Yo'qotmoq topmoq
Sen so'lib men yashab
To'lishimga boq
Sensiz topganimdan
Ko'proq yo'qotdim
Sen meni yaratding
Seni tugatdim
Sen meni yupatding
Seni yeg'latdim
Uyalmay ona deb
Kelishimga boq.
Sog'inch haqda sherlar yozdim özimcha
Mendan peshonangda dog'lar tizimcha
Ög'il bölmay ölay attang ming attang
Qiz tug'sang netardi köproq qiz tug'sang
Tirgak bölolmadim bitta qizinga
Uyalmay ög'ilman deyishimga boq
Joningdan aylanay
Turgil jonajon
Yo'l qarab bo'ldimi
Jigarginang qon
Boqma ko'zlarimga
Bemajol xasta
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta
Yo'qotganim senmi
Endi onajon
O'z etimni o'zim
Yeyishimga boq
Bilsang yuragimni
bir alam elar
Buyursang qo'limdan
kelmaydi nelar
Ayt pichan yeg'aymi
o'tin yoraymi
Yerni haydayinmi
ko'k ag'daraymi
Itdek oyog'inga
suykalgim kelar
Uchib uchib mana
Qo'nishimga boq
Xech narsa kerakmas
bolam xech deysan
Endi kech deysanda
endi kech deysan
Yuzimni bosaman
muzday yuzinga
Onajon zor qilib
ketma izinga
O'lim oldidaham
g'amimni yeysan
Menchi jim taqdirga ko'nishimga boq
Sherim bitdi xayr
do'stlar xush qolin
Bedil yashamakka örganmang menday
Boring volidangiz könglini oling
Ertaga kech qolib
O'rtanmang menday...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев