Yuragim adog’in ko’zlama, jonim
Quyoshim vasliga yetolmadim hech –
Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim.
Men senda yorimni ko’rgandim kechir
Men senga jonimni qildim omonat
Men senga borimni berib adashdim –
Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat.
Endi ayriliqdan tonganim bekor
Alamli so’nggiga yetdi ertagim
Seni deb bir umr yonganim bekor –
Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim
Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar
Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim
Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar –
Qo’yib ber – tinmasin bugun yoshlarim.
Diydorning kasriga g’urur qoldimi
Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik
Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi –
Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik
Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut
Mening qo’lim tutgan sodiq alamim
Har qanday so’zinga dil saqlar sukut –
Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев