Предыдущая публикация
Shunday, biz tuqnashib qoldik daf'atan.
Õzing ayt, ne qilay, aytgil, ne qilay,
Qanday ayrilayin endi men sendan?
Shõrpeshona ishqni tolega yõyib,
Jimgina tağdirga berayinmi tan.
Ishonch-u armoning kõksimga õyib,
Dovdir tağdirimga kirib kelding sen.
Sening kõzlaringga qildim iltijo,
Bõlmay, deb eng sungi mehrdan yiroq.
Ishongil bu sevgi emasdi, aslo.
Aldanib õrtangan dard edi biroq,
Õrtada anglanmas qismat- muallo.
Yolğizlik oshyoni, abadiy firoq.
Rauf Parfi 1964
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев