Tinchlanadi bu bebosh yurak
Qabrim uzra asta qo`yib bosh,
Jonim deya to`ksang tomchi yosh
Kegin esa tiz cho`kib sekin
Esla baxtli o`tkan kunlarni
Va bag`rimga qo`ygin oxista
Qo`lingdagi qizil gullarni..
Bilsang edi, qachondan beri
Yo`llaringda sarson ko`zlarim.
Jaranglagan har bir sadodan.
Seni ovozingni izlardim.
Eh qanchalar baxtliman bugun...
Chunki xozir sen yonimdasan
Qolgan barcha-barchasi bekor
Iltimosim ketmagin bir zum,
Yana bir oz qolgin yonimda
Uzatsamda qo`llarim yetmas
Sevar edim seni jonimdan.
Men hozirham derman bir seni.
Faqat tanam,tuproqlarga yor,,
Afsus jonim bila olmaysan
Nigohingga bo`lganimni zor
Taqdir bizni uchrashtirmadi...
Hijron esa azobga soldi
Bir ko`rmoqlik etmadi nasib,
Sen kelguncha jonimni oldi..
Bo`ldi jonim boshingni kotar
Sen maĝrurga yig`lamoq nechun,
Sen baxtiyor yashashing kerak
Qabrimda tinch uxlashim uchun.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев