fikrga kelishibdi. Ulardan biri
shunday debdi: "Kelinglar
odamlardan biror narsani
bekitamiz..."
Uzoq õylab kõrishib baxtni
yashirishga qaror qilishibdi.
Ammo uni qayerga bekitishga
boshlari qotibdi.
Biri debdi:
- Kelinglar, uni dunyodagi eng
baland tog'ning uchiga
yashiramiz.
- Yõq, Tangri odamlarni kuchli
qilib yaratdi, kimdir tog'
chõqqisiga kõtarilib, uni topishi
mumkin. Bittasi topgach
boshqa insonlar ham darhol
Baxtning qayerdaligini bilib
qõyishadi, dedi boshqasi.
- U holda Baxtni dengiz tubiga
yashiraylik!
- Yõq, odamlar juda
qiziquvchan. Kimdir suv ostida
suzadigan moslama yasab
oladi, shunda Baxtni topishadi.
- Uni yerdan uzoqqa boshqa
sayyoraga bekitsak-chi, - taklif
kiritdi biri.
- Yõq, Yaratgan ularga
yetarlicha aql berganini
yodingda tut. Qachondir ular
olamlar uzra sayohat qilish
uchun kema õylab topishadi,
õshanda bu sayyorani tadqiq
etib Baxtga erishishadi.
Butun suhbat mobaynida
indamay turgan eng yoshi katta
va oqil farishta shunday debdi:
- Biz Baxtni odamlarning õz
ichlariga bekitamiz, ular
tashqaridan qidirish bilan
shunchalik band bõlishadiki,
Baxtni õzlaridan axtarish, hatto
xayollariga ham kelmaydi.
Barcha farishtalar rozi
bõlishibdi. Õshandan beri
insonlar butun hayotlarini
Baxtni izlashga sarflashar, u õz
ichlariga bekitilganini
fahmlamas ekanlar
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев