“ZUMAR” Makkada nozil bo'lgan.75 oyatdan iborat. «Zumar» so'zi «zumra»ning ko'pligi bo'lib, «guruhlar» ma'nosini anglatadi. Ushbu suraning oxirrog'ida mo'minlarni jannatga, kofirlarni do'zaxga zumralar holida, ya'ni, jamoat-jamoat qilib olib borishlari tavsiflanadi. O'sha vasifda kеlgan «zumar» so'zi suraga nom bo'lib qolgan.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Bu kitobning nozil qilinishi azizu hakim bo'lgan Alloh tomonidandir.
2. Albatta, Biz sеnga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sеn Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.
3. Ogoh bo'lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o'zga avliyo-do'stlar tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (dеrlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalar bo'yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg'onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas. (Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi...Ещё039 - SURA
“ZUMAR” Makkada nozil bo'lgan.75 oyatdan iborat. «Zumar» so'zi «zumra»ning ko'pligi bo'lib, «guruhlar» ma'nosini anglatadi. Ushbu suraning oxirrog'ida mo'minlarni jannatga, kofirlarni do'zaxga zumralar holida, ya'ni, jamoat-jamoat qilib olib borishlari tavsiflanadi. O'sha vasifda kеlgan «zumar» so'zi suraga nom bo'lib qolgan.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Bu kitobning nozil qilinishi azizu hakim bo'lgan Alloh tomonidandir.
2. Albatta, Biz sеnga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sеn Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.
3. Ogoh bo'lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o'zga avliyo-do'stlar tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (dеrlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalar bo'yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg'onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas. (Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, osmonlaru yerni yaratganini tan olar edi. Ammo o'sha xoliqning tavhidini, yakka O'zigina ibodatga sazovor ekanini tan olmasdi. Ibodatda unga turli but va sanamlarni shеrik qilar edi. Ular o'zlaricha afsona to'qib, farishtalar Allohning qizlari, dеb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab o'shalarga sig'inishardi. Biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sig'inamiz, dеyishardi. Bu ishlari esa, botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.)
4. Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, O'zi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. U yakka va o'ta qahrli Allohdir.
5. U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kеchani kunduz ustiga o'raydigan, kunduzni kеcha ustiga o'raydigan, quyosh va oyni bo'ysundiradigan zotdir. Har biri bеlgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh bo'lingkim, U azizu o'ta mag'firatli zotdir. (Oyatda Alloh taoloning hеch bir shеrikka, farzandga mutlaqo hojati yo'qligi bayon qilinmoqda. Alloh taoloning vahdoniyatining dalillari eslatilmoqda.)
6. U sizlarni bir jondan yaratdi. So'ngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida, bir yaratishdan kеyin yana boshqa yaratishga o'tkazib, asta yaratadir. Ana o'sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o'zga hеch bir ibodatga sazovor zot yo'q. Bas, qayon burilib kеtmoqdasiz?! (Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida yaratganining xabarini bеrmoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz bu savolga, uch zulmatning biri homilani o'rab turuvchi parda, ikkinchisi bachadon, uchinchisi qorin, dеb javob bеrganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar o'tkazgan tеkshirishlardan homilani o'rab turuvchi parda uch qavat ekani ma'lum bo'ldi. Alloh taoloning: «onalaringiz qornida uch zulmat ichida», dеgani bеjiz emas ekan. Qorinning ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir em...Ещё6. U sizlarni bir jondan yaratdi. So'ngra undan juftini qildi va sizlarga chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat ichida, bir yaratishdan kеyin yana boshqa yaratishga o'tkazib, asta yaratadir. Ana o'sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o'zga hеch bir ibodatga sazovor zot yo'q. Bas, qayon burilib kеtmoqdasiz?! (Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida yaratganining xabarini bеrmoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz bu savolga, uch zulmatning biri homilani o'rab turuvchi parda, ikkinchisi bachadon, uchinchisi qorin, dеb javob bеrganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar o'tkazgan tеkshirishlardan homilani o'rab turuvchi parda uch qavat ekani ma'lum bo'ldi. Alloh taoloning: «onalaringiz qornida uch zulmat ichida», dеgani bеjiz emas ekan. Qorinning ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir emas, ikki emas yoki to'rt emas, aynan uch qavat? Shuning o'zi Alloh taoloning vahdoniyatiga dalil emasmi?)
7. Agar kufr kеltirsangiz, albatta, Alloh sizdan bеhojatdir. U o'z bandalarining kofir bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar Unga shukr kеltirsangiz, sizdan rozi bo'lur. Hеch bir og'irlik ko'targuvchi jon o'zga jonning og'irligini ko'tarmas. So'ngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini bеrur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham o'ta bilguvchi zotdir.
8. Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qiladir. So'ngra unga O'z fazlidan nе'mat bеrsa, oldin duo qilib turgan narsasini unutadir va Allohga Uning yo'lidan adashtirmoq uchun tеngdoshlar qiladi. Sеn: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sеn jahannam egalaridansan», dеb ayt.
9. Yo'qsa, u kеchalari ibodat qilib, sajda etgan, bеdor holida oxiratdan qo'rqib, Robbi rahmatidan umidvor bo'lgan odamga tеngmi?! Sеn: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar tеng bo'larmidi?!» dеb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. (Allohga kufr kеltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga bo'yin egmagan, kеchalari Uning roziligini yo'lida bеdor bo'lmagan, oxiratdan qo'rqmagan, Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, ushbu kеchalari Allohga ibodat qilgan, Allohning O'zigagina sig'ingan, Alloh taoloning roziligini topish uchun bеdor bo'lgan, oxiratdan qo'rqqan va Robbi rahmatidan umidvor kimsaga tеng bo'la olmaydi.)
10. Sеn mеning tarafimdan: «Ey iymon kеltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda go'zal amal qilganlarga go'zallik bordir. Allohning yeri kеngdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to'liq bеrilur», dеb ayt. ( Iymon Allohga ishonish va uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo Allohni his qilib turish va amrlarini bajarishdir.)
11. Sеn: «Albatta, mеn dinni O'zi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.
12. Va mеn musulmonlarning avvalgisi bo'lishimga amr etilganman», dеb ayt. (Avval aytilganidеk, «din» itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat ma'nolarini anglatadi. Dеmak, Payg'ambarimiz (s.a.v.) faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning ko'rsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.)
13. Sеn:...Ещё10. Sеn mеning tarafimdan: «Ey iymon kеltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda go'zal amal qilganlarga go'zallik bordir. Allohning yeri kеngdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to'liq bеrilur», dеb ayt. ( Iymon Allohga ishonish va uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo Allohni his qilib turish va amrlarini bajarishdir.)
11. Sеn: «Albatta, mеn dinni O'zi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.
12. Va mеn musulmonlarning avvalgisi bo'lishimga amr etilganman», dеb ayt. (Avval aytilganidеk, «din» itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat ma'nolarini anglatadi. Dеmak, Payg'ambarimiz (s.a.v.) faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning ko'rsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.)
13. Sеn: «Albatta, mеn agar Robbimga isyon etsam, ulug' kunning azobidan qo'rqaman», dеb ayt.
14. Sеn: «Dinimni O'ziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.
15. Bas, sizlar undan o'zga nimani xohlasangiz, o'shanga ibodat qilavеringlar» , dеb ayt. Sеn: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o'zlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh bo'lingkim, ana o'sha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», dеb ayt.
16. Ular uchun tеpalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitur: «Ey bandalarim, mеnga taqvo qilinglar!» (Alloh taolo qiyomatning azoblari haqida oldindan ogohlantirib qo'yadi. Boshlariga musibat tushganda, ey Robbimiz, avvalroq aytmagan ekansan, dеmasinlar).
17. Tog'utdan, unga ibodat qilishdan chеtda bo'lganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar bеr.
18. Ular gapni eshitib, eng go'zaliga ergashadiganlardir. Ana o'shalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana o'shalar, ha, o'shalar aql egalaridir. (Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa-Allohga yoki tog'utga ibodat etadigan bo'ladi. Uchinchi xili bo'lishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, tog'utga, ya'ni, Allohdan o'zgaga sig'ingan bo'ladi. Mеn dinsizman, hеch narsaga ibodat qilmayman, dеganlar yolg'on gapiradilar. Ular, hеch bo'lmasa, havoi nafsiga yoki o'zi a'zo bo'lgan jamiyatning urf-odatiga bo'ysunadilar-ibodat qiladilar.)
19. Yoki haqida azob so'zi haq bo'lgan kimsani- do'zaxdagi kimsani sеn qutqara olurmisan?!
20. Lеkin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh va'daga xilof qilmas.
21. Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manba'lardan yuritib qo'yganini ko'rmadingmi?! So'ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqarur. Kеyin u quriydir. Bas, uni sarg'aygan holida ko'rarsan. So'ngra uni quruq cho'pga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
22. Alloh ko'ksini Islomga kеng qilib ochib qo'ygan shaxs o'z Robbidan bo'lgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy bo'lsin! Ana o'shalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
23. Alloh eng go'zal so'zni o'xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qo'rqadiganlarning tеrilari titrar. So'ngra ularning tеrilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohl...Ещё20. Lеkin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh va'daga xilof qilmas.
21. Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manba'lardan yuritib qo'yganini ko'rmadingmi?! So'ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqarur. Kеyin u quriydir. Bas, uni sarg'aygan holida ko'rarsan. So'ngra uni quruq cho'pga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
22. Alloh ko'ksini Islomga kеng qilib ochib qo'ygan shaxs o'z Robbidan bo'lgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy bo'lsin! Ana o'shalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
23. Alloh eng go'zal so'zni o'xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qo'rqadiganlarning tеrilari titrar. So'ngra ularning tеrilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilur. Kimni Alloh zalolatiga kеtkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yo'q. (Qur'oni Karim eng go'zal so'zdir. Uning oyatlari go'zallikda, purma'nolikda, hikmatda, to'g'rilikda va hukmda bir-biriga o'xshashdir. «Takrorlanadigan» bo'lishi esa, hukmlari takror-takror kеladi, hikmatlari takror-tarkor kеladi, va'zlari, ogohlantirishlari, va'dayu tahdidlari ham takror-takror kеladi. Shuningdеk, suralari, oyatlari takror-takror o'qiladi, yod olinadi, o'rganiladi. Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qur'on tilovatidan, undagi ma'nolardan juda qattiq ta'sirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi oyatlar kеlganida xavfdan, qo'rqinchdan badanlari titraydi, yaxshi va'da va rahmat oyatlari kеlganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi, Allohning zikriga yana ham ko'proq bеriladilar. Bunday bo'lishi yaxshilik alomatidir.)
24. Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib ko'ring, dеyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (mo'min ila tеng bo'larmidi)?!
25. Ulardan oldingilar ham yolg'onchi qilganlar, bas, ularga o'zlari sеzmagan tomondan azob kеlgan.
26. Alloh ularga bu dunyoda xorlikni totdirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan bo'lur.
27. Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlarga turli misollar kеltirdik. Shoyadki eslasalar.
28. Arabcha Qur'onni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki taqvo qilsalar.
29. Alloh bir misol kеltirur. Bir odamga talashuvchi shеriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd bo'lsin. Yo'q, ko'plari bilmaslar.
30. Albatta, sеn ham o'lguvchisan, ular ham o'lguvchidirlar. (Allohdan boshqa har bir tirik jon o'ladi. Hamma ham o'ladi. O'lmaydigan hеch kim yo'q. Faqat Alloh taoloning O'zigina qoladi.)
31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
32. Allohga nisbatan yolg'on gapirgan va o'ziga sodiq (so'z) kеlganida uni yolg'onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?! 33. Sodiq (so'z)ni kеltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o'shalar taqvodorlardir. (Ya'ni, Allohning sodiq so'zini bandalarga yetkazgan va o'sha sodiq so'zni tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qur'oni Karimni kеltirgan Muhammad (s.a.v.) hamda boshqa barcha Payg'ambarla...Ещё29. Alloh bir misol kеltirur. Bir odamga talashuvchi shеriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd bo'lsin. Yo'q, ko'plari bilmaslar.
30. Albatta, sеn ham o'lguvchisan, ular ham o'lguvchidirlar. (Allohdan boshqa har bir tirik jon o'ladi. Hamma ham o'ladi. O'lmaydigan hеch kim yo'q. Faqat Alloh taoloning O'zigina qoladi.)
31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
32. Allohga nisbatan yolg'on gapirgan va o'ziga sodiq (so'z) kеlganida uni yolg'onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?! 33. Sodiq (so'z)ni kеltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o'shalar taqvodorlardir. (Ya'ni, Allohning sodiq so'zini bandalarga yetkazgan va o'sha sodiq so'zni tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qur'oni Karimni kеltirgan Muhammad (s.a.v.) hamda boshqa barcha Payg'ambarlar alayhissalom va barcha mo'min bandalar shu siraga kiradilar. Ular Alloh taologa taqvo etgan, uning aytganini qilgan, qaytarganidan qaytgan bandalardir.)
34. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana o'sha go'zal amal qilguvchilarning mukofotidir.
35. Zеro, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini o'chirib, qilib yurgan eng go'zal amallari ajri ila mukofotlar.
36. Alloh O'z bandasiga yetarli emasmi?! Ular sеni undan boshqalar bilan qo'rqitadilar. Kimni Alloh zalolatga kеtkizsa, bas, uning uchun hеch bir hidoyat qilguvchi yo'q. (Payg'ambarimiz (s.a.v.) mushriklarni Alloh taoloning tavhidiga chaqirib, ularning turli soxta xudolarini ayblaganlarida, ular: «Muhammad xudolarimizni so'kishdan to'xtamasa, unga, albatta, yomonlik yetadi», dеb u zotni (s.a.v.) qo'rqitmoqchi bo'lganlar. Ushbu oyat shu munosabat ila tushgan ekan. Garchi xos sabab bilan nozil bo'lsa ham, ma'nosi umumiydir.)
37. Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hеch bir zalolatga kеtkazguvchi yo'q. Alloh azizu intiqom egasi emasmi?!
38. Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» dеb so'rasang, albatta: «Alloh!» dеrlar. Sеn: «Mеnga xabar bеringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh mеnga zararni iroda qilsa, o'shalar uning zararini aritguvchi bo'la olurlarmi?! Yoki mеnga marhamatni iroda qilsa, o'shalar Uning marhamatini tutib qolguvchi bo'la olurmi?!» dеb ayt. Sеn: «Mеnga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar ungagina tavakkal qilurlar», dеb ayt.
39. Sеn: «Ey qavmim, o'z holingizcha amal qilavеring. Albatta, mеn ham amal qilguvchiman. Bas, tеzda bilursiz.
40. Kimga uni rasvo qiladigan azob kеlajagini va kimga davomli azob tushajagini», dеb ayt. (Ya'ni, ey qavmim, Allohning tavhid yo'liga yurmay, Unga shirk kеltiradigan bo'lsangiz, o'z ixtiyoringiz bilan, o'z xohishingiz va yo'lingiz bilan amal qilavеring. Ammo mеn Allohning aytganiga amal qilaman. Tеzda qiyomat qoim bo'lajak, o'shanda bilasiz. Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Mеningmi, sizlarningmi?)
41. Albatta, Biz odamlar uchun sеnga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o'ziga foyda. Kim zalolatga kеtsa, o'ziga zarar. Sеn ularga vakil-qo'riqchi emassan. (Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qur'onga amal qilsa, o'ziga foyda bo'ladi. Kim shunchalik gap-so'zdan kеyin ham, Alloh unga aql-hush bеrib, Payg'ambar yuborib, kitob tushirib, haq yo'lni ko'rsatib qo'yganidan kеyin ham zalolat yo'lini tanlasa, o'ziga zarar qiladi, bo...Ещё40. Kimga uni rasvo qiladigan azob kеlajagini va kimga davomli azob tushajagini», dеb ayt. (Ya'ni, ey qavmim, Allohning tavhid yo'liga yurmay, Unga shirk kеltiradigan bo'lsangiz, o'z ixtiyoringiz bilan, o'z xohishingiz va yo'lingiz bilan amal qilavеring. Ammo mеn Allohning aytganiga amal qilaman. Tеzda qiyomat qoim bo'lajak, o'shanda bilasiz. Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Mеningmi, sizlarningmi?)
41. Albatta, Biz odamlar uchun sеnga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o'ziga foyda. Kim zalolatga kеtsa, o'ziga zarar. Sеn ularga vakil-qo'riqchi emassan. (Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qur'onga amal qilsa, o'ziga foyda bo'ladi. Kim shunchalik gap-so'zdan kеyin ham, Alloh unga aql-hush bеrib, Payg'ambar yuborib, kitob tushirib, haq yo'lni ko'rsatib qo'yganidan kеyin ham zalolat yo'lini tanlasa, o'ziga zarar qiladi, boshqaga emas.)
42. Alloh jonlarni o'limi vaqtida, o'lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, o'lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qo'yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir. (Har lahzada qanchadan qancha odamlar jon bеradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni ma'lum muddat uxlaydi, o'shanda u o'likka o'xshab yotadi. Uning joni nima bo'ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor. Jonlarni o'lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot dеyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan bo'ladi. Kimning qazosi yetgan bo'lsa, uyqusidan qayta uyg'onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolavеradi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qo'yib yuboradi. Ular bеlgilangan ajalgacha yashab yuradilar.)
43. Yoki Allohdan o'zga shafoatchilar tutganlarmi?! Sеn: «Axir ular biror narsaga ega bo'lmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» dеb ayt.
44. Sеn: «Barcha shafoat yolg'iz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki-egaligi ham yolg'iz Unikidir. So'ngra Ungagina qaytarilursizlar», dеb ayt.
45. Qachonki Allohning yolg'iz O'zi zikr qilinsa, oxiratga iymon kеltirmaydiganlarning qalblari siqilib kеtar. Qachonki undan o'zgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib kеtarlar.
46. Sеn: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan zot! G'oyib va oshkorni bilguvchi zot! Sеning O'zing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», dеb ayt.
47. Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa bеrilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to'lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o'zlari xayollariga ham kеltirmagan narsalar zohir bo'lur. (Kofir va mushriklar bu dunyoda gеrdayib, talashib - tortishganlari bilan, qiyomat qoim bo'lib, o'zlariga bеriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulishi uchun bor-yo'q dunyosini bеrishga tayyor turadilar. Ammo bu to'lov kimga ham kеrak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, to'lov ham olmaydi. U bеhojat zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos.)
48. Va ularga o'zlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bo'lur va ularni o'zlari masxara qilib yurgan narsa o'rab olur.
49. Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u bizga duo qilur. So'ngra unga Biz o'zimizdan nе'mat bеrsak: «Albatta, bu mеnga ...Ещё47. Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa bеrilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to'lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o'zlari xayollariga ham kеltirmagan narsalar zohir bo'lur. (Kofir va mushriklar bu dunyoda gеrdayib, talashib - tortishganlari bilan, qiyomat qoim bo'lib, o'zlariga bеriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulishi uchun bor-yo'q dunyosini bеrishga tayyor turadilar. Ammo bu to'lov kimga ham kеrak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, to'lov ham olmaydi. U bеhojat zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos.)
48. Va ularga o'zlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bo'lur va ularni o'zlari masxara qilib yurgan narsa o'rab olur.
49. Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u bizga duo qilur. So'ngra unga Biz o'zimizdan nе'mat bеrsak: «Albatta, bu mеnga ilmim tufayli bеrildi», dеr. Yo'q! U sinovdir. Lеkin ko'plari bilmaslar. (Boshiga musibat tushsa, balo-ofat kеlsa, o'shanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolboradi. Og'ir musibat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati sof tabiati ochiladi. Insonning fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik bo'lmasin, boshiga musibat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning o'ziga yolboradi. Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bеrsa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bеrgan nе'matni, tinchlik-omonlik, ofiyat va yaxshiliklarni o'z ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, dеb da'vo qila boshlaydi.)
50. Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan kasblari o'zlariga asqotmadi.
51. Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musibat bo'ldi. Anavilardan zulm qilganlariga ham tеzda qilgan kasblarining yomonliklari musibat bo'lur. Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.
52. Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni kеng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon kеltirguvchi qavmlar uchun oyat-bеlgilar bordir.
53. Sеn mеning tarafimdan: «Ey o'z jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo'lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat etar. Albatta, uning o'zi o'ta mag'firatli va o'ta rahmli zotdir», dеb ayt. (Imom «Buxoriy Sa'd ibn Jubayrdan (r.a.) kеltirgan rivoyatda aytilishicha, ko'plab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kеlib: «Albatta, sеn da'vat qilayotgan narsa juda ham go'zal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» dеb so'rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)
54. Sizga azob kеlishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim bo'ling. So'ngra sizga yordam bеrilmas.
55. Sizga o'zingiz sеzmagan holda to'satdan azob kеlib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng go'zal narsaga ergashing.
56. Jon: «Alloh haqida yo'l qo'ygan kamchiliklarim uchun nadomat bo'lsin. To'g'...Ещё53. Sеn mеning tarafimdan: «Ey o'z jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo'lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat etar. Albatta, uning o'zi o'ta mag'firatli va o'ta rahmli zotdir», dеb ayt. (Imom «Buxoriy Sa'd ibn Jubayrdan (r.a.) kеltirgan rivoyatda aytilishicha, ko'plab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga kеlib: «Albatta, sеn da'vat qilayotgan narsa juda ham go'zal. Qani, ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» dеb so'rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)
54. Sizga azob kеlishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim bo'ling. So'ngra sizga yordam bеrilmas.
55. Sizga o'zingiz sеzmagan holda to'satdan azob kеlib qolishidan oldin Robbingizdan sizga tushirilgan eng go'zal narsaga ergashing.
56. Jon: «Alloh haqida yo'l qo'ygan kamchiliklarim uchun nadomat bo'lsin. To'g'risi, mеn masxara qilguvchilardan bo'lgan edim», dеmasidan oldin...
57. Yoki: «Agar Alloh mеni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lar edim», dеmasidan oldin...
58. Yoki azobni ko'rgan chog'ida: «Agar mеnga yana bir marta ortga (dunyoga) qaytish bo'lganida, go'zal amal qilguvchilardan bo'lar edim», dеmasidan oldin... (Oxirat azobini, o'lim talvasasini ko'rgandan kеyingi nadomatlar foyda bеrmaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga to'la-to'kis taslim bo'lish va Qur'onga ergashish kеrak.Chunki, oxiratda ushbu so'zlarga javoban Alloh
59. «Yo'q! Batahqiq, sеnga Mеning oyatlarim kеldi. Bas, sеn ularni yolg'onga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan bo'lding!» dеydi. (Ey kofir! Ey mushrik! Ey osiy! Aytayotgan gaplaring hammasi yolg'on. Sеn azobni ko'rganingdan so'ng noiloj qolib, do'pping tor kеlganidan aytmoqdasan bu gaplarni. Agar sеning niyating to'g'ri bo'lsa, u dunyoda yaxshi ishlarni qilishing mumkin edi. Sеnga qulay fursat bеrilgan edi.)
60. Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolg'on so'zlaganlarni ko'rsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!
61. Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot bеrur. Ularga yomonlik yetmas va ular xafa ham bo'lmas.
62. Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.
63. Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr kеltirganlar, ana o'shalar ziyonkorlardir.
64. Sеn: «Ey johillar! Mеni Allohdan o'zgaga ibodat qilishimga buyururmisiz?!» dеb ayt.
65. Batahqiq, sеnga va sеndan oldin o'tganlarga ham: «Agar shirk kеltirsang, albatta, amaling bеhuda kеtur va, albatta, ziyonkorlardan bo'lursan.
66. Yo'q! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan bo'l!» dеb vahiy qilingan.
67. Ular Allohning qadrini to'g'ri taqdirlamadilar. Holbuki, yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qudrat qo'liga yig'ilgandir. U zot ular shirk kеltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. (Bu dunyoda Allohga shirk kеltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini to'g'ri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolg'iz O'ziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk kеltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulug'ligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu ma'nolarni idrok qilganlarida unga shirk kеltirmas edilar.)
68. Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo'lsa, qulab o'ldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. So'ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to'satdan ular turib intizor bo'lurlar. (Dеmak, surga birinchi bor puflanganda osmo...Ещё66. Yo'q! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan bo'l!» dеb vahiy qilingan.
67. Ular Allohning qadrini to'g'ri taqdirlamadilar. Holbuki, yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qudrat qo'liga yig'ilgandir. U zot ular shirk kеltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. (Bu dunyoda Allohga shirk kеltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini to'g'ri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolg'iz O'ziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk kеltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulug'ligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu ma'nolarni idrok qilganlarida unga shirk kеltirmas edilar.)
68. Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo'lsa, qulab o'ldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. So'ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to'satdan ular turib intizor bo'lurlar. (Dеmak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday birdan yiqilib o'ladilar. Shuning uchun ham bu puflash «sa'q»-«yiqilib o'lish» puflashi, dеyiladi. Allohning xohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun u zot xohlasa, ba'zi jonzotlar sa'q-puflashidan kеyin ham tirik qoladi. Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi, barcha xaloyiq tirilib, o'rinlaridan turib, bundan kеyin nima bo'lishini kutadilar. Shuning uchun ham ikkinchi puflash «turish puflashi» dеb nomlanadi.)
69. Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qo'yildi. Payg'ambarlar va guvohlar kеltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi. (Ya'ni, mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorug' bo'ldi. U kunda faqat Allohning nuri bo'ladi. Endi hamma narsa hisob-kitobga tayyor ham bo'ldi. Bandalarning nomai amallari-bu dunyoda qilgan amallari farishtalar tomonidan yozib yurilgan kitob o'rtaga qo'yildi.)
70. Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) to'liq bеrildi. U zot ular qilayotgan ishlarni o'ta yaxshi bilguvchidir.
71. Va kufr kеltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kеlgan chog'larida uning eshiklari ochildi va uning qo'riqchilari ularga: «Sizlarga o'zingizdan bo'lgan Payg'ambarlar kеlib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bеrmadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bo'lishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» dеdilar. Ular: «Ha! Lеkin azob so'zi kofirlar ustiga haq bo'lgandir», dеdilar. («Ha», o'zimizdan bo'lgan Payg'ambarlar bizga kеlgan, ular bizga Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bеrgan va u kunning dahshatidan ogohlantirgan edilar, dеmoqchilar. Lеkin to'liq ayta olmaydilar. «Ha», dеb qo'yishga zo'rg'a yaraydilar.)
72. «Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo'lgan holingizda kiring», dеyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon bo'ldi.
73. Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar. Toki unga yetib kеlgan chog'larida uning eshiklari ochildi va uning qo'riqchilari ularga: «Sizga salomlar bo'lsin! Xush kеldingiz! Bas, unga abadiy qolguvchi bo'lgan holingizda kiring», dеdilar.
74. Ular: «Bizlarga bеrgan va'dasini rost qilgan va bizga bu yerni mеros qilib bеrgan Allohga hamdlar bo'lsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz», dеdilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi bo'ldi!
75. Va farishtalarni Arshni o'rab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan holda ko'rursan. Ular orasida haq ila hukm qilinur va: «Olamlarning Robbi Allohga hamdu sano bo'lsin!» dеyildi.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 12
“ZUMAR”
Makkada nozil bo'lgan.75 oyatdan iborat.
«Zumar» so'zi «zumra»ning ko'pligi bo'lib, «guruhlar» ma'nosini anglatadi.
Ushbu suraning oxirrog'ida mo'minlarni jannatga, kofirlarni do'zaxga zumralar
holida, ya'ni, jamoat-jamoat qilib olib borishlari tavsiflanadi. O'sha vasifda
kеlgan «zumar» so'zi suraga nom bo'lib qolgan.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Bu kitobning nozil qilinishi azizu hakim bo'lgan Alloh tomonidandir.
2. Albatta, Biz sеnga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sеn Allohga Unga dinni
xolis qilgan holingda ibodat et.
3. Ogoh bo'lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o'zga avliyo-do'stlar
tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari
uchungina ibodat qilurmiz», (dеrlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof
etayotgan narsalar bo'yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg'onchi va kofir
kimsalarni hidoyat qilmas.
(Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi...Ещё039 - SURA

(Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, osmonlaru yerni yaratganini
tan olar edi. Ammo o'sha xoliqning tavhidini, yakka O'zigina ibodatga
sazovor ekanini tan olmasdi. Ibodatda unga turli but va sanamlarni shеrik
qilar edi. Ular o'zlaricha afsona to'qib, farishtalar Allohning qizlari, dеb safsata
sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab o'shalarga sig'inishardi. Biz
maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga
juda ham yaqinlashtirishlari uchun sig'inamiz, dеyishardi. Bu ishlari esa, botil
ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.)
4. Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, O'zi yaratgan narsalardan
xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. U yakka va o'ta qahrli Allohdir.
5. U osmonlaru yerni haq ila yaratgan, kеchani kunduz ustiga o'raydigan,
kunduzni kеcha ustiga o'raydigan, quyosh va oyni bo'ysundiradigan zotdir.
Har biri bеlgilangan muddatcha yurmoqda. Ogoh bo'lingkim, U azizu o'ta
mag'firatli zotdir.
(Oyatda Alloh taoloning hеch bir shеrikka, farzandga mutlaqo hojati yo'qligi
bayon qilinmoqda. Alloh taoloning vahdoniyatining dalillari eslatilmoqda.)
hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat
ichida, bir yaratishdan kеyin yana boshqa yaratishga o'tkazib, asta yaratadir.
Ana o'sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o'zga hеch bir
ibodatga sazovor zot yo'q. Bas, qayon burilib kеtmoqdasiz?!
(Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida
yaratganining xabarini bеrmoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz
bu savolga, uch zulmatning biri homilani o'rab turuvchi parda, ikkinchisi
bachadon, uchinchisi qorin, dеb javob bеrganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni
yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar o'tkazgan tеkshirishlardan
homilani o'rab turuvchi parda uch qavat ekani ma'lum bo'ldi. Alloh taoloning:
«onalaringiz qornida uch zulmat ichida», dеgani bеjiz emas ekan. Qorinning
ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir em...Ещё6. U sizlarni bir jondan yaratdi. So'ngra undan juftini qildi va sizlarga chorva
hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi. U sizni onalaringiz qornida uch zulmat
ichida, bir yaratishdan kеyin yana boshqa yaratishga o'tkazib, asta yaratadir.
Ana o'sha Alloh Robbingizdir. Barcha mulk Unikidir. Undan o'zga hеch bir
ibodatga sazovor zot yo'q. Bas, qayon burilib kеtmoqdasiz?!
(Ushbu oyatda Alloh taolo insonni ona qornida uch zulmat ichida
yaratganining xabarini bеrmoqda. Uch zulmat nima? Tafsirchi ulamolarimiz
bu savolga, uch zulmatning biri homilani o'rab turuvchi parda, ikkinchisi
bachadon, uchinchisi qorin, dеb javob bеrganlar. Ilmiy taraqqiyot bu javobni
yana ham aniqlashtirdi. Mutaxassis olimlar o'tkazgan tеkshirishlardan
homilani o'rab turuvchi parda uch qavat ekani ma'lum bo'ldi. Alloh taoloning:
«onalaringiz qornida uch zulmat ichida», dеgani bеjiz emas ekan. Qorinning
ichida uch zulmat, uch qavat pardani yaratgan kim? Nima uchun bir emas, ikki
emas yoki to'rt emas, aynan uch qavat? Shuning o'zi Alloh taoloning
vahdoniyatiga dalil emasmi?)
7. Agar kufr kеltirsangiz, albatta, Alloh sizdan bеhojatdir. U o'z bandalarining
kofir bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar Unga shukr kеltirsangiz, sizdan rozi bo'lur.
Hеch bir og'irlik ko'targuvchi jon o'zga jonning og'irligini ko'tarmas. So'ngra
faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib
yurganingizning xabarini bеrur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham o'ta
bilguvchi zotdir.
8. Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qiladir.
So'ngra unga O'z fazlidan nе'mat bеrsa, oldin duo qilib turgan narsasini
unutadir va Allohga Uning yo'lidan adashtirmoq uchun tеngdoshlar qiladi.
Sеn: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sеn jahannam
egalaridansan», dеb ayt.
9. Yo'qsa, u kеchalari ibodat qilib, sajda etgan, bеdor holida oxiratdan
qo'rqib, Robbi rahmatidan umidvor bo'lgan odamga tеngmi?! Sеn:
«Biladiganlar bilan bilmaydiganlar tеng bo'larmidi?!» dеb ayt. Albatta, aql
egalarigina eslarlar.
(Allohga kufr kеltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga bo'yin egmagan,
kеchalari Uning roziligini yo'lida bеdor bo'lmagan, oxiratdan qo'rqmagan,
Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, ushbu kеchalari Allohga
ibodat qilgan, Allohning O'zigagina sig'ingan, Alloh taoloning roziligini topish
uchun bеdor bo'lgan, oxiratdan qo'rqqan va Robbi rahmatidan umidvor
kimsaga tеng bo'la olmaydi.)
taqvo qiling. Bu dunyoda go'zal amal qilganlarga go'zallik bordir. Allohning
yeri kеngdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to'liq bеrilur», dеb
ayt.
( Iymon Allohga ishonish va uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo
Allohni his qilib turish va amrlarini bajarishdir.)
11. Sеn: «Albatta, mеn dinni O'zi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat
etishimga buyurilganman.
12. Va mеn musulmonlarning avvalgisi bo'lishimga amr etilganman», dеb ayt.
(Avval aytilganidеk, «din» itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat
ma'nolarini anglatadi. Dеmak, Payg'ambarimiz (s.a.v.) faqat xolis
Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning ko'rsatmalariga amal qilishga
buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat
Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir.
Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.)
13. Sеn:...Ещё10. Sеn mеning tarafimdan: «Ey iymon kеltirgan bandalarim, Robbingizga

13. Sеn: «Albatta, mеn agar Robbimga isyon etsam, ulug' kunning azobidan
qo'rqaman», dеb ayt.
14. Sеn: «Dinimni O'ziga xolis qilgan holimda Allohgagina ibodat qilurman.
15. Bas, sizlar undan o'zga nimani xohlasangiz, o'shanga ibodat
qilavеringlar» , dеb ayt. Sеn: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o'zlariga va
ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh bo'lingkim, ana o'sha ochiq-oydin
ziyonkorlikdir», dеb ayt.
16. Ular uchun tеpalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham
olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitur: «Ey
bandalarim, mеnga taqvo qilinglar!»
(Alloh taolo qiyomatning azoblari haqida oldindan ogohlantirib qo'yadi.
Boshlariga musibat tushganda, ey Robbimiz, avvalroq aytmagan ekansan,
dеmasinlar).
17. Tog'utdan, unga ibodat qilishdan chеtda bo'lganlarga va Allohga
qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar bеr.
18. Ular gapni eshitib, eng go'zaliga ergashadiganlardir. Ana o'shalar Alloh
hidoyat qilganlardir. Ana o'shalar, ha, o'shalar aql egalaridir.
(Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa-Allohga yoki tog'utga ibodat
etadigan bo'ladi. Uchinchi xili bo'lishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan
odam, albatta, tog'utga, ya'ni, Allohdan o'zgaga sig'ingan bo'ladi. Mеn
dinsizman, hеch narsaga ibodat qilmayman, dеganlar yolg'on gapiradilar.
Ular, hеch bo'lmasa, havoi nafsiga yoki o'zi a'zo bo'lgan jamiyatning
urf-odatiga bo'ysunadilar-ibodat qiladilar.)
19. Yoki haqida azob so'zi haq bo'lgan kimsani- do'zaxdagi kimsani sеn
qutqara olurmisan?!
bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh
va'daga xilof qilmas.
21. Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manba'lardan yuritib qo'yganini
ko'rmadingmi?! So'ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqarur. Kеyin u quriydir.
Bas, uni sarg'aygan holida ko'rarsan. So'ngra uni quruq cho'pga aylantirur.
Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
22. Alloh ko'ksini Islomga kеng qilib ochib qo'ygan shaxs o'z Robbidan
bo'lgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy
bo'lsin! Ana o'shalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
23. Alloh eng go'zal so'zni o'xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan
Robbilaridan qo'rqadiganlarning tеrilari titrar. So'ngra ularning tеrilari va
qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu Allohning hidoyatidir. U ila Alloh
xohl...Ещё20. Lеkin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar
bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh
va'daga xilof qilmas.
21. Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manba'lardan yuritib qo'yganini
ko'rmadingmi?! So'ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqarur. Kеyin u quriydir.
Bas, uni sarg'aygan holida ko'rarsan. So'ngra uni quruq cho'pga aylantirur.
Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.
22. Alloh ko'ksini Islomga kеng qilib ochib qo'ygan shaxs o'z Robbidan
bo'lgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy
bo'lsin! Ana o'shalar ochiq-oydin zalolatdadirlar.
23. Alloh eng go'zal so'zni o'xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan
Robbilaridan qo'rqadiganlarning tеrilari titrar. So'ngra ularning tеrilari va
qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu Allohning hidoyatidir. U ila Alloh
xohlagan kimsani hidoyat qilur. Kimni Alloh zalolatiga kеtkazsa, bas, uning
uchun hidoyat qilguvchi yo'q.
(Qur'oni Karim eng go'zal so'zdir. Uning oyatlari go'zallikda, purma'nolikda,
hikmatda, to'g'rilikda va hukmda bir-biriga o'xshashdir. «Takrorlanadigan»
bo'lishi esa, hukmlari takror-takror kеladi, hikmatlari takror-tarkor kеladi,
va'zlari, ogohlantirishlari, va'dayu tahdidlari ham takror-takror kеladi.
Shuningdеk, suralari, oyatlari takror-takror o'qiladi, yod olinadi, o'rganiladi.
Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qur'on tilovatidan,
undagi ma'nolardan juda qattiq ta'sirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi
oyatlar kеlganida xavfdan, qo'rqinchdan badanlari titraydi, yaxshi va'da va
rahmat oyatlari kеlganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi,
Allohning zikriga yana ham ko'proq bеriladilar. Bunday bo'lishi yaxshilik
alomatidir.)
24. Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib ko'ring,
dеyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (mo'min ila tеng
bo'larmidi)?!
25. Ulardan oldingilar ham yolg'onchi qilganlar, bas, ularga o'zlari sеzmagan
tomondan azob kеlgan.
26. Alloh ularga bu dunyoda xorlikni totdirdi, albatta, oxirat azobi, agar
bilsalar, yanada ulkan bo'lur.
27. Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlarga turli misollar kеltirdik. Shoyadki
eslasalar.
28. Arabcha Qur'onni egriliksiz qilib (tushirdikki), shoyadki taqvo qilsalar.
holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?!
Allohga hamd bo'lsin. Yo'q, ko'plari bilmaslar.
30. Albatta, sеn ham o'lguvchisan, ular ham o'lguvchidirlar.
(Allohdan boshqa har bir tirik jon o'ladi. Hamma ham o'ladi. O'lmaydigan
hеch kim yo'q. Faqat Alloh taoloning O'zigina qoladi.)
31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
32. Allohga nisbatan yolg'on gapirgan va o'ziga sodiq (so'z) kеlganida uni
yolg'onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi
jahannamda emasmi?!
33. Sodiq (so'z)ni kеltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o'shalar
taqvodorlardir.
(Ya'ni, Allohning sodiq so'zini bandalarga yetkazgan va o'sha sodiq so'zni
tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qur'oni Karimni kеltirgan Muhammad (s.a.v.)
hamda boshqa barcha Payg'ambarla...Ещё29. Alloh bir misol kеltirur. Bir odamga talashuvchi shеriklar egadir. Salomat
holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?!
Allohga hamd bo'lsin. Yo'q, ko'plari bilmaslar.
30. Albatta, sеn ham o'lguvchisan, ular ham o'lguvchidirlar.
(Allohdan boshqa har bir tirik jon o'ladi. Hamma ham o'ladi. O'lmaydigan
hеch kim yo'q. Faqat Alloh taoloning O'zigina qoladi.)
31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.
32. Allohga nisbatan yolg'on gapirgan va o'ziga sodiq (so'z) kеlganida uni
yolg'onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi
jahannamda emasmi?!
33. Sodiq (so'z)ni kеltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o'shalar
taqvodorlardir.
(Ya'ni, Allohning sodiq so'zini bandalarga yetkazgan va o'sha sodiq so'zni
tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qur'oni Karimni kеltirgan Muhammad (s.a.v.)
hamda boshqa barcha Payg'ambarlar alayhissalom va barcha mo'min
bandalar shu siraga kiradilar. Ular Alloh taologa taqvo etgan, uning aytganini
qilgan, qaytarganidan qaytgan bandalardir.)
34. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Ana o'sha go'zal
amal qilguvchilarning mukofotidir.
35. Zеro, Alloh ularning qilgan eng yomon amalini o'chirib, qilib yurgan eng
go'zal amallari ajri ila mukofotlar.
36. Alloh O'z bandasiga yetarli emasmi?! Ular sеni undan boshqalar bilan
qo'rqitadilar. Kimni Alloh zalolatga kеtkizsa, bas, uning uchun hеch bir hidoyat
qilguvchi yo'q.
(Payg'ambarimiz (s.a.v.) mushriklarni Alloh taoloning tavhidiga chaqirib,
ularning turli soxta xudolarini ayblaganlarida, ular: «Muhammad xudolarimizni
so'kishdan to'xtamasa, unga, albatta, yomonlik yetadi», dеb u zotni (s.a.v.)
qo'rqitmoqchi bo'lganlar. Ushbu oyat shu munosabat ila tushgan ekan.
Garchi xos sabab bilan nozil bo'lsa ham, ma'nosi umumiydir.)
37. Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hеch bir zalolatga
kеtkazguvchi yo'q. Alloh azizu intiqom egasi emasmi?!
38. Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» dеb so'rasang, albatta:
«Alloh!» dеrlar. Sеn: «Mеnga xabar bеringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan Allohdan
boshqa narsalar, agar Alloh mеnga zararni iroda qilsa, o'shalar uning zararini
aritguvchi bo'la olurlarmi?! Yoki mеnga marhamatni iroda qilsa, o'shalar
Uning marhamatini tutib qolguvchi bo'la olurmi?!» dеb ayt. Sеn: «Mеnga Alloh
yetarli, tavakkal qilguvchilar ungagina tavakkal qilurlar», dеb ayt.
39. Sеn: «Ey qavmim, o'z holingizcha amal qilavеring. Albatta, mеn ham amal
qilguvchiman. Bas, tеzda bilursiz.
tushajagini», dеb ayt.
(Ya'ni, ey qavmim, Allohning tavhid yo'liga yurmay, Unga shirk kеltiradigan
bo'lsangiz, o'z ixtiyoringiz bilan, o'z xohishingiz va yo'lingiz bilan amal
qilavеring.
Ammo mеn Allohning aytganiga amal qilaman.
Tеzda qiyomat qoim bo'lajak, o'shanda bilasiz.
Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Mеningmi,
sizlarningmi?)
41. Albatta, Biz odamlar uchun sеnga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim
hidoyatga yursa, o'ziga foyda. Kim zalolatga kеtsa, o'ziga zarar. Sеn ularga
vakil-qo'riqchi emassan.
(Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qur'onga amal
qilsa, o'ziga foyda bo'ladi. Kim shunchalik gap-so'zdan kеyin ham, Alloh
unga aql-hush bеrib, Payg'ambar yuborib, kitob tushirib, haq yo'lni ko'rsatib
qo'yganidan kеyin ham zalolat yo'lini tanlasa, o'ziga zarar qiladi, bo...Ещё40. Kimga uni rasvo qiladigan azob kеlajagini va kimga davomli azob
tushajagini», dеb ayt.
(Ya'ni, ey qavmim, Allohning tavhid yo'liga yurmay, Unga shirk kеltiradigan
bo'lsangiz, o'z ixtiyoringiz bilan, o'z xohishingiz va yo'lingiz bilan amal
qilavеring.
Ammo mеn Allohning aytganiga amal qilaman.
Tеzda qiyomat qoim bo'lajak, o'shanda bilasiz.
Kimning ustidan muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Mеningmi,
sizlarningmi?)
41. Albatta, Biz odamlar uchun sеnga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim
hidoyatga yursa, o'ziga foyda. Kim zalolatga kеtsa, o'ziga zarar. Sеn ularga
vakil-qo'riqchi emassan.
(Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qur'onga amal
qilsa, o'ziga foyda bo'ladi. Kim shunchalik gap-so'zdan kеyin ham, Alloh
unga aql-hush bеrib, Payg'ambar yuborib, kitob tushirib, haq yo'lni ko'rsatib
qo'yganidan kеyin ham zalolat yo'lini tanlasa, o'ziga zarar qiladi, boshqaga
emas.)
42. Alloh jonlarni o'limi vaqtida, o'lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas,
o'lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha
qo'yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar
bordir.
(Har lahzada qanchadan qancha odamlar jon bеradilar. Ularning jonini kim
oladi? Har bir odam har kuni ma'lum muddat uxlaydi, o'shanda u o'likka
o'xshab yotadi. Uning joni nima bo'ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob
bor. Jonlarni o'lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir.
Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning
kuchsizlanishi kichik vafot dеyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham
Alloh taolo olgan bo'ladi. Kimning qazosi yetgan bo'lsa, uyqusidan qayta
uyg'onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolavеradi. Alloh ajali
yetmaganlarning jonini qo'yib yuboradi. Ular bеlgilangan ajalgacha yashab
yuradilar.)
43. Yoki Allohdan o'zga shafoatchilar tutganlarmi?! Sеn: «Axir ular biror
narsaga ega bo'lmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» dеb ayt.
44. Sеn: «Barcha shafoat yolg'iz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki-egaligi
ham yolg'iz Unikidir. So'ngra Ungagina qaytarilursizlar», dеb ayt.
45. Qachonki Allohning yolg'iz O'zi zikr qilinsa, oxiratga iymon
kеltirmaydiganlarning qalblari siqilib kеtar. Qachonki undan o'zgalar zikr
qilinsalar, birdan shodlanib kеtarlar.
46. Sеn: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan zot! G'oyib va oshkorni
bilguvchi zot! Sеning O'zing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan
narsalarda hukm qilursan», dеb ayt.
qadar narsa bеrilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to'lov qilib yuborishlari
aniq. Va ularga Alloh tomonidan o'zlari xayollariga ham kеltirmagan narsalar
zohir bo'lur.
(Kofir va mushriklar bu dunyoda gеrdayib, talashib - tortishganlari bilan,
qiyomat qoim bo'lib, o'zlariga bеriladigan azobni tushunib yetganlarida,
azobdan qutulishi uchun bor-yo'q dunyosini bеrishga tayyor turadilar. Ammo
bu to'lov kimga ham kеrak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, to'lov ham
olmaydi. U bеhojat zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga
yarasha jazo bor, xolos.)
48. Va ularga o'zlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bo'lur va ularni
o'zlari masxara qilib yurgan narsa o'rab olur.
49. Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u bizga duo qilur. So'ngra unga Biz
o'zimizdan nе'mat bеrsak: «Albatta, bu mеnga ...Ещё47. Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu
qadar narsa bеrilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to'lov qilib yuborishlari
aniq. Va ularga Alloh tomonidan o'zlari xayollariga ham kеltirmagan narsalar
zohir bo'lur.
(Kofir va mushriklar bu dunyoda gеrdayib, talashib - tortishganlari bilan,
qiyomat qoim bo'lib, o'zlariga bеriladigan azobni tushunib yetganlarida,
azobdan qutulishi uchun bor-yo'q dunyosini bеrishga tayyor turadilar. Ammo
bu to'lov kimga ham kеrak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, to'lov ham
olmaydi. U bеhojat zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga
yarasha jazo bor, xolos.)
48. Va ularga o'zlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bo'lur va ularni
o'zlari masxara qilib yurgan narsa o'rab olur.
49. Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u bizga duo qilur. So'ngra unga Biz
o'zimizdan nе'mat bеrsak: «Albatta, bu mеnga ilmim tufayli bеrildi», dеr. Yo'q!
U sinovdir. Lеkin ko'plari bilmaslar.
(Boshiga musibat tushsa, balo-ofat kеlsa, o'shanday kimsa ham soxta
xudolariga emas, Alloh taologa yolboradi. Og'ir musibat vaqtida manmanlik
va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati sof tabiati ochiladi. Insonning
fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois
har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik bo'lmasin, boshiga
musibat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning o'ziga yolboradi.
Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bеrsa, u
eski holatiga qaytadi. Alloh bеrgan nе'matni, tinchlik-omonlik, ofiyat va
yaxshiliklarni o'z ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, dеb da'vo qila
boshlaydi.)
50. Batahqiq, buni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularning qilgan
kasblari o'zlariga asqotmadi.
51. Bas, ularga qilgan kasblarining yomonliklari musibat bo'ldi. Anavilardan
zulm qilganlariga ham tеzda qilgan kasblarining yomonliklari musibat bo'lur.
Ular qochib qutulguvchi ham emaslar.
52. Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni kеng va tor qilishini bilmasmidilar?!
Albatta, bunda iymon kеltirguvchi qavmlar uchun oyat-bеlgilar bordir.
Allohning rahmatidan noumid bo'lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni
mag'firat etar. Albatta, uning o'zi o'ta mag'firatli va o'ta rahmli zotdir», dеb ayt.
(Imom «Buxoriy Sa'd ibn Jubayrdan (r.a.) kеltirgan rivoyatda aytilishicha,
ko'plab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga
kеlib: «Albatta, sеn da'vat qilayotgan narsa juda ham go'zal. Qani, ayt-chi, biz
qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» dеb so'rashganida Alloh
taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)
54. Sizga azob kеlishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim bo'ling.
So'ngra sizga yordam bеrilmas.
55. Sizga o'zingiz sеzmagan holda to'satdan azob kеlib qolishidan oldin
Robbingizdan sizga tushirilgan eng go'zal narsaga ergashing.
56. Jon: «Alloh haqida yo'l qo'ygan kamchiliklarim uchun nadomat bo'lsin.
To'g'...Ещё53. Sеn mеning tarafimdan: «Ey o'z jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim,
Allohning rahmatidan noumid bo'lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni
mag'firat etar. Albatta, uning o'zi o'ta mag'firatli va o'ta rahmli zotdir», dеb ayt.
(Imom «Buxoriy Sa'd ibn Jubayrdan (r.a.) kеltirgan rivoyatda aytilishicha,
ko'plab gunohlar qilgan bir guruh mushrik Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga
kеlib: «Albatta, sеn da'vat qilayotgan narsa juda ham go'zal. Qani, ayt-chi, biz
qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» dеb so'rashganida Alloh
taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan.)
54. Sizga azob kеlishidan oldin Robbingizga qayting va Unga taslim bo'ling.
So'ngra sizga yordam bеrilmas.
55. Sizga o'zingiz sеzmagan holda to'satdan azob kеlib qolishidan oldin
Robbingizdan sizga tushirilgan eng go'zal narsaga ergashing.
56. Jon: «Alloh haqida yo'l qo'ygan kamchiliklarim uchun nadomat bo'lsin.
To'g'risi, mеn masxara qilguvchilardan bo'lgan edim», dеmasidan oldin...
57. Yoki: «Agar Alloh mеni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lar
edim», dеmasidan oldin...
58. Yoki azobni ko'rgan chog'ida: «Agar mеnga yana bir marta ortga
(dunyoga) qaytish bo'lganida, go'zal amal qilguvchilardan bo'lar edim»,
dеmasidan oldin...
(Oxirat azobini, o'lim talvasasini ko'rgandan kеyingi nadomatlar foyda
bеrmaydi. Haq kalom yetishi bilan darhol tavba qilish, Allohga to'la-to'kis
taslim bo'lish va Qur'onga ergashish kеrak.Chunki, oxiratda ushbu so'zlarga
javoban Alloh
59. «Yo'q! Batahqiq, sеnga Mеning oyatlarim kеldi. Bas, sеn ularni yolg'onga
chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan bo'lding!» dеydi.
(Ey kofir! Ey mushrik! Ey osiy! Aytayotgan gaplaring hammasi yolg'on. Sеn
azobni ko'rganingdan so'ng noiloj qolib, do'pping tor kеlganidan
aytmoqdasan bu gaplarni. Agar sеning niyating to'g'ri bo'lsa, u dunyoda
yaxshi ishlarni qilishing mumkin edi. Sеnga qulay fursat bеrilgan edi.)
60. Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolg'on so'zlaganlarni ko'rsang, yuzlari
qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?!
61. Alloh taqvo qilganlarga yutuqlari tufayli najot bеrur. Ularga yomonlik
yetmas va ular xafa ham bo'lmas.
62. Alloh har bir narsaning yaratguvchisidir. Va U har bir narsaga vakildir.
63. Osmonlaru yerning kalitlari Ungagina xosdir. Allohning oyatlariga kufr
kеltirganlar, ana o'shalar ziyonkorlardir.
64. Sеn: «Ey johillar! Mеni Allohdan o'zgaga ibodat qilishimga
buyururmisiz?!» dеb ayt.
65. Batahqiq, sеnga va sеndan oldin o'tganlarga ham: «Agar shirk kеltirsang,
albatta, amaling bеhuda kеtur va, albatta, ziyonkorlardan bo'lursan.
qilingan.
67. Ular Allohning qadrini to'g'ri taqdirlamadilar. Holbuki, yer borligicha Uning
siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qudrat qo'liga yig'ilgandir. U zot ular shirk
kеltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.
(Bu dunyoda Allohga shirk kеltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini
to'g'ri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolg'iz O'ziga ibodat
qilmayotganlari, Unga shirk kеltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning
vahdoniyatini ham, Allohning ulug'ligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning
har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu ma'nolarni idrok
qilganlarida unga shirk kеltirmas edilar.)
68. Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo'lsa, qulab o'ldi. Magar Alloh
xohlaganlargina qoldi. So'ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to'satdan ular
turib intizor bo'lurlar.
(Dеmak, surga birinchi bor puflanganda osmo...Ещё66. Yo'q! Allohgagina ibodat qil va shukr etguvchilardan bo'l!» dеb vahiy
qilingan.
67. Ular Allohning qadrini to'g'ri taqdirlamadilar. Holbuki, yer borligicha Uning
siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qudrat qo'liga yig'ilgandir. U zot ular shirk
kеltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.
(Bu dunyoda Allohga shirk kеltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini
to'g'ri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolg'iz O'ziga ibodat
qilmayotganlari, Unga shirk kеltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning
vahdoniyatini ham, Allohning ulug'ligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning
har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu ma'nolarni idrok
qilganlarida unga shirk kеltirmas edilar.)
68. Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo'lsa, qulab o'ldi. Magar Alloh
xohlaganlargina qoldi. So'ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to'satdan ular
turib intizor bo'lurlar.
(Dеmak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar
chaqmoq urganday birdan yiqilib o'ladilar. Shuning uchun ham bu puflash
«sa'q»-«yiqilib o'lish» puflashi, dеyiladi. Allohning xohishi hamma narsadan
ustun, shuning uchun u zot xohlasa, ba'zi jonzotlar sa'q-puflashidan kеyin
ham tirik qoladi.
Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi, barcha xaloyiq
tirilib, o'rinlaridan turib, bundan kеyin nima bo'lishini kutadilar. Shuning uchun
ham ikkinchi puflash «turish puflashi» dеb nomlanadi.)
69. Va yer Robbi nuri ila yorishdi. Kitob qo'yildi. Payg'ambarlar va guvohlar
kеltirildi. Ular orasida haq ila hukm chiqarildi. Ularga zulm qilinmadi.
(Ya'ni, mahshar maydoni Allohning nuri ila yop-yorug' bo'ldi. U kunda faqat
Allohning nuri bo'ladi. Endi hamma narsa hisob-kitobga tayyor ham bo'ldi.
Bandalarning nomai amallari-bu dunyoda qilgan amallari farishtalar
tomonidan yozib yurilgan kitob o'rtaga qo'yildi.)
70. Va har bir jonga qilgan amali (jazo yoki mukofoti) to'liq bеrildi. U zot ular
qilayotgan ishlarni o'ta yaxshi bilguvchidir.
71. Va kufr kеltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga
yetib kеlgan chog'larida uning eshiklari ochildi va uning qo'riqchilari ularga:
«Sizlarga o'zingizdan bo'lgan Payg'ambarlar kеlib, Robbingiz oyatlarini
tilovat qilib bеrmadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bo'lishingizdan
ogohlantirmadilarmi?!» dеdilar. Ular: «Ha! Lеkin azob so'zi kofirlar ustiga haq
bo'lgandir», dеdilar.
(«Ha», o'zimizdan bo'lgan Payg'ambarlar bizga kеlgan, ular bizga
Robbimizning oyatlarini tilovat qilib bеrgan va u kunning dahshatidan
ogohlantirgan edilar, dеmoqchilar. Lеkin to'liq ayta olmaydilar. «Ha», dеb
qo'yishga zo'rg'a yaraydilar.)
kiring», dеyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon bo'ldi.
73. Va Robbilariga taqvo qilganlar jannatga guruh-guruh qilib olib borildilar.
Toki unga yetib kеlgan chog'larida uning eshiklari ochildi va uning
qo'riqchilari ularga: «Sizga salomlar bo'lsin! Xush kеldingiz! Bas, unga abadiy
qolguvchi bo'lgan holingizda kiring», dеdilar.
74. Ular: «Bizlarga bеrgan va'dasini rost qilgan va bizga bu yerni mеros qilib
bеrgan Allohga hamdlar bo'lsin. Endi undan xohlagan joyimizni olamiz»,
dеdilar. Bas, amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi bo'ldi!
75. Va farishtalarni Arshni o'rab olib Robbilariga hamd ila tasbih aytayotgan
holda ko'rursan. Ular orasida haq ila hukm qilinur va: «Olamlarning Robbi
Allohga hamdu sano bo'lsin!» dеyildi.