- Salom, keldingmi?
-Xm keldim.
- Jinnivoy yig'layapsanmi? Nimaga
yig'layapsan?
- Qanday kulay? Axir
xayrlashgani keldimku! Ertaga to'yim Ertadan sizni boshqa ko'rolmayman.Ko' rsam ham gaplasholmayman tushunyapsizmi?! Yig'lamaslikning iloji bormi?
- Garchi xayrlashayotgan bo'lsak ham sandan oxirgi iltimos kulib xayrlash. Toki sani eslaganda doim tabassum bilan eslay. Qani endi jilmaychi.
- Xo'p mana.
- Exx, hatto kulgularing ham yig'i aralash.
- Manga tushuntirib bering, bizga nima bo'ldi? Axir hammasi yaxshi edi. Qanday
sabab borki xayrlashyapmiz? Man hamma narsaga tayyor edim. Nega qo'rqoqlik qildik? Kurashmay taslim
bo'ldik? Yoki sevmaganmidingi z? Ayting, aybim nima?
- Bilasanmi, har doim ham biz
xohlaganday
bo'lavermaydi. Mandan nafratlanishing mumkin. To'g'ri, baxtli bo'lishimizga ikki
qadam qolgandi, lekin shu ikki qadamni bosib o'tolmadik. Mani sharoitimni o'zing bilasan. O'qishim bor. Uning ustiga
shartnoma asosida o'qiyman. Turmush bu faqat ikki kishining birga yashashi emas. Man o'qishimni bitirishim,ish topishim kerak. Bunga vaqt kerak. Sani esa uydagilaring kutishmasdi. Yo'q, man ota-onangni ayblamayman, bular bir
sabab holos. Ular faqat seni baxtli bo'lishingni xohlashdi. Hamma ota onalar kabi. Aslida birga bo'lish peshonamizga
yozilmagan. O'zingni esa hecham ayblama. Seni faqat bitta aybing bor, u
ham bo'lsa onang seni chiroyli tuqqan.
- Siz o'zingizni o'ylayapsiz,
manichi?
O'ylamadingizmi? O'ylamadingiz a? Yana shoirlarday gapirishinichi. Onam meni
chiroyli tuqqandan ko'ra, baxtli tug'sa
bo'lmasmidi? Axir man sizga sodiq qolmoqchi edimku. Endi odamlar sevgiga ishonmay qo'yadi.
- Mana bu daraxtga qara, hu
anavi sarg'aygan
bargni ko'ryapsanmi? U ham
daraxtiga sodiq qololmay uzilib
yerga tushdi. Bu tabiat qonuni,
shu kabi hayotimizda ham biz
istamagan
qonunlar bor.
- Sog'insamchi? Nima qilaman?
- Bilaman sanga tanlashgan yoring yaxshi inson. Har taraflama o'zinga mos. Keyin
bolalar, rozg'or, uy yumushlari bilan sog'inishga vaqting bo'lmaydi. Yoningda ko'rkam yoring ham bo'ladi.
-Sizchi? Sog'insangiz nima
qilasiz?
- Mani o'ylama. Sog'inchimni yuragimga ko'mib qo'ydim. Aslida hammadan sanga qiyin bo'ladi. O'zga qo'llarga, o'zga
muhabbatga, boshqa barmoqlar sochlaringni o'ynashiga
ko'nikishing kerak. Endi o'zga ovoz sani
erkalab suyushiga chidashing kerak. Buning uchun esa sanga katta
kuch va sabr kerak. Sanga Allohdan katta
kuch va sabr tilab qolaman.
- Bunaqa gaplarni gapirmang, battar yig'lab yuboramanku.
- Mana ro'molcha.
-Voy uzr, o'rganib qolibman.
-Doim xafa bo'lsang yoshlaringni artib qo'yardim. Endi bu gunoh. Yoshlaringni
o'zing artib olaqol.
-Mani "yig'lama" deb o'zingiz yig'lapsizku. Ana ko'zingizda yosh ko'rindi.
- Jinnivoy bu quvonch yoshi... Axir ertaga san orzu qilganday oq libos kiyasan.
Ertadan seni "kelinchak" deb atashadi.
Shirindan shakar og'il qiz farzandlaring bo'ladi. Afsus bu go'zallikni ko'rish manga nasib etmas ekan. Shuni bilamanki san dunyodagi eng go'zal kelin bo'lasan...
Boshqalarga o'xshab "Mani unutma" demayman. Chunki mani har bir eslashing senga gunoh bo'ladi. Man gunohkor bo'lishingni xohlamayman. Bir tush kabi mani unut. Shu paytgacha shirin tushlar ko'ryotgandik, uyg'ondik deb tasavvur qilda hatto endi eslama.
Agar san tush bo'lganingda edi bir umr
uyg'onmay uxlashga rozi edim. Sandan so'ngi iltimosim, manga qilolmagan
vafoni jufti halolinga qil. Doim kulib yur, kulib yasha. Sanga kulish yarashadi.
-Sizchi? Siz nima qilasiz?
- Mani o'ylama dedimku. Buncha
qaysarsan? Man taqdirning masxaraboziman. Taqdirimdagini
ko'raman.
- Nima endi sizni hatto hayolan
ham o'ylay olmaymanmi? Hatto hayolimda ham sog'inolmaymanm i?
Gunohmi? Chiday olarmikinman? Sizdan ham iltimos, siz ham tezroq uylaning.
Faqat mandan chiroyliroq, vafoliroq bo'lsin yoringiz. Doim sizga g'amxo'rlik qilib, mexriboningiz bo'lsin.
- Buni vaqt ko'rsatadi. Biz sevdik, sevildik. Demak baxtli bo'lishga xaqlimiz. Baxtli bo'lamiz ham. Manga bir narsa taskin beradi. Bizda baxtli kunlar bo'lgan.Eslasak arzigulik xotiralarimiz bor. Eng muhimi bir-biri
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев