O'zimdan tonib ham sevib yurganim,
Shunchaki havasga bog'lagan ekan,
Sevgi deb yonganim, yonib kuyganim.
Hech qachon men uchun kulmagan ekan,
Soxta tabassumdan baxtga to'libman,
Ko'zlari, hattoki, aldagan ekan,
Men esa savdoyi oshiq bo'libman.
Hech qachon xayol ham etmagan ekan,
Xayolan u bilan birga yuribman,
Tunlarda hattoki beorom, bexush,
Ahdi yolg'on haqda xayol suribman.
Hech qachon qaytishim kutmagan
ekan,
Kutib qolmasin deb qushdek yelibman,
Bilmagan ekanman o'sha
damlarda,
Men o'z armonimni izlab kelibman.
Hech qachon tashlab ham ketmagan meni,
Yurakka suratin chizib ketibdi,
Ko'nglim daftarining oq qog'oziga,
Ismini muhrlab, bitib ketibdi.
Hech qachon men uni unutolmayman
Bir kun u ham meni izlab keladi,
Sevgining eng shirin azobin tuyib,
Qaytib keladiyu lek kech bo'ladi.
Hech qachon kulmang siz oshiq holiga,
Aslida sevarkan eng baxtli inson,
Balki qalbingizda bordir shunday his,
Demak bor ENG BAXTLI bo'lmoqqa imkon.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев