BU FONIY DUNYO
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
Umar Xayyom.
Ohihjon Madaliyev ashullasi
KETAMAN
Abdulaziz Muborak she'ri
Ketaman
Bu yerdan bosh olib,
Majnunni siylagan
Keting endi
Endi quchar afsus sizni begonalar
Ne qilarim bilmay bo‘ldim hayronalar
Ko‘paymasin yana menday devonalar
Men roziman ortga boqmay keting endi
Yuragimda qolib ketgan armonlarim
Rost deb bilgan lekin asli yolg‘onlarim
Baxor chog‘i to‘kilyabdi xazonlarim
Men roziman ortga boqmay keting endi
Kutar meni uzundanda uzun yo‘llar
Qumga to‘la saxrolar u ulkan cho‘llar
Kerak emas raxim qilib cho‘zgan qo‘llar
Men roziman ortga boqmay keting endi
Muhabbatim yuragimdan yularman men
Qalbim yig‘lar lekin o‘zim kularman men
Ayting menga yana qanday sevarman men
Men roziman ortga boqmay keting endi
Kerak emas mehir to‘la soxta ko‘zlar
Jazirama issiqda ham ko‘nglim muzlar
Yaxshimurod dardlarig