1. Madina Islom universitetida barcha talabalar uchun bepul ta'lim yo'lga qo'yilgan.
2. Onlayn - Internet orqali hujjat topshirish va natijalarni onlayn aniqlash. Bu qulaylik tufayli Siz dunyoning istalgan nuqtasidan hujjat topshirishingiz va qabul natijalarini tekshirishingiz mumkin.
3. Bepul chiptalar va viza. O‘qishga qabul qilingach, talabaga, dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmasin, Madinai Munavvaragacha samolyotga bepul chipta va Saudiya Arabistoniga kirish vizasi beriladi.
Shuningdek, talabalarga har yilning yozgi ta’tilida uylariga borib kelishlari uchun va Alloh fazli bilan, o‘qishni tamomlagan har bir talabaga uyiga qaytishi uchun bepul chiptalar beriladi.
Bitiruvchilarga, samolyot chiptasidan tashqari, o‘qish davomida to‘plagan kitoblarini olib ketishi uchun qo‘shimcha mablag‘ ham beriladi.
4. Stipendiyalar va boshqa moddiy yordamlar. Islom universiteti talabasi moliyaviy jihatdan universitet kafolatida bo‘ladi.
Jumladan:
1) Har bir yangi qabul qilingan talabaga hujjat ishlarini bitirib olishi uchun, Madinaga kelgan kuniyoq, 80$ miqdorida yordam puli beriladi.
2) Har bir yangi talaba Islom universiteti oshxonasida 2 oygacha bepul ovqatlanishi uchun maxsus talonlar beriladi.
3) Har bir yangi talabaga yashash uchun zaruriy jihozlar xarid qilishi va boshqa xarajatlarini qoplash maqsadida alohida mablag‘ ajratiladi.
4) Har bir talabaga 225$ oylik stipendiya beriladi.
5) Talaba o‘quv darsliklari bilan ta’minlanadi. Arab tilini o‘rganish bosqichida talabaga bepul darsliklar beriladi, oliy ta’lim bosqichida esa, kerakli kitoblarni sotib olishi uchun har bir talabaga yillik pul ajratiladi.
6) A’lo baholarga o‘qigan talabalar uchun maxsus stipendiyalar ham beriladi.
5. Arab tili o‘rganish bosqichi. Yangi talaba arab tilini bilmasa, o‘qishni arab tili o‘rganish bosqichidan boshlab, uch yilgacha bo‘lgan vaqt mobaynida arab tilini, Alloh izni bilan, puxta o‘rganib olsa bo‘ladi.
6. Talabaning xos internet sahifasi. Har bir talaba oliy ta’lim bosqichida o‘qish boshlashi bilan, Madina Islom universiteti vebsaytida o‘z sahifasiga ega bo‘ladi. Bu xizmat orqali talaba quyidagilarni kuzatib borishi mumkin:
1) dars jadvallarini
2) qaysi fandan qaysi ustoz dars berishini
3) imtihonlar natijasini
4) dars qoldirish bo‘yicha hisobotlar, ogohlantirish xatlari va boshqalarni.
7. Yotoqxona. Talaba bepul yotoqxona va yashash uchun kerak bo‘lgan birlamchi jihozlar bilan ta’minlanadi.
8. Har kuni asr namozidan so‘ng Islom universitetining avtobuslari talabalarni Masjid un-Nabaviyga olib borib, Xufton namozidan keyin Islom universitetiga olib kelib qo‘yadi. Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallamning masjidlarida o‘qilgan namozning bir rakati boshqa masjidlarda o‘qilgan namozning ming rakatiga teng bo‘ladi.
Shuningdek, Masjid un Nabaviyda islomiy darslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu talabalarning ko‘proq ilm olishlari uchun qo‘shimcha va muhim qadam bo‘ladi. Masjid un Nabaviyning fazli va undagi darslar haqida yana bir alohida va batafsil ma’lumot beramiz inshaalloh.
9. Makkai Mukarrama, Umra. Yangi talabalar Islom universiteti hisobidan Umra ibodatini bajarib kelishlari mumkin. Shuningdek, talaba istagan paytida Saudyaa Arabistoni davlat avtobuslari chiptalariga ellik foizlik chegirma olib, Makkai Mukarramani ziyorat qilishi va Umra ibodatini ado etishi mumkin. Sizga ma'lumki, Makkai Mukarramadagi Masjid ul Haromda o‘qilgan bir rakat namoz boshqa joylarda o‘qilgan namozning yuz ming rakatiga teng hisoblanadi.
10. Haj. Ilgari haj qilmagan talabalar universitet hisobidan haj ibodatini o‘tab kelishlari mumkin.
11. Islom universiteti oshxonasida talabalarga maxsus chegirma bilan ovqat beriladi. Har kuni 3 mahal ovqatlanish uchun bir oylik to‘lov 40$ dan kam bo‘ladi.
12. Talabalarga Islom universitetining shifoxonasida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Shifoxona doktorlari yozib bergan dorilar Islom universiteti dorixonasida bepulga beriladi.
13. Islom universiteti oilali talabalarga, muayyan shartlar asosida, oilalari uchun ham viza beradi.
Bu va boshqa qulayliklar ilm olish orzusida bo'lgan musulmon birodarlar uchun Allohning ne'matlaridan bo'lib, bu haqda barcha do'st-u birodarlaringizga xabar berishingizni so'rab qolamiz. Zero, ilm izlab yo'lga chiqqan kishiga beriladigan ulkan ajr-u savoblar bunga sababchi bo'lgan Siz muhtaramga ham berilajak, inshaalloh
Assalamu alaykum. Odatda, bizga Madina Islom Universitetida o'qish uchun ko'p beriladigan savollarga javoblarni keltirib o'tmoqchimiz.
#1.Savol: Qabul vaqti 12 oy deb eshitgan edim, shu rostmi?
Javob: Ha, shunday. Lekin 2018-2019 - o'quv yillari uchun qabul noyabr oyida yopilib qolishini hisobga olib, imkoni boricha tezroq hujjat topshirishingizni tavsiya qilgan bo'lardik.
#2.Savol: Fakultetlar bilan tanishtirsangiz.
Javob: 1. Qur'on (bunga kirish uchun xofiz bo'lish kerak ). 10ta qiroat va tafsir o'rgatiladi.
2. Hadis
3. Shariyat. 4ta mazhab o'qitiladi.
4. Da'vat
#3.Savol: Tavsiyanoma qanday va qayerdan olinadi?
Javob: Tavsiyanomani masjid imomlari, diniy tashkilotlardan olsangiz bo'ladi. Agar topa olmasangiz, tavsiyanoma olishingizda biz yordam beramiz, inshaallah
#4.Savol: Madina Islom Universitetiga kirish uchun qanday imtihonlar bo'ladi?
Javob: Hech qanday imtihon yo'q.
#5.Savol: Ayollar uchun qachondan boshlab o'qish ochiladi?
Javob: Ayni paytda Madina Islom Universitetida qizlar bo'lim yo'q. Bunday bo'lim ochilishi ehtimoli haqida gapirilayotgan bo'lsa-da, aniq vaqti ma'lum qilinmagan.
#6.Savol: Nomzod arab tilini bilishi shart qilinganmi?
Javob: Shart emas.
#7.Savol: Menda diniy sohada bakalavr diplomi bor. Magistraturaga o'qishga olishadimi?
Javob: Yo'q, faqat bakalavrdan boshlab o'qiysiz. Asli diniy ilm oluvchi uchun diplom emas, ilm muhimroq, albatta.
#8.Savol: Madina Islom Universitetida o'qish necha yil?
Javob: O'qish 6 yil. 2 yil arab tili, 4yil bakalavr. Keyin magistratura, doktoranturada davom ettirsa bo'ladi.
#9.Savol: Men arab tilini bilmayman. Qanday qilib suhbatdan o'tishim mumkin?
Javob: Suhbat tarjimon orqali bo'laveradi. Suhbatga umra vizasi orqali kelasiz.
#10.Savol: Madina Islom Universitetining O'zbekiston bilan aloqasi bormi?
Javob: Universitetlar davlat bilan shartnoma tuzmaydi. Madina Islom Universiteti juda katta va mashhur Universitet. Bu yerda 150dan ortiq davlatdan kelgan 10.000dan ortiq talaba ta'lim oladi.
#11.Savol: Yosh bolalar uchun ham shunday o'qishlar bormi?
Javob: Saudiya Arabistonda yosh bolalar ota-onalarsiz kelib ta'lim oladigan o'qish yo'q.
#12.Savol : Dunyoviy ilmlar ham o'qitiladimi?
Javob: Dunyoviy ilmlar alohida fan sifatida o'qitilmaydi.
#13.Savol: Madina Islom Universitetining afzalliklari nimada?
Javob: 1. Madinaning barokati. Rasululloh s.a.v Madina uchun Makkaga Ibrohim alayhissalom so'ragan barakaning 2 barobarini so'raganlar.
2.Madina Islom Universitetida moddiy yordam ko'p. Talabalar qiynalmay o'qiydilar.
3.Madina ibodat uchun yaxshi joy. Bu yerda yarim yalang'och ayollar, fahsh va buzuqliklar, dinsiz-u ochiq ma'siyat qiladiganlarni uchratmaysiz.
#14.Savol: Hujjatlarni topshirib qabul qilinganlik haqida xat kelgandan keyin nima qilish kerak?
Javob: Sizga viza va bilet yuboriladi. Madinaga kelaverasiz.
#15.Savol: Tibbiy qog'oz 086 shaklida bo'lsa bo'ladimi?
Javob: Bo'laveradi.
Sizda ham savollar yoki hujjat topshirish bo'yicha muammolar bo'lgan hollarda bizga murojaat qilishingiz mumkin.
@Madina_Islom_unversiteti_malumot
Inshaallah, qo'limizdan kelgancha sizga yordam beramiz.
🌿Kanalga a'zo bo'ling🌿
@MadinaUniversiteti
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
O'qishga qanday qilib topshiraman?
Islom universitetiga qabul qilinishingiz uchun hujjatlaringiz va o'zingiz haqingizdagi zaruriy ma'lumotlarni online - universitet rasmiy sayti orqali yuborasiz. Hozirdan boshlab 2018 - yilning noyabr oyiga qadar hujjat topshirsangiz, Sizning nomzodingiz 2019 - 2020 - o'quv yillari uchun ko'rib chiqiladi.
Hozircha, o'qishga faqat muslim birodarlarimiz topshira oladilar, muslima singillarimiz uchun ham yaqin kunlarda universitet ta'sis etiladi, inshaalloh.
Bilingki, hujjat topshirish jarayoni judayam oson!
O'qishga topshirishni o'ylab yurgan birodarlarimizga MASLAHATLAR:
1. Rozstdan ham o'qimoqchimanmi, deb yaxshilab o'ylab ko'ring. O'qishga 6+ yil vaqtingiz ketadi. Bundan 2 yili - arab tili, 4 yili - oliy ta'lim.
2. Istixora namozi o'qing. Ko'p duo qiling.
3. Islom universiteti websaytida nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar va ma'lumotlarni o'rganib chiqin...Ещё-------------
O'qishga qanday qilib topshiraman?
Islom universitetiga qabul qilinishingiz uchun hujjatlaringiz va o'zingiz haqingizdagi zaruriy ma'lumotlarni online - universitet rasmiy sayti orqali yuborasiz. Hozirdan boshlab 2018 - yilning noyabr oyiga qadar hujjat topshirsangiz, Sizning nomzodingiz 2019 - 2020 - o'quv yillari uchun ko'rib chiqiladi.
Hozircha, o'qishga faqat muslim birodarlarimiz topshira oladilar, muslima singillarimiz uchun ham yaqin kunlarda universitet ta'sis etiladi, inshaalloh.
Bilingki, hujjat topshirish jarayoni judayam oson!
O'qishga topshirishni o'ylab yurgan birodarlarimizga MASLAHATLAR:
1. Rozstdan ham o'qimoqchimanmi, deb yaxshilab o'ylab ko'ring. O'qishga 6+ yil vaqtingiz ketadi. Bundan 2 yili - arab tili, 4 yili - oliy ta'lim.
2. Istixora namozi o'qing. Ko'p duo qiling.
3. Islom universiteti websaytida nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar va ma'lumotlarni o'rganib chiqing.
4. Barcha talab qilinadigan hujjatlarni tayyorlang.***
5. Biror islomiy tashkilot yoki islom olimlaridan 2 ta TAVSIFNOMA oling.
6. Har bir hujjatni scanner orqali suratga olib, PDF shaklida tayyorlab qo'ying. Har bir hujjat hajmi 1MBdan ko'p bo'lmasligi kerak.
7. Hujjatlaringizni arab tiliga tarjima qildiring.
8. Barcha hujjatlar tayyor bo'lgach, Madina Islom universiteti vebsaytining hujjat topshirish bo'limiga kirib, hujjatlarni yuklab chiqing.
9. Hujjatlarni topshirib bo'lgach, sizga maxsus raqam beriladi, raqamni, albatta, saqlab qo'ying. Raqamni unutib, yo'qotib qo'ymasligingiz judayam muhim. Chunki bu raqam qabul natijalarini aniqlashingiz, viza va samolyotga chipta olishingiz uchun kerak bo'ladi.
Taqdim qilgan hujjatlaringiz va boshqa ma'lumotlarni qayta ko'rib chiqishingiz, kerak bo'lsa, o'zgartirishingiz uchun Sizga 10 kun muhlat beriladi.
10. Agar Madinada qabul bo'limi bilan o'tkaziladigan suhbatga kela olsangiz, o'qishga qabul qilinishingiz ehtimoli yuqoriroq bo'ladi. Suhbatga kelmay qabul qilingan talabalar ham juda ko'p, shunday ekan, Madinaga kelish imkoningiz bo'lmasa, zarracha tashvishlanmang.
11. Hujjatlarni quyidagi vebsaytda topshirasiz.
http://admission.iu.edu.sa/Defaulten.aspx
-------------------