Kimga kular, kimga kulmas taqdir
Bahtlar shirindir, armonlar tahir
Goh urar goh urmas bu telba yurak
Bekning dardi bitmasa kerak
Yutuqlarga erishib quvonib ketsak
Doim, qoqilmay omadga yetsak
Bahtli bo’larmiz qoqilmay yursak
Baht niholi ochsa bir kurtak
Bekning dardi bitmasa kerak
O’tar yillar, o’tadi bir kun
Xatolar ham unutilar butkul
Bir kun bor u ham bugun
O’tmish bo’ldi, bo’ldi ertak
Bekning dardi bitmasa kerak
Muhabbat ham keldi, ketdi
Jajji qalbni yondirib ketdi
G’ururni ham sindirib ketdi
To’lib, ho’rsinib yig’laydi falak
Bekning dardi bitmasa kerak
Do’stlardan butkul umid qolmasa
Hastasan biroq habar olmasa
Sen kulsang-u ular kulmasa
Ketar ular yirtilsa cho’ntak
Bekning dardi bitmasa kerak
Sig’mas dardlar bu baytlarga
Ammo darding aytasan kimga
Aytasan qayta solasan dilga
Bu holatdan shart emas kulmak
Bekning dardi bitmasa kerak
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев