Odamni nimalarnidir o'ylashga majburlaydi go'yo
Xotiralar xayollar bari tun kelishini kutib turgandek...miyangga yopishib olib seni boshqarishga tushadi ....
Bu tun man nima xaqida o'ylayabman bilasmi.?
yo'q yo'q aslo o'zim xaqimda emas...
Qozog'istonda bo'lgan bahtsiz foija sabab oramizdan bu yorug' dunyoni tark etgan yurtdoshlarimiz xaqida o'yladim...
Ularning yarmi biz tenggi yosh hali yashashga bahtli bo'lishga xaqqi bor yoshlar ekan...
Endi o'ylang nimasini o'ylaydi dedizmi?.
ahir uniyam sevgani bordir...
u ham o'sha sevgan qizining vasliga yetish uchun uylanishga pul topish uchun ketayotgan musofirgina banda ediku..
ortidan sizni kutaman deb xayrlashib qolgan sevgan qizichi... endi dunyo ko'zlariga qorong'u emasmi.?
Yana birlari endigina uylanib to'ydan ozgincha qarz bo'ldim deb qarzini to'lash uchun yoshgina xotinini ko'zi qiymay majburgina uydan chiqqan akamiz emasmi.??
Endi uni yoshgina xotini bevalar safiga kirib qoluradimi?
ahir ne ne umidlar bilan tegmaganmidi farzand ko'rmoqchi edi.. eri bilan ularni tarbiyalab voyaga yetkazmoqchi emasmidi?
Yana biri farzandlarim ko'payishi boshladi ularni yaxshi kiyintiraman. yaxshi yediraman.. kam qimiyman ozroq ishlab kelay deb yo'lga chiqmaganmidi.... endi bollari otasiz kotta bo'ladimi.?
ota onalarichi....
Dunyoda ko'pku bevalar dedizmi?
Xa dunyo bir kam yarmi bahtsizlarga jam...
Ammo bu daxshatli o'lim...
meni shu tun judayam miyyamdan chiqmay qoldi...😪
Sevganimga yetmadim sevganim bilan birga bo'lolmadik ayrildim deb shuncha ko'zyosh to'kamiz
Lekin o'z suyangan tog'i, jigari, eri, bolasi, otasini yo'qotgan oila a'zolarini axvolini tasavvur qilib ko'ringa😪 qanchalik azobli..
Alloh sabr bersin...
Man Guli Sobirova xozirgina kundalik daftarimga bitgan bitiklarni shu yergayam joyladim... ammo tez orada 50 tadan ortiq og'ri adminlarni kanalida paydo bo'ladi xatto adnaklasnikiga ko'chirishadi☺️
ularga esa insof bersin..
Uzr tunda ozgina kayfiyatizi buzganim uchun tuningiz osoyishta o'tsin yaqinlarizi bag'rizga bosib yaxshi ko'rishizi aytib qo'yishni unutmang...
yoningizda bo'lmasa xoziroq telefon qilib yoki sms yozib yo'qlang
ahir bilmaymizku ularni qachon yo'qotib qo'yishni😪
GuliSobirova✍
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев