Предыдущая публикация
Yulduz bo'lib yog'ildi bir sas.
Bir mahalla nigohni ko'rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
Sadoqatmi? Kimga kerak u?...
Behudadir ko'z yoshning seli.
Yulduz bo'lib yog'ildi bir sas:
U begona. U endi kelin...
To'y bu asli badjahl ota,
Baxtli bo'lsin qizim degani.
Uni senga bermasman, bo'tam,
Tirik ekan ko'zim, degani.
Osmon cho'kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g'ashlik o'rmalar.
Men olovga otarman endi,
Yuragimni qiyma-qiymalab...
Yoqa ushlab qolsin ko'rganlar,
Olovlarga otgum uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak... yashash shart emas...
Muhammad Yusuf
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев