Yuragimni o'ygan bo'lsang ham,
Yana senga u intilmoqda
Ayta-ayta tugadi nolam
Ilojsizlik ado qilmoqda
Har bir dardda echim bor derdim
Bir kun menga bo'lar yor derdim
Taqdirgamen bugun tan berdim
Ilojsizlik ado qilmoqda
Iloj izlab yashayman har kun
Sevar yurak yovuzni nechun
Mendan kechib ketganing uchun
Ilojsizlik ado qilmoqda
Hayot yo'li qiyin yo'l emas
Sevgi yo'li qiyin yo'l ekan
Hayot uchun aql bo'lsa bas
Sevgi faqat visol der ekan
Ko'p eslasam shunchalar kuchli
Hijron yurak bagrim tilmoqda
Ex muhabbat bunchalar kuchli
Ilojsizlik ado qilmoqda
Mayli sevib qolmasam edi
Hijronida yonmasam edi
Bu yuragim aqlimni edi
Ilojsizlik ado qilmoqda
Sahrodagi bejon bir gulman
Bugun borman ertaga kulman
Seni qarshingdamen bir pulman
Ilojsiz ado qilmoqda
Go'zalxonni suyganim uchun
Butun olam menga kulmoqda
Kurashishga qolmadi kuchim
Ilojsizlik ado qilmoqda.
9.04.2015
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев