XIX asrning oxiri, ya’ni mana shu o‘yin paydo bo‘lgan paytda hozirgi metall halqali to‘r o‘rnida devorga mahkamlab qo‘yilgan savatcha ishlatilgan; savatchaning tub qismi ochiq bo‘lgan. «Bol» so‘zi esa, «to‘p» deb tarjima qilinadi.
«Basket» so‘zi inglizchadan tarjima qilinganda, «savat» ma’nosini anglatadi. XIX asrning oxiri, ya’ni mana shu o‘yin paydo bo‘lgan paytda hozirgi metall halqali to‘r o‘rnida devorga mahkamlab qo‘yilgan savatcha ishlatilgan; savatchaning tub qismi ochiq bo‘lgan. «Bol» so‘zi esa, «to‘p» deb tarjima qilinadi.
Basketbol to‘pi voleybol va futbol to‘plaridan farq qiladi: u katta va og‘irroq. Ammo basketbol to‘pi bo‘lmasa, hovlida futbol yoki voleybol to‘pi bilan ham basketbol o‘ynash mumkin.
Bolalarning ko‘pchiligi basketbol o‘ynash uchun, albatta, kishining bo‘yi baland bo‘lishi kerak, deb o‘ylaydilar. Albatta, bo‘yning baland bo‘lishi basketbolchi uchun muhim, chunki bo‘yi baland o‘yinchi to‘pni savatga osonroq tashlaydi. Ammo o‘rta va past bo‘yli bolalardan ham yaxshi basketbolchi yetishib chiqishi mumkin. Chunki o‘yinda hamma narsa harakatchanlik, chidam va chaqqonlikka bog‘liq.
O‘yindan maqsad — balandga mahkamlab qo‘yilgan savatga to‘pni qo‘l bilan tushirishdir. O‘yin 26Ч14 metrli tekis to‘g‘ri to‘rtburchak maydonchada o‘ynaladi; o‘yin ikki jamoa o‘rtasida o‘tkazilib, har bir jamoa 5 kishidan iborat bo‘ladi. Har bir jamoada yana 5 tadan zaxira o‘yinchi bo‘ladi. O‘yinchilar markaziy o‘yinchi, hujumchi va himoyachilarga bo‘linadi. Agar jamoa o‘yinchisi to‘pni o‘yin davomida jarima maydoni tashqarisidan savatga tushirsa, to‘p tushirgan jamoa uch ochko (xol)ga, jarima maydoni ichida tushirsa ikki ochko (xol)ga, jarima to‘pi tashlaganda tushirsa bir ochko(xol)ga ega bo‘ladi. O‘yin ikki davr (taym): kattalar uchun 20, 13–14 yoshdagi bolalar uchun –12 daqiqa davom etadi. To‘pni musht bilan urish yoki oyoq bilan tepish mumkin emas. Shuningdek, raqibni ushlash yoki turtishga ham ruxsat etilmaydi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun basketbolning mini-basketbol turi mavjud. Mini-basketbolda o‘yin soddalashtirilgan qoida bo‘yicha olib boriladi. 12Ч6 metr hajmdagi maydonchani asfaltlangan hovlining o‘ziga chizish mumkin. Jamoalarda o‘yinchilar to‘rt va undan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Basketbolchi to‘pni o‘ng va chap qo‘lda aniq tashlash va ilib olishni bilishi kerak. Buning uchun biror joyni mo‘ljalga olib, o‘ng va chap qo‘lda u yerga mayda toshlarni tashlash foydalidir. Bundan tashqari, devorga ham biror belgi qo‘yib, sakrab unga qo‘lni tekkizing. Asta-sekin shu belgini yuqoriga ko‘taraboring. Ko‘proq mashq qiling!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев