Javobin topolmay tilim bo'lar lol.
Yashashim kimlarga bermasin malol,
Sabr qilib turing bir kun ketaman.
Har kuni o'lishim tilar g'anim,
Tuproqqa qovushar bir kuni tanim.
Ketishimga tashna bo'lgan dushmanim,
Sabr qilib turing bir kun ketaman.
Alam-istirobda meni yondirmang,
O'kinch ummonida meni qondirmang.
Qarorim qat'iydir meni tondirmang,
Sabr qilib turing bir kun ketaman.
Xayotda yuribman rizqimni terib,
Sira yurganim yo'q ko'kragim kerib.
Dunyoni sizlarga bo'shatib berib,
Sabr qilib turing bir kun ketaman.
Hammani bezdirib yashashlik yomon,
Dunyo oxiratda bo'lmaydi omon.
Lekin uzmaganman umidim hamon,
Sabr qilib turing bir kun ketaman.
Siz bilan tortishman haqni kutaman,
Na siz yutasiz-u na men yutaman.
SIZ HAM QOLMAGAYSIZ MEN HAM O'TAMAN,
SABR QILIB TURING BIR KUN KETAMAN.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев