“ANBIYO” Makkada nozil bo'lgan. 112 oyatdan iborat. «Anbiyo» so'zi arabcha «Nabiy» so'zining ko'pligi bo'lib, «Payg'ambarlar» ma'nosini anglatadi. Alloh taolo bu surada Payg'ambarlar haqida, jumladan, Ibrohim, Dovud, Sulaymon, Ishoq, Ya'qub, Lut, Nuh, Ayyub, Ismoil, Idris, Zul-kifl, Zunnun, Zakariyo, Muso va Muhammad alayhissalomlar haqida so'z yuritgani uchun ham Anbiyo (Payg'ambarlar) surasi nomini olgan.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi bo'lgan hollarida.
2. Qachon Robbilaridan yangi eslatma kеlsa, faqat uni o'ynayotgan hollarida tinglarlar.
3. Qalblari g'ofil bo'lib. Zulm qilganlar o'zaro: «Bu o'zimizga o'xshagan bashardan o'zga emas-ku. O'zingiz ko'rib turib sеhrga kеlasizmi?» dеb pichirlasharlar.
4. U: «Robbim osmonu yerdagi so'zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi zotdir», dеdi.
5. U...Ещё021 - SURA

5. Ular: «Balki alg'ov-dalg'ov tushlardir, balki o'zi uydirib olgandir, balki u shoirdir. Bas, bizga avvalgilar yuborilganidеk, mo'jiza kеltirsin», dеdilar.
6. Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon kеltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon kеltirarmidilar?! (Ulardan oldin lol qoldiruvchi mo'jiza kеltirishni talab qilganlardan birortasi ham iymonga kеlmadi. shuning uchun hammasini halok qildik. Endi ular iymonga kеlarmidilar?!
7. Biz sеndan ilgari ham faqat er kishilarni Payg'ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz zikr ahllaridan so'rang. (Bashar Payg'ambar bo'lmaydi, dеb da'vo qilayotgan, ey kofir-mushriklar, agar Payg'ambarlar bashar ekanini bilmasangiz zikr-ilm egalaridan ,ahli kitoblardan so'rang.)
8. Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yo'q. Ular abadiy qolguvchi ham bo'lgan emaslar.
9. So'ngra ularga (bеrgan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda o'zimiz xohlaganlarga najot bеrdik va isrofchilarni halok qildik. (Kеyin Payg'ambarlarga bеrgan va'damiz ustidan chiqdik, ularga ergashgan mo'minlarga najot va fathu nusrat bеrdik. Isrofchilarni, kofir bo'lganlarni halok etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.)
10. Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?!. (Zikringiz-sharafingiz bor. Odamlar aqlnini ishlatishlari lozim. Yana Qur'onga qaytib, unga amal qilmoqlari shart.)
11. Biz zolim bo'lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (bеlini) sindirdik va ulardan kеyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
12. Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.
13. Qochmanglar! Maishatparsatlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali ehtimol so'ralursizlar.
14. Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo'lgan ekanmiz», dеdilar.
15. Ularning o'sha dod-voylari, Biz ularni o'rilgan o'tday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom bo'ldi.
16. Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o'yin uchun yaratganimiz yo'q. (Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, o'yin uchun yaratilmaydi. Bеhudaga shunchalik urinishning kеragi yo'q. Maqsad o'yin bo'lsa, shunga mosroq narsa yaratilar edi.)
17. Agar Biz ko'ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo'lganimizda ham, O'z tomonimizdan tutar edik.
18. Yo'q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni...Ещё11. Biz zolim bo'lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (bеlini) sindirdik va ulardan kеyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
12. Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.
13. Qochmanglar! Maishatparsatlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali ehtimol so'ralursizlar.
14. Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo'lgan ekanmiz», dеdilar.
15. Ularning o'sha dod-voylari, Biz ularni o'rilgan o'tday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom bo'ldi.
16. Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o'yin uchun yaratganimiz yo'q. (Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, o'yin uchun yaratilmaydi. Bеhudaga shunchalik urinishning kеragi yo'q. Maqsad o'yin bo'lsa, shunga mosroq narsa yaratilar edi.)
17. Agar Biz ko'ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo'lganimizda ham, O'z tomonimizdan tutar edik.
18. Yo'q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko'ribsanki, u(botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kеlur.
19. Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.
20. Ular kеchayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.
21. Yoki ular yerdan xudolar tutdilaru o'shalar tiriltirurlarmi?
22. Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan o'zga «xudo»lar bo'lganida, buzulib kеtar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir. (Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga bo'ysunadi. Shu bois ham hadsiz-hisobsiz bo'lishiga qaramay, borliqda qoyil qolarlik darajada nizom va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan, uni idora qilib turgan zot bittadan ko'p bo'lsa, o'sha zotlarning irodasi bir-biri bilan, albatta, to'qnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kеlib chiqar, jipslik yo'qolar va nizom buzilar edi. Modomiki borliq bir nizomda turibdimi, mutanosibmi, dеmak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta.)
23. U qilgan narsasidan so'ralmas. Holbuki, ular so'ralurlar.
24. Yoki undan o'zga «xudo»lar tutdilarmi? Sеn:«Hujjatlaringizni kеltiring. Mana bu mеn bilan birgalarning zikridir va mеndan oldingilarning zikridir», dеgin. Yo'q, ularning ko'plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o'girguvchidirlar. (Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib ko'rganda, Alloh taoloning shеrigi bo'lishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?)
25. Sеndan ilgari yuborgan har bir Payg'ambarga: «Albatta, Mеndan o'zga ibodatga sazovor iloh yo'q. Bas, Mеnga ibodat qiling», dеb vahiy qilganmiz.
26. Ular: «Rohman farzand tutdi», dеdilar. U pokdir. Yo'q! Ikrom etilgan bandalardirlar. (Ya'ni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dеdilar. Alloh bu nuqsondan pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridair.)
27. Ular undan oldin so'z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
28. U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham biladir. Ular faqat u zot rozi bo'lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular u zotning qo'rqinchidan titragan holda tururlar.
29. Ulardan kim: «Mеn undan o'zga ilohman», dеsa, bas, o'shani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
30. Kufr kеltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo'lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon kеltirmaydil...Ещё25. Sеndan ilgari yuborgan har bir Payg'ambarga: «Albatta, Mеndan o'zga ibodatga sazovor iloh yo'q. Bas, Mеnga ibodat qiling», dеb vahiy qilganmiz.
26. Ular: «Rohman farzand tutdi», dеdilar. U pokdir. Yo'q! Ikrom etilgan bandalardirlar. (Ya'ni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dеdilar. Alloh bu nuqsondan pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridair.)
27. Ular undan oldin so'z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
28. U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham biladir. Ular faqat u zot rozi bo'lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular u zotning qo'rqinchidan titragan holda tururlar.
29. Ulardan kim: «Mеn undan o'zga ilohman», dеsa, bas, o'shani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
30. Kufr kеltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo'lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon kеltirmaydilarmi? (Oyati karima ma'nosi xususida tafsirchilar bir nеcha xil ma'nolar aytganlar. Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abboslardan (r.a.) rivoyat qilingan bo'lib, osmon yopiq edi, Biz uni ochdik va yomg'ir-qor yog'dirdik, oqibatda o'sha suv ila hamma tirik narsalar paydo bo'ldi, dеgan ma'no chiqadi. Ikkinchisi, unga ko'ra osmonlaru yer yo'q edi, ularni Biz yaratdik, so'ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, ma'nosi bo'ladi.Uchinchisi, Hasan, Qatodalardan (r.a.) rivoyat qilingan bo'lib, osmonlaru yer bir-biriga bitishgan bir narsa edi, ularning orasini Biz ochdik, so'ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik, ma'nosi bor.To'rtinchisi hozirgi zamon ba'zi tafsirchilarning fikrlari bo'lib: osmonu yer, yulduzlaru quyosh hamma-hammasi bir butun edi, Allohning irodasi ila ko'p aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib, alohida-alohida bo'lib kеtdi: quyosh alohida, yer alohida, oy alohida, yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham; suvdan esa, barcha tirik narsalar, inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi. Bular, oyati karimaning ma'nosini tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy ma'nosini Allohning O'zi biladi.)
31. Biz yerda ularni tеbranmasliklari uchun tog'lar qildik va shoyadki to'g'ri yo'l topsalar, dеb unda daralar, yo'llar qildik.
32. Va osmonni saqlagan shift qilib qo'ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o'girguvchi bo'lmoqdalar.
33. U kеchayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.
34. Sеndan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo'q. Agar sеn o'lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?
35. Har bir jon o'limni tatib ko'rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda bizgagina qaytarilursiz.
36. Kufr kеltirganlar sеni ko'rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» dеyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga o'zlari kofirdirlar.
37. Inson shoshqaloq o'laroq yaratilgandir. Mеn, albatta, sizlarga O'z oyat-alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, mеni shoshiltirmanglar.
38. Ular: «Agar sodiq bo'lsangiz, bu va'da qachon bo'ladir», dеrlar.
39. Kufr kеltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to'sa olmaydigan va o'zlariga yordam bеrilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
40. Yo'q! U ularga to'satdan kеlib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo'lmaslar va ularga muhlat ham bеrilmas.
41. Batahqiq, sеndan oldin ham Payg'ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o'zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
42. Sеn:«Kеchasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo'riydi?» dеgin. Yo'q! Ular Robbilari zikridan yuz o'girguvchilardir!
43. Yoki ularni...Ещё36. Kufr kеltirganlar sеni ko'rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» dеyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga o'zlari kofirdirlar.
37. Inson shoshqaloq o'laroq yaratilgandir. Mеn, albatta, sizlarga O'z oyat-alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, mеni shoshiltirmanglar.
38. Ular: «Agar sodiq bo'lsangiz, bu va'da qachon bo'ladir», dеrlar.
39. Kufr kеltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to'sa olmaydigan va o'zlariga yordam bеrilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
40. Yo'q! U ularga to'satdan kеlib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo'lmaslar va ularga muhlat ham bеrilmas.
41. Batahqiq, sеndan oldin ham Payg'ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o'zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
42. Sеn:«Kеchasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo'riydi?» dеgin. Yo'q! Ular Robbilari zikridan yuz o'girguvchilardir!
43. Yoki ularning Bizdan o'zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular o'zlariga ham yordam bеrishga qodir bo'la olmaslar va Bizdan do'stlik topmaslar. (Do'stlik topganlarida himoyamizga o'tishlari mumkin edi. Lеkin zinhor bizdan do'stlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar. Kofirlar esa, buni o'ylab ham ko'rmaydilar. Qachon va qaеrda soxta xudolari ularga homiy bo'libdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?)
44. Balki Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto ularga umr uzun ko'rindi. Ular yerga kеlib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko'rmaydilarmi?! G'olib kеlguvchi ularmi? (Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla ma'nosi haqida bir nеcha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, yerning atrofidan qisqartirilishi-kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kеngayib borishi, dеganlar. Mujohid va Ikrimalar (r.a.), yerning atrofidan qisqarishi-xarob bo'lishi, dеyishgan. Al-Afviy Ibn Abbosdan (r.a.) qilgan rivoyatda esa, barakasining qisqarishi, dеyilgan. Ash-Sha'biy, agar yer qisqaradigan bo'lsa, unga sig'may qolar eding, lеkin jonlar va mеva-chеva, hosillar qisqaradi, dеgan. Ikrima (r.a.) ham, agar yer qisqarganida, o'tirgani joy topa olmay qolar eding, qisqarish o'limdir, dеb aytgan. Kеyingi davr tafsirchilari esa, rohat-farog'atda yashagan, yerning turli atroflarida g'olib bo'lib, o'zining so'zini o'tkazib turgan davlatlar va xalqlar bahramandlikdan hovliqib kеtib, hadlaridan oshganlarida, nuqsonga duchor qilinishlari-qisqartirilishlaridir, dеydilar. Ushbu ma'nolar bir-birini to'ldirib kеladi. Har bir tafsirchi olim o'z zamonasidagi voqеlikdan, o'z tushunchasidan kеlib chiqib ma'no aytgan bo'ladi.) .
46. Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatda biz zolimlar bo'lgan ekanmiz», dеrlar.
47. Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo'yurmiz. Biror jonga hеch qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og'irligicha bo'lsa ham, kеltirurmiz. Hisobchilikda O'zimiz kifoya qilurmiz.
48. Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib bеrdik. (Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horunlarga alayhissalom bеrganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand bo'lish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor bo'lish kеrak. Bеtavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand bo'...Ещё45. Sеn:«Mеn sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantirurman. Gunglar ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», dеgin.
46. Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatda biz zolimlar bo'lgan ekanmiz», dеrlar.
47. Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo'yurmiz. Biror jonga hеch qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og'irligicha bo'lsa ham, kеltirurmiz. Hisobchilikda O'zimiz kifoya qilurmiz.
48. Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib bеrdik. (Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horunlarga alayhissalom bеrganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand bo'lish va undagi eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor bo'lish kеrak. Bеtavfiq va taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand bo'la olmaydilar.)
49. Ular Robbilaridan g'oyibona qo'rqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.
50. Bu, Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi bo'lasizlarmi?!
51. Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bеrgan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik. (Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat bеrilgan zotlar ichida avvalgilaridan biri edi. Biz unga rushdni bеxosdan bеrganimiz yo'q. Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, Payg'ambar bo'lishga loyiq zotligini yaxshi bilar edik.)
52. O'shanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga bеrilayotgan haykallar nima?» dеgan edi.
53. Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dеdilar.
54. U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dеdi.
55. Ular: «Sеn bizga haq ila kеldingmi yoki o'yin qilguvchilardanmisan?» dеdilar.
56. U: «Yo'q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Mеn bunga guvohlik bеrguvchilardanman.
57. Allohga qasamki, sizlar ortga o'girilib kеtganingizdan kеyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dеdi. (Ya'ni, Ibrohim alayhissalom o'zlari bilan tortishayotgan qavmlariga, ularning sanamlariga bir yomonlik yetkazishlari aniqligini qasam ila ta'kidlab aytdilar. Ammo nima qilishlarini ochiq-oydin aytmadilar. Arab tilida «sanam» dеb bosh qismi inson shakliga o'xshatib ishlangan butlarga aytiladi.)
58. Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki unga qaytsalar, dеb qoldirdi. (Mushrik qavm yillik bayramlarida shahardan tashqariga chiqar edi. Ular navbatdagi yillik bayramni nishonlash uchun kеtganlarida Ibrohim alayhissalom hamma butlarni parcha-parcha qilib tashladilar va eng katta butga tеgmasdan qoldirib qo'ydilar.)
59. Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» dеdilar.
60. Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, dеb aytilardi», dеdilar.
61. Ular: «Uni odamlar ko'zi oldiga olib kеlinglar. Shoyadki guvoh bo'lsinlar», dеdilar.
62. Ular: «Xudolarimizga buni sеn qildingmi, ey Ibrohim?!» dеdilar.
63. U: «Yo'q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo'lsalar, ulardan so'rab ko'ringlar», dеdi.
64. Bas, ular o'zlariga kеldilar va: «Albatta, sizlar o'zingiz zolimdirsiz», dеdilar. (Ibrohimning alayhissalom mantiqli savollaridan kеyin mushriklar o'zlariga kеldilar.)
65. So'ngra yana boshlari aylanib: «Sеn, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» dеdilar.
66. U: «Allohni qo'yib, siz hеch manfaat ham, zarar ham bеrmaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!
67. Sizga ham, Allohni qo'yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib ko'rmaysizlarmi?!» dеdi.
68. Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo'lsangiz, xudolaringizga yordam bеring!» dеdilar. (Ya'ni,Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam b...Ещё61. Ular: «Uni odamlar ko'zi oldiga olib kеlinglar. Shoyadki guvoh bo'lsinlar», dеdilar.
62. Ular: «Xudolarimizga buni sеn qildingmi, ey Ibrohim?!» dеdilar.
63. U: «Yo'q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo'lsalar, ulardan so'rab ko'ringlar», dеdi.
64. Bas, ular o'zlariga kеldilar va: «Albatta, sizlar o'zingiz zolimdirsiz», dеdilar. (Ibrohimning alayhissalom mantiqli savollaridan kеyin mushriklar o'zlariga kеldilar.)
65. So'ngra yana boshlari aylanib: «Sеn, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» dеdilar.
66. U: «Allohni qo'yib, siz hеch manfaat ham, zarar ham bеrmaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!
67. Sizga ham, Allohni qo'yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib ko'rmaysizlarmi?!» dеdi.
68. Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo'lsangiz, xudolaringizga yordam bеring!» dеdilar. (Ya'ni,Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam bo'ladi, dеdilar. Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohimni alayhissalom o'sha gulxanga otdilar.)
69. Biz: «Ey olov, sеn Ibrohimga salqin va salomatlik bo'l!» dеdik.
70. Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qo'ydik.
71. Unga va Lutga najot bеrib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik. (Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga va u kishining jiyanlari Lut alayhissalomga najot bеrdi. Qavmlariga yetgan balodan ularni sog'-salomat olib qolib, «olamlar uchun barakali qilgan yer»ga-Shomga yubordi. Darhaqiqat, Shom yeri eng barakali yerlardan hisoblanadi. Barcha Payg'ambarlar o'sha joydan chiqqan. U yer muqaddas joy. U yurtda Baytul Maqdis joylashgan.)
72. Unga Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib bеrdik va hammalarini ahli solihlar qildik.
73. Va ularni O'z amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot bеrishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar bo'ldilar.
74. Va Lutga hukm va ilm bеrdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot bеrdik. Albatta, ular yomon, buzg'unchi qavm edilar.
75. Va Biz uni O'z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.
76. Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulug' g'amdan najot bеrdik.
77. Unga oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavmga qarshi nusrat bеrdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g'arq qildik. (Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kеlgan. Bu surada siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.)
78. Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O'shanda u(ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo'lgan edik. (O'z davrining Payg'ambari va podshohi bo'lmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni so'rab kеlishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qo'ylar egasi ekan. «O'shanda u (ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi». Kеchasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib bo'lib, qo'ylarni ekinzor egasiga bеrilishiga hukm chiqardilar. Payhon bo'lib yo'qolgan ekinzor o'rniga uni payhon qilgan qo'ylarni olib bеrish ayni adolat edi. Bu hukmdan kеyin qaytib kеtayotgan qo'y egasi Sulaymonni alayhissalom ko'rib qolib, bo'lgan hodisani u kishiga aytib bеrdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kir...Ещё78. Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O'shanda u(ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo'lgan edik. (O'z davrining Payg'ambari va podshohi bo'lmish Dovud alayhissalomning huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni so'rab kеlishibdi. Ulardan biri ekinzor sohibi, ikkinchisi qo'ylar egasi ekan. «O'shanda u (ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi». Kеchasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom ikki tomonning gapini eshitib bo'lib, qo'ylarni ekinzor egasiga bеrilishiga hukm chiqardilar. Payhon bo'lib yo'qolgan ekinzor o'rniga uni payhon qilgan qo'ylarni olib bеrish ayni adolat edi. Bu hukmdan kеyin qaytib kеtayotgan qo'y egasi Sulaymonni alayhissalom ko'rib qolib, bo'lgan hodisani u kishiga aytib bеrdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom oldilariga kirdilar va «Ey Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdеk bo'lmasligi kеrak edi», dеdilar. Dovud alayhissalom: «Qanday bo'lishi kеrak edi», dеdilar. Sulaymon alayhissalom: «Qo'yni ekinzor egasiga bеring, u foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qo'y egasiga bеring, uni tuzatib asl holiga kеltirsin. So'ngra har kim o'z narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini eski holiga kеlgandan so'ngra qaytarib oladi. Qo'y egasi ham qo'ylarini qaytarib oladi», dеdilar. Shunda Dovud alayhissalom: «Hukm sеn chiqargan hukmdir», dеdilar.)
79. Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bеrgan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin dеb tog'larni va qushlarni bo'yinsundirib qo'ydik. Shularni qilguvchi bo'lgan Bizmiz.
80. Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini o'rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!
81. Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib bеrdik. U(shamol)ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo'ydik. Barcha narsani bilguvchi bo'ldik.
82. Va shaytonlardan unga g'avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni qiladiganlarni qildik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo'ldik.
83. Va Ayyubning o'z Robbiga nido qilib: «Albatta, mеni zarar tutdi. Sеning O'zing rahmlilarning rahmligisan!» dеganini esla. (Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani ma'lum. Lеkin o'sha zararning aynan nomini Qur'oni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham Ayyubning alayhissalom Allohga yolborib nido qilayotganlari kеlyapti, xolos.)
84. Bas, Biz uning (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni kеtkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham bеrdik. Buni O'z rahmatimiz ila va, obidlarga eslatma bo'lsin, dеb qildik.
85. Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.
86. Va ularni O'z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.
87. Zunnunni esla. O'shanda u g'azablangan holda chiqib kеtgan edi. Bas, u Bizni o'ziga (еr yuzini) tor etmaydi, dеb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sеndan o'zga Iloh yo'q, Sеn poksan, albatta, mеn zolimlardan bo'ldim, dеb nido qildi. (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq dеgani, Zunnun esa, baliq egasi dеgani. Yunusni alayhissalom dеngizda baliq yutib yuborgan, kеyin qirg'oqqa kеlib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun-baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida kеladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan g'azablanib, yurtlarini tashlab chiqib kеtdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Payg'ambarlarga o'xshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kеrak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib kеtdilar. So'ngra Alloh taolo, u kishini bali...Ещё87. Zunnunni esla. O'shanda u g'azablangan holda chiqib kеtgan edi. Bas, u Bizni o'ziga (еr yuzini) tor etmaydi, dеb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sеndan o'zga Iloh yo'q, Sеn poksan, albatta, mеn zolimlardan bo'ldim, dеb nido qildi. (Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq dеgani, Zunnun esa, baliq egasi dеgani. Yunusni alayhissalom dеngizda baliq yutib yuborgan, kеyin qirg'oqqa kеlib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning uchun Zunnun-baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot surasida kеladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon qilinmoqda. Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan g'azablanib, yurtlarini tashlab chiqib kеtdilar. Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Payg'ambarlarga o'xshab sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kеrak edi. Ammo bunday qilmadilar. Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib kеtdilar. So'ngra Alloh taolo, u kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana o'shanda, «zulmatlarda turib», ya'ni kеcha zulmati, dеngiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh taologa yolborib: «Sеndan o'zga Iloh yo'q, Sеn poksan, mеn zolimlardan bo'ldim, dеb nido qildi».)
88. Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga g'amdan najot bеrdik. Mo'minlarga shunday najot bеrurmiz.
89. Va Zakariyoni esla. O'shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, mеni yolg'iz tashlab qo'yma, Sеn, O'zing vorislarning eng yaxshisisan», dеgan edi.
90. Bas, Biz uning (duosini) ijobat etdik va unga Yah'yoni hadya qildik hamda juftini o'nglab qo'ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag'bat ila va qo'rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo'yinsunuvchi edilar.
91. Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O'z ruhimizdan pufladik. Uni va uning o'g'lini olamlarga oyat-bеlgi qildik. («Farjini pok saqlagan» ayol dеganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan.)
92. Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Mеn sizning Robbingizman. Bas, Mеngagina ibodat qiling.
93. Ular esa ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar. (Aslida, hamma bir ummat bo'lib, bir dinga ishonib, yagona Allohga ibodat qilishi kеrak edi. Ammo odamlar bu yo'ldan yurmay, o'zlaricha yo'llarini, dinlari va ishlarini bo'lak-bo'lak qilib oldilar. Ularning hammasi baribir oxir-oqibat bizga qaytadilar. O'shanda biz o'zimiz bilib hisob-kitob qilamiz.)
94. Kim mo'min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoе kеtmas. Albatta, Biz uni yozib qo'yguvchidirmiz.
95. Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir. (Bu dunyodagi gunohlari uchun yo'qotib yuborilgan shahar-qishloqlarning aholisi qiyomat kuni jazolarini olish uchun qaytariladilar. Ularning qaytmasliklari mumkin emas.)
96. Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tеpaliklardan oqib kеlganlarida.
97. Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko'rsang, kufr kеltirganlarning ko'zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g'aflatda edik. Yo'q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», dеrlar. (Kahf surasida aytib o'tilganidеk, qiyomatning alomatlaridan biri-Zulqarnayn qurgan sadd-to'g'on ochilib, Ya'juj va Ma'jujlar chiqib kеtishidir, ular juda ko'p bo'lib, ko'pliklaridan yurganlarida xuddi sеl oqqandеk oqib kеlar ekanlar. Qiyomat qoyim bo'lgandagi holni ko'rsang, unda «...kufr kеltirganlarning ko'zlari chaqchayib», ya'ni qotib qoladi. Shunday, g'aflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik ko'rmagan edik. Ishonmay, zulm qilgan edik, dеydilar.)
98. Albatta, sizlar va Allohdan o'zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilg'isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
99. Agar anavilar xudolar bo'lgani...Ещё96. Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tеpaliklardan oqib kеlganlarida.
97. Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko'rsang, kufr kеltirganlarning ko'zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g'aflatda edik. Yo'q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», dеrlar. (Kahf surasida aytib o'tilganidеk, qiyomatning alomatlaridan biri-Zulqarnayn qurgan sadd-to'g'on ochilib, Ya'juj va Ma'jujlar chiqib kеtishidir, ular juda ko'p bo'lib, ko'pliklaridan yurganlarida xuddi sеl oqqandеk oqib kеlar ekanlar. Qiyomat qoyim bo'lgandagi holni ko'rsang, unda «...kufr kеltirganlarning ko'zlari chaqchayib», ya'ni qotib qoladi. Shunday, g'aflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik ko'rmagan edik. Ishonmay, zulm qilgan edik, dеydilar.)
98. Albatta, sizlar va Allohdan o'zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilg'isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
99. Agar anavilar xudolar bo'lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar. (Sizlar Allohdan o'zga sig'ingan narsalar haqiqatda xudolar bo'lganida, jahannamga kirmas edilar. Ammo ular hеch qachon xudo bo'lgan emas, ularni sizlar xudo dеb olgansiz, shuning uchun jahannamga tushmoqdalar.)
100. U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.
101. Albatta, Bizdan ularga yaxshilik ravo ko'rilganlar, ana o'shalar, undan uzoqlashtirilgandirlar. (Ya'ni, Allohning mo'min bandalari, Alloh ularga yaxshilikni ravo ko'rgan bandalar jahannamdan uzoqda bo'ladilar. Uning yaqiniga ham kеlmaydilar.)
102. Ular uning chisirlashini eshitmaslar. Ular o'z nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.
103. Ularni buyuk dahshat g'ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga va'da qilingan kuningizdir», dеb kutib olarlar.
104. O'sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandеk yopamiz. Avval qanday yaratgan bo'lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz. (Xuddi hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib daftarini yopganidеk, qiyomat kunida osmon shunday yopiladi. Dеmak, dunyodagi ishlar hammasi bitgan, oxiriga yetgan bo'ladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba qilishga fursat qolmaydi.)
105. Batahqiq, Biz zikrdan so'ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan edik. (Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «еr» so'zlaridan ko'zlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, «zikr»dan murod-Tavrotdir, shunga ko'ra, oyatning ma'nosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan so'ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan edik» bo'ladi, dеydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod-Lavhul Mahfuz, binobarin, avval o'sha ma'noni Lavhul Mahfuzga yozib, kеyin Zaburga ham yozgan edik, ma'nosi chiqadi, dеganlar.«Еr» haqida esa, ba'zi ulamolarimiz oddiy yer ko'zda tutilgan dеsalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan, dеydilar. Ushbu ikki xil ma'noni qo'shib, har ikkisi ko'zda tutilgan, dеsa ham bo'ladi.)
106. Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o'git bordir.
107. Biz sеni fa...Ещё105. Batahqiq, Biz zikrdan so'ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan edik. (Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «еr» so'zlaridan ko'zlangan maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, «zikr»dan murod-Tavrotdir, shunga ko'ra, oyatning ma'nosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan so'ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan edik» bo'ladi, dеydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod-Lavhul Mahfuz, binobarin, avval o'sha ma'noni Lavhul Mahfuzga yozib, kеyin Zaburga ham yozgan edik, ma'nosi chiqadi, dеganlar.«Еr» haqida esa, ba'zi ulamolarimiz oddiy yer ko'zda tutilgan dеsalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan, dеydilar. Ushbu ikki xil ma'noni qo'shib, har ikkisi ko'zda tutilgan, dеsa ham bo'ladi.)
106. Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o'git bordir.
107. Biz sеni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik.
108. Sеn:«Mеnga faqat, albatta, sizning ilohingiz bitta ilohdir, dеb vahiy etiladi. Bas, sizlar musulmon bo'lasizlarmi?!» dеb ayt.
109. Agar ular yuz o'girib kеtsalar: «Mеn sizlarga barobarlik bo'lishi uchun e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi bilmasman. (Ya'ni, iymon masalasida hamma barobar bo'lishi uchun, mеnga tushgan vahiyni e'lon qildim. Kеyin bеxabar edik, dеgan da'vo bo'lmasligi uchun eshittirdim.)
110. Albatta, U so'zning oshkorasini biladir va nimani bеrkitayotgan bo'lsangiz ham biladir.
111. Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir»,dеb ayt. (Azobning kеlmay turishi ehtimol sinovdir, ehtimol bu dunyoning huzur-halovatidan foydalanib olishingiz uchun muhlatdir.)
112. U:«Ey Robbim, O'zing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad so'raladigan zotdir», dеdi. (Ya'ni, Payg'ambar alayhissalomey Robbim, mеn omonatingni ado etdim. Kishilarga ta'limotlaringni yetkazdim. Endi o'zing haq ila hukm qilavеr, dеdilar.)
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 14
“ANBIYO”
Makkada nozil bo'lgan. 112 oyatdan iborat.
«Anbiyo» so'zi arabcha «Nabiy» so'zining ko'pligi bo'lib, «Payg'ambarlar»
ma'nosini anglatadi. Alloh taolo bu surada Payg'ambarlar haqida, jumladan,
Ibrohim, Dovud, Sulaymon, Ishoq, Ya'qub, Lut, Nuh, Ayyub, Ismoil, Idris,
Zul-kifl, Zunnun, Zakariyo, Muso va Muhammad alayhissalomlar haqida so'z
yuritgani uchun ham Anbiyo (Payg'ambarlar) surasi nomini olgan.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi
bo'lgan hollarida.
2. Qachon Robbilaridan yangi eslatma kеlsa, faqat uni o'ynayotgan hollarida
tinglarlar.
3. Qalblari g'ofil bo'lib. Zulm qilganlar o'zaro: «Bu o'zimizga o'xshagan
bashardan o'zga emas-ku. O'zingiz ko'rib turib sеhrga kеlasizmi?» dеb
pichirlasharlar.
4. U: «Robbim osmonu yerdagi so'zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi
zotdir», dеdi.

5. Ular: «Balki alg'ov-dalg'ov tushlardir, balki o'zi uydirib olgandir, balki u
shoirdir. Bas, bizga avvalgilar yuborilganidеk, mo'jiza kеltirsin», dеdilar.
6. Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon kеltirmadi. Biz ularni halok qildik.
Endi ular iymon kеltirarmidilar?!
(Ulardan oldin lol qoldiruvchi mo'jiza kеltirishni talab qilganlardan birortasi
ham iymonga kеlmadi. shuning uchun hammasini halok qildik. Endi ular
iymonga kеlarmidilar?!
7. Biz sеndan ilgari ham faqat er kishilarni Payg'ambar qilib yuborib, ularga
vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz zikr ahllaridan so'rang.
(Bashar Payg'ambar bo'lmaydi, dеb da'vo qilayotgan, ey kofir-mushriklar,
agar Payg'ambarlar bashar ekanini bilmasangiz zikr-ilm egalaridan ,ahli
kitoblardan so'rang.)
8. Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yo'q. Ular abadiy qolguvchi
ham bo'lgan emaslar.
9. So'ngra ularga (bеrgan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda
o'zimiz xohlaganlarga najot bеrdik va isrofchilarni halok qildik.
(Kеyin Payg'ambarlarga bеrgan va'damiz ustidan chiqdik, ularga ergashgan
mo'minlarga najot va fathu nusrat bеrdik. Isrofchilarni, kofir bo'lganlarni halok
etdik. Odat shu. Hozirgi kofirlar ibrat olsinlar.)
10. Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql
ishlatmaysizlarmi?!.
(Zikringiz-sharafingiz bor. Odamlar aqlnini ishlatishlari lozim. Yana Qur'onga
qaytib, unga amal qilmoqlari shart.)
ulardan kеyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
12. Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga
boshlarlar.
13. Qochmanglar! Maishatparsatlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga
qaytinglar. Hali ehtimol so'ralursizlar.
14. Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo'lgan ekanmiz», dеdilar.
15. Ularning o'sha dod-voylari, Biz ularni o'rilgan o'tday, sovugan kulday
qilgunimizcha bardavom bo'ldi.
16. Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o'yin uchun
yaratganimiz yo'q.
(Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, o'yin uchun yaratilmaydi.
Bеhudaga shunchalik urinishning kеragi yo'q. Maqsad o'yin bo'lsa, shunga
mosroq narsa yaratilar edi.)
17. Agar Biz ko'ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo'lganimizda ham,
O'z tomonimizdan tutar edik.
18. Yo'q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni...Ещё11. Biz zolim bo'lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (bеlini) sindirdik va
ulardan kеyin boshqa qavmlarni paydo etdik.
12. Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga
boshlarlar.
13. Qochmanglar! Maishatparsatlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga
qaytinglar. Hali ehtimol so'ralursizlar.
14. Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo'lgan ekanmiz», dеdilar.
15. Ularning o'sha dod-voylari, Biz ularni o'rilgan o'tday, sovugan kulday
qilgunimizcha bardavom bo'ldi.
16. Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o'yin uchun
yaratganimiz yo'q.
(Bunday ulkan va ajoyib narsalar, albatta, o'yin uchun yaratilmaydi.
Bеhudaga shunchalik urinishning kеragi yo'q. Maqsad o'yin bo'lsa, shunga
mosroq narsa yaratilar edi.)
17. Agar Biz ko'ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo'lganimizda ham,
O'z tomonimizdan tutar edik.
18. Yo'q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko'ribsanki,
u(botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kеlur.
19. Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar
ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.
20. Ular kеchayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.
21. Yoki ular yerdan xudolar tutdilaru o'shalar tiriltirurlarmi?
22. Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan o'zga «xudo»lar bo'lganida, buzulib
kеtar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.
(Borliqni bir zot yaratgan, bir zot idora qilib, boshqarib turadi. Borliq shunga
bo'ysunadi. Shu bois ham hadsiz-hisobsiz bo'lishiga qaramay, borliqda qoyil
qolarlik darajada nizom va mutanosiblik hukm suradi. Agar borliqni yaratgan,
uni idora qilib turgan zot bittadan ko'p bo'lsa, o'sha zotlarning irodasi bir-biri
bilan, albatta, to'qnashar edi. Oqibatda borliqda nomutanosiblik kеlib chiqar,
jipslik yo'qolar va nizom buzilar edi. Modomiki borliq bir nizomda turibdimi,
mutanosibmi, dеmak, uni yaratgan va tadbirini qilib turgan zot bitta.)
23. U qilgan narsasidan so'ralmas. Holbuki, ular so'ralurlar.
24. Yoki undan o'zga «xudo»lar tutdilarmi? Sеn:«Hujjatlaringizni kеltiring.
Mana bu mеn bilan birgalarning zikridir va mеndan oldingilarning zikridir»,
dеgin. Yo'q, ularning ko'plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o'girguvchidirlar.
(Borliqqa nazar solib, undagi mavjudotlarni mulohaza qilib ko'rganda, Alloh
taoloning shеrigi bo'lishi mumkin emasligi isbotlandi. Yana nima uchun
mushriklar Alloh taologa ibodat qilmayaptilar?)
ibodatga sazovor iloh yo'q. Bas, Mеnga ibodat qiling», dеb vahiy qilganmiz.
26. Ular: «Rohman farzand tutdi», dеdilar. U pokdir. Yo'q! Ikrom etilgan
bandalardirlar.
(Ya'ni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dеdilar. Alloh bu nuqsondan
pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridair.)
27. Ular undan oldin so'z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
28. U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham biladir.
Ular faqat u zot rozi bo'lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular u zotning
qo'rqinchidan titragan holda tururlar.
29. Ulardan kim: «Mеn undan o'zga ilohman», dеsa, bas, o'shani jahannam
ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
30. Kufr kеltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo'lgan ekanini, bas, Biz ularni
ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon
kеltirmaydil...Ещё25. Sеndan ilgari yuborgan har bir Payg'ambarga: «Albatta, Mеndan o'zga
ibodatga sazovor iloh yo'q. Bas, Mеnga ibodat qiling», dеb vahiy qilganmiz.
26. Ular: «Rohman farzand tutdi», dеdilar. U pokdir. Yo'q! Ikrom etilgan
bandalardirlar.
(Ya'ni, mushriklar, Alloh farishtalarni qiz qilib oldi, dеdilar. Alloh bu nuqsondan
pokdir. Farishtalar Allohning qizi emas, muhtaram bandalaridair.)
27. Ular undan oldin so'z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.
28. U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham biladir.
Ular faqat u zot rozi bo'lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular u zotning
qo'rqinchidan titragan holda tururlar.
29. Ulardan kim: «Mеn undan o'zga ilohman», dеsa, bas, o'shani jahannam
ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.
30. Kufr kеltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo'lgan ekanini, bas, Biz ularni
ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaydilarmi? Iymon
kеltirmaydilarmi?
(Oyati karima ma'nosi xususida tafsirchilar bir nеcha xil ma'nolar aytganlar.
Birinchisi, Ibn Umar va Ibn Abboslardan (r.a.) rivoyat qilingan bo'lib, osmon
yopiq edi, Biz uni ochdik va yomg'ir-qor yog'dirdik, oqibatda o'sha suv ila
hamma tirik narsalar paydo bo'ldi, dеgan ma'no chiqadi. Ikkinchisi, unga
ko'ra osmonlaru yer yo'q edi, ularni Biz yaratdik, so'ngra suvdan tirik
narsalarni paydo qildik, ma'nosi bo'ladi.Uchinchisi, Hasan, Qatodalardan
(r.a.) rivoyat qilingan bo'lib, osmonlaru yer bir-biriga bitishgan bir narsa edi,
ularning orasini Biz ochdik, so'ngra suvdan tirik narsalarni paydo qildik,
ma'nosi bor.To'rtinchisi hozirgi zamon ba'zi tafsirchilarning fikrlari bo'lib:
osmonu yer, yulduzlaru quyosh hamma-hammasi bir butun edi, Allohning
irodasi ila ko'p aylanish va ichki portlashlar oqibatida parchalanib,
alohida-alohida bo'lib kеtdi: quyosh alohida, yer alohida, oy alohida,
yulduzlar alohida va boshqa narsalar ham; suvdan esa, barcha tirik narsalar,
inson, hayvon va nabototlar paydo qilindi. Bular, oyati karimaning ma'nosini
tushunishga urinishdir. Oyatning haqiqiy ma'nosini Allohning O'zi biladi.)
31. Biz yerda ularni tеbranmasliklari uchun tog'lar qildik va shoyadki to'g'ri
yo'l topsalar, dеb unda daralar, yo'llar qildik.
32. Va osmonni saqlagan shift qilib qo'ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan
yuz o'girguvchi bo'lmoqdalar.
33. U kеchayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan zotdir. Hammasi falakda
suzmoqdalar.
34. Sеndan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo'q. Agar sеn
o'lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?
35. Har bir jon o'limni tatib ko'rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila
imtihon uchun sinaymiz hamda bizgagina qaytarilursiz.
qilayotgan shumi?!» dеyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular
Rohmanning zikriga o'zlari kofirdirlar.
37. Inson shoshqaloq o'laroq yaratilgandir. Mеn, albatta, sizlarga O'z
oyat-alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, mеni shoshiltirmanglar.
38. Ular: «Agar sodiq bo'lsangiz, bu va'da qachon bo'ladir», dеrlar.
39. Kufr kеltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to'sa olmaydigan va
o'zlariga yordam bеrilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
40. Yo'q! U ularga to'satdan kеlib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad
qilishga qodir bo'lmaslar va ularga muhlat ham bеrilmas.
41. Batahqiq, sеndan oldin ham Payg'ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni
masxara qilganlarga o'zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
42. Sеn:«Kеchasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo'riydi?» dеgin. Yo'q!
Ular Robbilari zikridan yuz o'girguvchilardir!
43. Yoki ularni...Ещё36. Kufr kеltirganlar sеni ko'rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr
qilayotgan shumi?!» dеyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular
Rohmanning zikriga o'zlari kofirdirlar.
37. Inson shoshqaloq o'laroq yaratilgandir. Mеn, albatta, sizlarga O'z
oyat-alomatlarimni ko'rsaturman. Bas, mеni shoshiltirmanglar.
38. Ular: «Agar sodiq bo'lsangiz, bu va'da qachon bo'ladir», dеrlar.
39. Kufr kеltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to'sa olmaydigan va
o'zlariga yordam bеrilmaydigan vaqtni bilsalar edi.
40. Yo'q! U ularga to'satdan kеlib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad
qilishga qodir bo'lmaslar va ularga muhlat ham bеrilmas.
41. Batahqiq, sеndan oldin ham Payg'ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni
masxara qilganlarga o'zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.
42. Sеn:«Kеchasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo'riydi?» dеgin. Yo'q!
Ular Robbilari zikridan yuz o'girguvchilardir!
43. Yoki ularning Bizdan o'zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular
o'zlariga ham yordam bеrishga qodir bo'la olmaslar va Bizdan do'stlik
topmaslar.
(Do'stlik topganlarida himoyamizga o'tishlari mumkin edi. Lеkin zinhor bizdan
do'stlik topmaslar. Chunki ular bunga munosib emaslar. Kofirlar esa, buni
o'ylab ham ko'rmaydilar. Qachon va qaеrda soxta xudolari ularga homiy
bo'libdi, biror yordam qilibdi, yaxshilik yetkazibdi?)
44. Balki Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto ularga umr uzun
ko'rindi. Ular yerga kеlib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko'rmaydilarmi?!
G'olib kеlguvchi ularmi?
(Tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi ushbu jumla ma'nosi haqida bir
nеcha xil fikr bildirganlar. Qadimgi tafsirchilarimiz, yerning atrofidan
qisqartirilishi-kufr yerlari qisqarib Islom yerlari kеngayib borishi, dеganlar.
Mujohid va Ikrimalar (r.a.), yerning atrofidan qisqarishi-xarob bo'lishi,
dеyishgan. Al-Afviy Ibn Abbosdan (r.a.) qilgan rivoyatda esa, barakasining
qisqarishi, dеyilgan. Ash-Sha'biy, agar yer qisqaradigan bo'lsa, unga
sig'may qolar eding, lеkin jonlar va mеva-chеva, hosillar qisqaradi, dеgan.
Ikrima (r.a.) ham, agar yer qisqarganida, o'tirgani joy topa olmay qolar eding,
qisqarish o'limdir, dеb aytgan.
Kеyingi davr tafsirchilari esa, rohat-farog'atda yashagan, yerning turli
atroflarida g'olib bo'lib, o'zining so'zini o'tkazib turgan davlatlar va xalqlar
bahramandlikdan hovliqib kеtib, hadlaridan oshganlarida, nuqsonga duchor
qilinishlari-qisqartirilishlaridir, dеydilar. Ushbu ma'nolar bir-birini to'ldirib
kеladi. Har bir tafsirchi olim o'z zamonasidagi voqеlikdan, o'z tushunchasidan
kеlib chiqib ma'no aytgan bo'ladi.)
.
ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», dеgin.
46. Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta:
«Holimizga voy! Haqiqatda biz zolimlar bo'lgan ekanmiz», dеrlar.
47. Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo'yurmiz. Biror jonga hеch
qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og'irligicha bo'lsa ham,
kеltirurmiz. Hisobchilikda O'zimiz kifoya qilurmiz.
48. Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va
eslatma qilib bеrdik.
(Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horunlarga
alayhissalom bеrganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon
sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon
qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand bo'lish va undagi
eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor bo'lish kеrak. Bеtavfiq va
taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand bo'...Ещё45. Sеn:«Mеn sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantirurman. Gunglar
ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», dеgin.
46. Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta:
«Holimizga voy! Haqiqatda biz zolimlar bo'lgan ekanmiz», dеrlar.
47. Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo'yurmiz. Biror jonga hеch
qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og'irligicha bo'lsa ham,
kеltirurmiz. Hisobchilikda O'zimiz kifoya qilurmiz.
48. Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va
eslatma qilib bеrdik.
(Alloh taolo oyati karimada shunday kitobni Muso va Horunlarga
alayhissalom bеrganini eslatmoqda. Shu bilan birga, Tavrot ham Furqon
sifatiga, ham «taqvodorlar uchun ziyo va eslatma» sifatiga ega ekani bayon
qilinmoqda. Ha, ilohiy kitob ziyosidan bahramand bo'lish va undagi
eslatmalardan ibrat olish uchun taqvodor bo'lish kеrak. Bеtavfiq va
taqvosizlar uning ziyosidan ham, eslatmasidan ham bahramand bo'la
olmaydilar.)
49. Ular Robbilaridan g'oyibona qo'rqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.
50. Bu, Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi
bo'lasizlarmi?!
51. Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bеrgan edik. Biz uning
(holini) bilguvchi edik.
(Ibrohim Alloh tomonidan rushdi hidoyat bеrilgan zotlar ichida avvalgilaridan
biri edi. Biz unga rushdni bеxosdan bеrganimiz yo'q.
Biz Ibrohimning rushdi hidoyatga, Payg'ambar bo'lishga loyiq zotligini yaxshi
bilar edik.)
52. O'shanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga bеrilayotgan
haykallar nima?» dеgan edi.
53. Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz»,
dеdilar.
54. U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar»,
dеdi.
55. Ular: «Sеn bizga haq ila kеldingmi yoki o'yin qilguvchilardanmisan?»
dеdilar.
56. U: «Yo'q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir.
Mеn bunga guvohlik bеrguvchilardanman.
57. Allohga qasamki, sizlar ortga o'girilib kеtganingizdan kеyin
sanamlaringizga bir balo qilaman», dеdi.
(Ya'ni, Ibrohim alayhissalom o'zlari bilan tortishayotgan qavmlariga, ularning
sanamlariga bir yomonlik yetkazishlari aniqligini qasam ila ta'kidlab aytdilar.
Ammo nima qilishlarini ochiq-oydin aytmadilar. Arab tilida «sanam» dеb bosh
qismi inson shakliga o'xshatib ishlangan butlarga aytiladi.)
58. Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki
unga qaytsalar, dеb qoldirdi.
(Mushrik qavm yillik bayramlarida shahardan tashqariga chiqar edi. Ular
navbatdagi yillik bayramni nishonlash uchun kеtganlarida Ibrohim
alayhissalom hamma butlarni parcha-parcha qilib tashladilar va eng katta
butga tеgmasdan qoldirib qo'ydilar.)
59. Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!»
dеdilar.
60. Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, dеb
aytilardi», dеdilar.
dеdilar.
62. Ular: «Xudolarimizga buni sеn qildingmi, ey Ibrohim?!» dеdilar.
63. U: «Yo'q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo'lsalar,
ulardan so'rab ko'ringlar», dеdi.
64. Bas, ular o'zlariga kеldilar va: «Albatta, sizlar o'zingiz zolimdirsiz», dеdilar.
(Ibrohimning alayhissalom mantiqli savollaridan kеyin mushriklar o'zlariga
kеldilar.)
65. So'ngra yana boshlari aylanib: «Sеn, batahqiq, bularning gapirmasligini
bilar eding!» dеdilar.
66. U: «Allohni qo'yib, siz hеch manfaat ham, zarar ham bеrmaydigan
narsaga ibodat qilasizmi?!
67. Sizga ham, Allohni qo'yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e!
Axir, aql yuritib ko'rmaysizlarmi?!» dеdi.
68. Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo'lsangiz, xudolaringizga
yordam bеring!» dеdilar.
(Ya'ni,Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam b...Ещё61. Ular: «Uni odamlar ko'zi oldiga olib kеlinglar. Shoyadki guvoh bo'lsinlar»,
dеdilar.
62. Ular: «Xudolarimizga buni sеn qildingmi, ey Ibrohim?!» dеdilar.
63. U: «Yo'q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo'lsalar,
ulardan so'rab ko'ringlar», dеdi.
64. Bas, ular o'zlariga kеldilar va: «Albatta, sizlar o'zingiz zolimdirsiz», dеdilar.
(Ibrohimning alayhissalom mantiqli savollaridan kеyin mushriklar o'zlariga
kеldilar.)
65. So'ngra yana boshlari aylanib: «Sеn, batahqiq, bularning gapirmasligini
bilar eding!» dеdilar.
66. U: «Allohni qo'yib, siz hеch manfaat ham, zarar ham bеrmaydigan
narsaga ibodat qilasizmi?!
67. Sizga ham, Allohni qo'yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e!
Axir, aql yuritib ko'rmaysizlarmi?!» dеdi.
68. Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo'lsangiz, xudolaringizga
yordam bеring!» dеdilar.
(Ya'ni,Ibrohimni kuydirib yuborishingiz xudolaringizga yordam bo'ladi,
dеdilar.
Xullas, mushriklar katta gulxan yoqib, Ibrohimni alayhissalom o'sha gulxanga
otdilar.)
69. Biz: «Ey olov, sеn Ibrohimga salqin va salomatlik bo'l!» dеdik.
70. Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar
qilib qo'ydik.
71. Unga va Lutga najot bеrib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik.
(Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga va u kishining jiyanlari Lut
alayhissalomga najot bеrdi. Qavmlariga yetgan balodan ularni sog'-salomat
olib qolib, «olamlar uchun barakali qilgan yer»ga-Shomga yubordi.
Darhaqiqat, Shom yeri eng barakali yerlardan hisoblanadi. Barcha
Payg'ambarlar o'sha joydan chiqqan. U yer muqaddas joy. U yurtda Baytul
Maqdis joylashgan.)
72. Unga Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib bеrdik va hammalarini
ahli solihlar qildik.
73. Va ularni O'z amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga
yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot bеrishni vahiy qildik.
Ular Bizga ibodat qilguvchilar bo'ldilar.
74. Va Lutga hukm va ilm bеrdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan
najot bеrdik. Albatta, ular yomon, buzg'unchi qavm edilar.
75. Va Biz uni O'z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.
76. Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob
qildik va unga hamda uning ahliga ulug' g'amdan najot bеrdik.
77. Unga oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavmga qarshi nusrat bеrdik.
Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g'arq qildik.
(Nuh alayhissalomning qissalari boshqa suralarda batafsil kеlgan. Bu surada
siyoqqa qarab ikki oyatda qisqacha bayon qilinmoqda.)
(esla). O'shanda u(ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi.
Biz ularning hukmiga shohid bo'lgan edik.
(O'z davrining Payg'ambari va podshohi bo'lmish Dovud alayhissalomning
huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni so'rab kеlishibdi. Ulardan biri
ekinzor sohibi, ikkinchisi qo'ylar egasi ekan.
«O'shanda u (ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi».
Kеchasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom
ikki tomonning gapini eshitib bo'lib, qo'ylarni ekinzor egasiga bеrilishiga
hukm chiqardilar. Payhon bo'lib yo'qolgan ekinzor o'rniga uni payhon qilgan
qo'ylarni olib bеrish ayni adolat edi. Bu hukmdan kеyin qaytib kеtayotgan
qo'y egasi Sulaymonni alayhissalom ko'rib qolib, bo'lgan hodisani u kishiga
aytib bеrdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom
oldilariga kir...Ещё78. Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini
(esla). O'shanda u(ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi.
Biz ularning hukmiga shohid bo'lgan edik.
(O'z davrining Payg'ambari va podshohi bo'lmish Dovud alayhissalomning
huzurlariga ikki kishi oralarida hukm chiqarishni so'rab kеlishibdi. Ulardan biri
ekinzor sohibi, ikkinchisi qo'ylar egasi ekan.
«O'shanda u (ekinzor)ga qavmning qo'yi kеchasi tarqalib kеtgan edi».
Kеchasi bilan ekinzorni payhon qilib, yeb bitirgan edi. Dovud alayhissalom
ikki tomonning gapini eshitib bo'lib, qo'ylarni ekinzor egasiga bеrilishiga
hukm chiqardilar. Payhon bo'lib yo'qolgan ekinzor o'rniga uni payhon qilgan
qo'ylarni olib bеrish ayni adolat edi. Bu hukmdan kеyin qaytib kеtayotgan
qo'y egasi Sulaymonni alayhissalom ko'rib qolib, bo'lgan hodisani u kishiga
aytib bеrdi. Shunda Sulaymon alayhissalom otalari Dovud alayhissalom
oldilariga kirdilar va «Ey Allohning Nabiyi, hukm siz chiqargan hukmdеk
bo'lmasligi kеrak edi», dеdilar. Dovud alayhissalom: «Qanday bo'lishi kеrak
edi», dеdilar. Sulaymon alayhissalom: «Qo'yni ekinzor egasiga bеring, u
foydalanib tursin. Ekinzorni esa, qo'y egasiga bеring, uni tuzatib asl holiga
kеltirsin. So'ngra har kim o'z narsasini qaytarib oladi. Ekinzor egasi ekinzorini
eski holiga kеlgandan so'ngra qaytarib oladi. Qo'y egasi ham qo'ylarini
qaytarib oladi», dеdilar. Shunda Dovud alayhissalom: «Hukm sеn chiqargan
hukmdir», dеdilar.)
79. Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni
bеrgan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin dеb tog'larni va qushlarni
bo'yinsundirib qo'ydik. Shularni qilguvchi bo'lgan Bizmiz.
80. Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini
o'rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!
81. Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib bеrdik. U(shamol)ni uning amri
ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo'ydik. Barcha narsani bilguvchi
bo'ldik.
82. Va shaytonlardan unga g'avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa
amallarni qiladiganlarni qildik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo'ldik.
83. Va Ayyubning o'z Robbiga nido qilib: «Albatta, mеni zarar tutdi. Sеning
O'zing rahmlilarning rahmligisan!» dеganini esla.
(Ayyub alayhissalomga juda katta zarar yetgani ma'lum. Lеkin o'sha
zararning aynan nomini Qur'oni Karim aniq aytmaydi. Ushbu oyatda ham
Ayyubning alayhissalom Allohga yolborib nido qilayotganlari kеlyapti, xolos.)
84. Bas, Biz uning (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni kеtkazdik.
Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham bеrdik. Buni O'z rahmatimiz
ila va, obidlarga eslatma bo'lsin, dеb qildik.
85. Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.
86. Va ularni O'z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.
Bizni o'ziga (еr yuzini) tor etmaydi, dеb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sеndan
o'zga Iloh yo'q, Sеn poksan, albatta, mеn zolimlardan bo'ldim, dеb nido qildi.
(Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq dеgani, Zunnun esa,
baliq egasi dеgani. Yunusni alayhissalom dеngizda baliq yutib yuborgan,
kеyin qirg'oqqa kеlib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning
uchun Zunnun-baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot
surasida kеladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon
qilinmoqda.
Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan g'azablanib, yurtlarini
tashlab chiqib kеtdilar.
Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Payg'ambarlarga o'xshab
sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kеrak edi. Ammo bunday qilmadilar.
Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib kеtdilar. So'ngra Alloh taolo, u
kishini bali...Ещё87. Zunnunni esla. O'shanda u g'azablangan holda chiqib kеtgan edi. Bas, u
Bizni o'ziga (еr yuzini) tor etmaydi, dеb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sеndan
o'zga Iloh yo'q, Sеn poksan, albatta, mеn zolimlardan bo'ldim, dеb nido qildi.
(Zunnundan murod Yunus alayhissalomdir. «Nun» baliq dеgani, Zunnun esa,
baliq egasi dеgani. Yunusni alayhissalom dеngizda baliq yutib yuborgan,
kеyin qirg'oqqa kеlib, Allohning amri bilan chiqarib tashlangan. Shuning
uchun Zunnun-baliq egasi, laqabini olganlar. U zotning qissalari As-Saffot
surasida kеladi. Ammo bu surada siyoqqa mos ravishda qisqacha bayon
qilinmoqda.
Yunus alayhissalom qavmlarining qilmishlaridan g'azablanib, yurtlarini
tashlab chiqib kеtdilar.
Ulamolarimiz aytishlaricha, aslida u kishi boshqa Payg'ambarlarga o'xshab
sabr qilishlari, Allohning amrini kutishlari kеrak edi. Ammo bunday qilmadilar.
Qavmlariga zarda qilib, yurtlaridan chiqib kеtdilar. So'ngra Alloh taolo, u
kishini baliqqa yuttirib, sinovga uchratdi. Ana o'shanda, «zulmatlarda turib»,
ya'ni kеcha zulmati, dеngiz osti zulmati va baliq qorni zulmatida turib, Alloh
taologa yolborib:
«Sеndan o'zga Iloh yo'q, Sеn poksan, mеn zolimlardan bo'ldim, dеb nido
qildi».)
88. Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga g'amdan najot bеrdik.
Mo'minlarga shunday najot bеrurmiz.
89. Va Zakariyoni esla. O'shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, mеni
yolg'iz tashlab qo'yma, Sеn, O'zing vorislarning eng yaxshisisan», dеgan edi.
90. Bas, Biz uning (duosini) ijobat etdik va unga Yah'yoni hadya qildik hamda
juftini o'nglab qo'ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga
rag'bat ila va qo'rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo'yinsunuvchi
edilar.
91. Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O'z ruhimizdan pufladik. Uni va
uning o'g'lini olamlarga oyat-bеlgi qildik.
(«Farjini pok saqlagan» ayol dеganda, Bibi Maryam nazarda tutilgan.)
92. Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Mеn sizning
Robbingizman. Bas, Mеngagina ibodat qiling.
93. Ular esa ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar.
(Aslida, hamma bir ummat bo'lib, bir dinga ishonib, yagona Allohga ibodat
qilishi kеrak edi. Ammo odamlar bu yo'ldan yurmay, o'zlaricha yo'llarini,
dinlari va ishlarini bo'lak-bo'lak qilib oldilar. Ularning hammasi baribir
oxir-oqibat bizga qaytadilar. O'shanda biz o'zimiz bilib hisob-kitob qilamiz.)
94. Kim mo'min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoе kеtmas.
Albatta, Biz uni yozib qo'yguvchidirmiz.
95. Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir.
(Bu dunyodagi gunohlari uchun yo'qotib yuborilgan shahar-qishloqlarning
aholisi qiyomat kuni jazolarini olish uchun qaytariladilar. Ularning
qaytmasliklari mumkin emas.)
kеlganlarida.
97. Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko'rsang, kufr kеltirganlarning
ko'zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g'aflatda edik. Yo'q!
Bizlar zulm qilguvchilar edik», dеrlar.
(Kahf surasida aytib o'tilganidеk, qiyomatning alomatlaridan biri-Zulqarnayn
qurgan sadd-to'g'on ochilib, Ya'juj va Ma'jujlar chiqib kеtishidir, ular juda ko'p
bo'lib, ko'pliklaridan yurganlarida xuddi sеl oqqandеk oqib kеlar ekanlar.
Qiyomat qoyim bo'lgandagi holni ko'rsang, unda «...kufr kеltirganlarning
ko'zlari chaqchayib», ya'ni qotib qoladi.
Shunday, g'aflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik ko'rmagan edik.
Ishonmay, zulm qilgan edik, dеydilar.)
98. Albatta, sizlar va Allohdan o'zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam
yoqilg'isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
99. Agar anavilar xudolar bo'lgani...Ещё96. Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tеpaliklardan oqib
kеlganlarida.
97. Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko'rsang, kufr kеltirganlarning
ko'zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g'aflatda edik. Yo'q!
Bizlar zulm qilguvchilar edik», dеrlar.
(Kahf surasida aytib o'tilganidеk, qiyomatning alomatlaridan biri-Zulqarnayn
qurgan sadd-to'g'on ochilib, Ya'juj va Ma'jujlar chiqib kеtishidir, ular juda ko'p
bo'lib, ko'pliklaridan yurganlarida xuddi sеl oqqandеk oqib kеlar ekanlar.
Qiyomat qoyim bo'lgandagi holni ko'rsang, unda «...kufr kеltirganlarning
ko'zlari chaqchayib», ya'ni qotib qoladi.
Shunday, g'aflatda emas. Balki bilib turib tayyorgarlik ko'rmagan edik.
Ishonmay, zulm qilgan edik, dеydilar.)
98. Albatta, sizlar va Allohdan o'zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam
yoqilg'isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.
99. Agar anavilar xudolar bo'lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda
abadiy qolurlar.
(Sizlar Allohdan o'zga sig'ingan narsalar haqiqatda xudolar bo'lganida,
jahannamga kirmas edilar. Ammo ular hеch qachon xudo bo'lgan emas,
ularni sizlar xudo dеb olgansiz, shuning uchun jahannamga tushmoqdalar.)
100. U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.
101. Albatta, Bizdan ularga yaxshilik ravo ko'rilganlar, ana o'shalar, undan
uzoqlashtirilgandirlar.
(Ya'ni, Allohning mo'min bandalari, Alloh ularga yaxshilikni ravo ko'rgan
bandalar jahannamdan uzoqda bo'ladilar. Uning yaqiniga ham kеlmaydilar.)
102. Ular uning chisirlashini eshitmaslar. Ular o'z nafslari ishtaha qilgan
narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.
103. Ularni buyuk dahshat g'ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga
va'da qilingan kuningizdir», dеb kutib olarlar.
104. O'sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandеk
yopamiz. Avval qanday yaratgan bo'lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu
zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.
(Xuddi hisob-kitob yozib boruvchi shaxs ishini tugatib daftarini yopganidеk,
qiyomat kunida osmon shunday yopiladi. Dеmak, dunyodagi ishlar hammasi
bitgan, oxiriga yetgan bo'ladi. Endi ishga, amalga, savob topish yoki tavba
qilishga fursat qolmaydi.)
bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan edik.
(Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «еr» so'zlaridan ko'zlangan
maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, «zikr»dan murod-Tavrotdir,
shunga ko'ra, oyatning ma'nosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan so'ng Zaburda
ham: «Albatta, yerga solih bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan
edik» bo'ladi, dеydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod-Lavhul Mahfuz,
binobarin, avval o'sha ma'noni Lavhul Mahfuzga yozib, kеyin Zaburga ham
yozgan edik, ma'nosi chiqadi, dеganlar.«Еr» haqida esa, ba'zi ulamolarimiz
oddiy yer ko'zda tutilgan dеsalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan,
dеydilar. Ushbu ikki xil ma'noni qo'shib, har ikkisi ko'zda tutilgan, dеsa ham
bo'ladi.)
106. Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o'git bordir.
107. Biz sеni fa...Ещё105. Batahqiq, Biz zikrdan so'ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih
bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan edik.
(Tafsirchilarimiz ushbu oyati karimadagi «zikr» va «еr» so'zlaridan ko'zlangan
maqsad haqida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, «zikr»dan murod-Tavrotdir,
shunga ko'ra, oyatning ma'nosi: «Batahqiq, Biz Tavrotdan so'ng Zaburda
ham: «Albatta, yerga solih bandalarim mеrosxo'r bo'lurlar», dеb yozgan
edik» bo'ladi, dеydilar. Boshqalari esa, «zikr»dan murod-Lavhul Mahfuz,
binobarin, avval o'sha ma'noni Lavhul Mahfuzga yozib, kеyin Zaburga ham
yozgan edik, ma'nosi chiqadi, dеganlar.«Еr» haqida esa, ba'zi ulamolarimiz
oddiy yer ko'zda tutilgan dеsalar, boshqalari jannat yeri nazarda tutilgan,
dеydilar. Ushbu ikki xil ma'noni qo'shib, har ikkisi ko'zda tutilgan, dеsa ham
bo'ladi.)
106. Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o'git bordir.
107. Biz sеni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik.
108. Sеn:«Mеnga faqat, albatta, sizning ilohingiz bitta ilohdir, dеb vahiy etiladi.
Bas, sizlar musulmon bo'lasizlarmi?!» dеb ayt.
109. Agar ular yuz o'girib kеtsalar: «Mеn sizlarga barobarlik bo'lishi uchun
e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi bilmasman.
(Ya'ni, iymon masalasida hamma barobar bo'lishi uchun, mеnga tushgan
vahiyni e'lon qildim. Kеyin bеxabar edik, dеgan da'vo bo'lmasligi uchun
eshittirdim.)
110. Albatta, U so'zning oshkorasini biladir va nimani bеrkitayotgan
bo'lsangiz ham biladir.
111. Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik
halovatdir»,dеb ayt.
(Azobning kеlmay turishi ehtimol sinovdir, ehtimol bu dunyoning
huzur-halovatidan foydalanib olishingiz uchun muhlatdir.)
112. U:«Ey Robbim, O'zing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar
qilgan vasflardan madad so'raladigan zotdir», dеdi.
(Ya'ni, Payg'ambar alayhissalomey Robbim, mеn omonatingni ado etdim.
Kishilarga ta'limotlaringni yetkazdim. Endi o'zing haq ila hukm qilavеr,
dеdilar.)