Leverkuzenning "Bayer" klubi "Real Madrid" hujumchisi Alvaro Moratani sotib olishga harakat qilib ko'radi.
Leverkuzenliklar Morataga juda jiddiy ravishda qiziqish bildirmoqda. Tuttomercatoweb sayti xabariga ko'ra Madridliklar Moratani premyer liga jamoalariga sotmoqchi emas, chunki Angliyada raqobat juda kuchli, yosh hujumchi bu raqobatga bardosh bera olmasligi mumkin deya o'ylamoqda va klub rahbarlarining ko'ziga "Bayer" eng yaxshi variant sifatida qaralmoqda.Bunga sabab ham yetarli. O'z vaqtida Daniel Karvaxal ham "Bayer"ga sotib olish sharti bilan sotilgan edi va Dani jamoada o'zini ko'rsatganidan so'ng Madridga qaytarilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Morataga "Arsenal" va "Inter" ham qiziqmoqda.
Manba: RealBlancos.uz
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев