Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kecha
"Liverpul" darvozasiga Chempionlar Ligasida 70-
golini kiritganidan xabaringiz bor. Lekin "Real
Madrid" rasmiy sayti bo'lmish Realmadrid.com Ronaldu Chempionlar Ligasida 71 ta to'p
kiritganligi haqida ma'lumot bergan. Bilasiz, klub
rasmiy sayti ma'lumot bo'yicha hech qachon
yanglishmaydi, ular bir xabar kiritishdan oldin aniq
faktlar bilan kiritadi. Lekin UEFA rasmiy sayti
Krishtianuni 70 ta to'p kiritganligi haqida
ma'lumot berdi. Xo'sh unda kimga ishonish kerak?
Biroz oldin shu xaqida ma'lumot olish uchun
saytlarni titkilash chog'ida bir narsaga guvohi
bo'ldik. Ronaldu haqiqatdan Chempionlar Ligasida
71 ta to'p kiritgan. 2005/06-yili Chempionlar
Ligasi saralash roundida Ronaldu "MYU" tarkibida
"Debretsen" jamoasi darvozasiga to'p kiritgan va
shu gol sabab "Real" rasmiy sayti 71 ta deb
ma'lumot bergan. Biroq UEFA saralash bosqichida
kiritilgan golni rasmiy sifatida qabul qilmas ekan,
bir tarafdan to'g'ri qaror. Saralashda juda pas
saviyasi past jamoalar bo'ladi, xususan Kazakstan
yoki Mali singari davlatlar darvozasiga juda ko'p
gol kiritish mumkin. Shu sabab saralash
bosqichida kiritilgan gol rasmiy sifatida qabul
qilinmaydi. Ana shuning uchun ham UEFA
rasmiylari Ronalduning golini rasman 70 ta deb
tasdiqladi. Endilikda Ronaldu Rauldan 1 ta to'p
kam kiritgan, Messidan esa bitta to'p ko'p
kiritgan. "Liverpul" bilan 4-turda Ronaldu Raulning
rekordini yangilashi mumkin.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев