishga qabul qilinishingiz ehtimoli yuqoriroq bo'ladi. Suhbatga kelmay qabul qilingan talabalar ham juda ko'p, shunday ekan, Madinaga kelish imkoningiz bo'lmasa, zarracha tashvishlanmang.
***Sahifani kuzatib borsangiz, yaqin kunlarda talab hujjatlar va nomzodga qo'yiladigan boshqa talablar bilan Sizni tanishtiramiz, inshaalloh.
Alloh sizni faqat Uning roziligi uchun ilm talab qiluvchilardan qilsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев